So’zlar | sakkizinchi so’z | 30
(27-31)
Bu baxtiyor odam esa, aziz bir mehmondirki, mezboni bo’lmish Mehmondori Kariymning ajib xizmatkorlari bilan yaqindan tanishib ovunadi.
Ham, u badbaxt odam zohiran laziz, ma`nan zaharli taomlarni yeb azobini tezlashtiradi. Zero ul mevalar namunalardir. Totishga izn bor, toki, asllariga tolib va mushtariy bo’lsin. Ammo hayvondek yutishga izn yo’qdir.
Bu baxtiyor odam esa, totib ko’radi, ishni anglaydi, yeyishni keyinga qoldiradi. Va intizorlik bilan kutishdan lazzatlanadi.
Hamda u badbaxt odam o’z-o’ziga zulm qildi. Kunduzdek go’zal bir haqiqatni va porloq bir vaziyatni ko’ra olmasligi bilan o’zi uchun zulmli va zulmatli bir vahima, bir jahannam shakliga keltirgan. Na rahm-shafqatga loyiq va na biron kimsadan shikoyat qilishga haqqi bor.
Masalan, bir odam go’zal bir bog’da, do’stu yorlarining o’rtasida, yoz mavsumida, yoqimli bir ziyofatdagi lazzatga qanoat qilmay, o’zini harom narsalar bilan sarxush qilsa. So’ng o’zini qish o’rtasida yirtqichlar ichida och, yalong’och deb xayol qilib, baqirishga va yig’lashga tushsa, qanday qilib rahm-shafqatga loyiq bo’ladi. O’ziga o’zi zulm qilmoqda, do’stlarini yirtqich deb ko’rib haqorat qilmoqda... Avvalgi badbaxt yo’lchi ham shundaydir.
Bu baxtiyor odam esa haqiqatni ko’radi. Haqiqat esa go’zaldir. Haqiqatning husnini idrok etib, haqiqat sohibining kamolini hurmat qiladi. Rahmatiga loyiq bo’ladi.
Xullas, "Yomonlikni o’zingdan, yaxshilikni Allohdan bil," deyilgan Qur`on hukmining siri ochilmoqda. Yana bular kabi boshqa farqlarni solishtira olsang anglaysanki:
Avvalgining nafsi ammorasi unga bir ma`naviy jahannam hozirlagan. Keyingining go’zal niyati va go’zal o’yi va go’zal xislati va go’zal fikri uni buyuk bir ehson va saodatga va porloq bir fazilatga va fayzga sazovor qilgan.
Ey nafsim! Va nafsim bilan birga bu hikoyani tinglagan odam!
Agar u badbaxt odamdek bo’lishni istamasang va keyingi baxtiyor odamdek bo’lishni istasang, Qur`onni tingla va hukmiga tobe bo’l! Va Unga yopish! Va ahkomi ila amal qil!
Shu misoliy hikoyada bo’lgan haqiqatlarni agar fahmlagan bo’lsang, din va dunyo va inson va iymon haqiqatlarini unga tatbiq eta olasan. Muhimlarini men aytaman. Maydalarini sen o’zing chiqarib ol.
Mana qara! U ikki do’stning biri ruhi mo’`min va qalbi solihdir. Boshqasi ruhi kofir va qalbi fosiqdir.
Va ul ikki yo’ldan o’ngi Qur`on va iymon yo’lidir. So’li isyon va kufron yo’lidir.
Va u yo’ldagi bog’ esa — bashariyat jamiyati va insoniyat madaniyati ichidagi vaqtinchalik ijtimoiy hayotdirki, xayr va zarar, yaxshi va yomon, halol va harom narsalar birga bo’ladi. Oqil ulkim, خُذْ مَا صَفَا دَعْ مَا كَدَرْ qoidasiga amal qiladi, qalbi pok holda ketadi.

Аудио мавжуд эмас