So’zlar | LEMAAT | 456
(453-486)
Birinchi jumla: قُلْ هُوَ qarinasiz ishoradir. Demak itloq ila tayindir. U tayinda taayyun bor. Ey
La Huva Illa Hu...
Shu tavhidi shuhudga bir ishoradir. Haqiqatbin nazar tavhidga botgan bo’lsa, derki:
La Mashhuda Illa Hu
Ikkinchi jumla: اَللهُ اَحَدٌ dirki, tavhidi uluhiyatga tasrihdir. Haqiqat, haq lisoni derki:
La Ma`buda Illa Hu...
Uchinchi jumla: اَللهُ الصَّمَدُ dir. Ikki javhari tavhidga chig’anoqdir. Birinchi duri: Tavhidi Rububiyat. Ha, nizomi kavn lisoni derki:
La Xoliqa Illa Hu...
Ikkinchi duri: Tavhidi Qayyumiyat. Ha, boshdan oxir koinotda vujud va ham baqoda, muassirga ehtiyoj lisoni derki:
La Qayyuma Illa Hu...
To’rtinchi: لَمْ يَلِدْ dir. Bir tavhidi jaloliy yashirindir, anvo-i shirkni rad etar, kufrni kesar shubhasiz.
Ya`ni tag’ayyur, yo tanosil, yo tajazzi etgan albat; na Xoliqdir, na Qayyumdir, na Iloh...
Valad fikri, tavallud kufrini لَمْ rad etar, birdan kesar otar. Shu shirkdandirki, bo’lmishtir bashar aksarisi gumroh...
Ki Iso (A.S.) yo Uzayrning, yo malaklar, yo aqllarning tavallud shirki maydon oladi navi basharda goh-goh...
Beshinchisi: وَلَمْ يُولَدْ Bir tavhidi sarmadiy ishorasi shundaydir: Vojib, qadim, azaliy bo’lmasa, bo’lmas Iloh...
Ya`ni: Yo muddatan hodis bo’lsa, yo moddatan tavallud, yo bir asldan ayrilgan bo’lsa, albatta bo’lmas shu koinotga panoh...
Sababparastlik, yulduzparastlik, sanamparastlik, tabiatparastlik shirkning bittadan navidir; zalolatda bittadan chox...
Oltinchi: وَلَمْ يَكُنْ tavhidi jome`dir. Na zotida noziri, na ishlarida sheriki, na sifatida o’xshashi لَمْ lafziga nazargoh...
Shu olti jumla ma`nan bir-biriga natija, ham bir-birining burhoni, musalsaldir burhonlar, murattabdir natijalar shu surada qarorgoh...
Demak shu Sura-i Ixlosda o’z miqdori qomatida musalsal, ham murattab o’ttiz sura joylashgan; bu bularga sahargoh...
لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلاَّ اللهُ
* * *
Sabab Yolg’iz Zohiriydir
Izzati azamat istarki; tabiatdagi sabablar pardadori dasti qudrat bo’lsin aqlning nazarida.
Tavhid va jalol istarki: tabiatdagi sabablar domonkashi ta`siri haqiqiy bo’lsin(*) qudrat asarida.
* * *
Vujud Olami Jismoniy Ila Cheklangan Emas
Vujudning hisobga kelmas muxtalif navlari oid bo’lmas, sig’ishmas shu shahodat olamida.
Olami jismoniy bir tantanali parda kabi shu`la fashon g’aybiy olamlar ustida.
* * *

-----------------------------------------------
(*)Haqiqiy ta`sirdan qo’lini cheksin, ijodga qo’shilmasin demakdir.
Аудио мавжуд эмас