So’zlar | sakkizinchi so’z | 31
(27-31)
Va ul sahro esa — bu Yer va dunyodir.
Va ul arslon esa — o’lim va ajaldir.
Va ul quduq esa — inson badani va hayot davridir.
Va ul oltmish arshin chuqurlik esa — o’rtacha umr va aksariyatning umri bo’lmish oltmish yilga ishoradir.
Va ul daraxt esa — umr muddati va hayot moddasidir.
Va ul qora va oq ikki hayvon esa — kecha va kunduzdir.
Va ul ajdarho esa — qabr og’zi bo’lgan barzoh yo’li va oxirat ostonasidir. Faqat u og’iz mo’`min uchun zindondan bir bo’stonga ochilgan bir eshikdir.
Va ul zararli hasharotlar esa — dunyoviy musibatlardir. Faqat mo’`min uchun g’aflat uyqusiga tolmaslik uchun totli Ilohiy tanbeh va Rahmoniy iltifot hukmidadir.
Va ul daraxtdagi taomlar esa — dunyoviy ne`matlar bo’lib, Janobi Kariymi Mutlaq ularni oxirat ne`matlariga bir ro’yxat, ham ularni xotirlatuvchi, ham ularning o’xshashlari, ham jannat mevalariga mushtariylarni da`vat qiluvchi namunalar suratida yaratgan.
Va ul daraxt bitta bo’lsa-da, turli-tuman xilma-xil mevalar berishi esa — Samadoniy qudratning tamg’asi ila va Ilohiy rububiyatning muhriga va Uluhiyat saltanatining imzosiga ishoradir.
Chunki, "bir dona narsadan har xil narsa yasash," ya`ni bir tuproqdan barcha o’simliklar va mevalarni yaratmoq; ham birgina suvdan barcha hayvonlarni yaratmoq; ham oddiy bir taomdan hayvonlarning barcha a`zolarini ijod qilmoq; shu bilan birga "har xil narsadan bitta narsa yasamoq," ya`ni, jonzotlar yegan g’oyat xilma-xil jinsdagi taomlardan o’sha jonzotga xos badan etini yaratmoq, oddiy bir terini to’qimoq kabi san`atlar Zoti Ahadi Samad bo’lgan Sultoni Azal va Abadning xususiy tamg’asidir. Maxsus muhridir. Taqlid qilib bo’lmas bir imzosidir.
Ha, bir narsani har narsa va har narsani bir narsa qilmoq har narsaning Xoliqiga xos va Qodiyri Kulli Shayga maxsus bir nishondir, bir oyatdir.
Va ul tilsim esa — iymon siri bilan ochilgan yaratilishning siru hikmatidir.
Va ul kalit esa يَا اَللّهُ لاَ اِلهَ اِلاَّ اللّهُ اَللّهُ لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ الْحَىُّ الْقَيُّومُ dir.
Va ul ajdarho og’zining bog’ eshigiga aylanishi esa — shunga ishoradirki, qabr zalolat va tug’yon ahli uchun vahshat va nisyon ichida zindondek siquvchi va ajdarhoning ichidek tor bir mozorga ochilgan bir eshik bo’lgani holda, Qur`on va iymon ahli uchun zindoni dunyodan bo’stoni baqoga va imtihon maydonidan jannatlar bog’iga va hayot zahmatidan Rahmonning rahmatiga ochilgan bir eshikdir.
Va ul vahshiy arslon ham munis bir xizmatkorga aylanishi va itoatli bir ot bo’lishi esa — shunga ishoradirki, o’lim:
Zalolat ahli uchun barcha do’st-yorlaridan alamli bir abadiy ayriliqdir.
Ham o’zining dunyoviy yolg’on jannatidan chiqish va vahshat va yolg’izlik ichra mozor zindoniga kirish va qamalish bo’lgani holda, hidoyat ahli va Qur`on ahli uchun narigi olamga ketgan eski do’stu yorlariga qovushmoqqa vasiladir.
Ham haqiqiy vatanlariga va abadiy saodat maqomlariga kirishga vositadir.
Ham dunyo zindonidan jannatlar bo’stoniga chorlanishdir.
Ham Rahmoni Rahiymning fazlidan, o’z xizmati evaziga ajru mukofot olishga navbatdir.
Ham hayot vazifasining mashaqqatidan ozod etilishdir.
Ham ibodat va imtihonning ta`lim va ta`limotini bitirishdir.
Al-hosil: Kimda kim foniy hayotni asosu maqsad qilsa, zohiran bir jannat ichida bo’lsada, ma`nan jahannamdadir. Va kimda kim boqiy hayotga jiddiy yuzlansa, ikki dunyo saodatiga sazovordir. Dunyosi naqadar yomon va iztirobli bo’lsa-da, dunyosini jannatning kutish saloni hukmida ko’rgani uchun yoqtiradi, bardosh qiladi, sabr ichida shukr etadi.

اَللّهُمَّ اجْعَلْنَا مِنْ اَهْلِ السَّعَادَةِ وَ السَّلاَمَةِ وَ الْقُرْآنِ وَ اْلاِيمَانِ آمِينْ
اَللّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلَى آلِهِ وَ صَحْبِهِ بِعَدَدِ جَمِيعِ الْحُرُوفَاتِ الْمُتَشَكِّلَةِ فِى جَمِيعِ الْكَلِمَاتِ الْمُتَمَثِّلَةِ بِاِذْنِ الرَّحْمنِ فِى مَرَايَا تَمَوُّجَاتِ الْهَوَاءِ عِنْدَ قِرَائَةِ كُلِّ كَلِمَةٍ مِنَ الْقُرْآنِ مِنْ كُلِّ قَارِءٍ مِنْ اَوَّلِ النُّزُولِ اِلَى آخِرِ الزَّمَانِ وَ ارْحَمْنَا وَ وَالِدَيْنَا وَارْحَمِ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ بِعَدَدِهَا بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ آمِينَ وَالْحَمْدُ لِلّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ
Аудио мавжуд эмас