So’zlar | LEMAAT | 454
(453-486)

IFODA-I MAROM
Ey o’quvchi! Oldindan buni e`tirof etamanki: nazm va yozish san`atida iste`dodimdan juda shikoyatchiman. Hatto hozir ismimni ham to’g’ri yozolmayman. Nazm, vazn esa; umrimda bir band qilolmagan edim. Birdan zehnimga nazmga qat`iyatli bir orzu keldi. Sahobalarning g’azotlariga doir kurdcha “Qovli navala sisabin” nomli bir doston bor edi. Uning ilohiy tarzidagi tabiiy nazmiga ruhim rohatlanar edi. Men ham o’zimga maxsus uning nazm tarzini ixtiyor etdim. Nazmga o’xshash bir nasr yozdim. Faqat vazn uchun qat`iyan takalluf qilmadim. Istagan odam nazmni xotirga keltirmasdan zahmatsiz, nasran o’qiy olar. Ham nasran bo’lib qarash kerak, toki ma`no anglashilsin. Har qit`ada ma`no bog’liqligi bordir. Qofiyada to’xtanilmasin. Qalpoq popuksiz bo’lar, vazn ham qofiyasiz bo’lar, nazm ham qoidasiz bo’lar. Uylashimcha lafz va nazm san`atcha jozibador bo’lsa, nazarni o’zi ila mashg’ul etar. Nazarni ma`nodan o’girmaslik uchun parishon bo’lishi yanada yaxshidir.
Shu asarimda ustozim Qur`ondir. Kitobim hayotdir. Muxotobim yana menman. Sen esa, ey o’quvchi, tinglovchisan. Tinglovchining tanqidga haqqi yo’qdir; yoqtirganini olar, yoqtirmaganiga tegilmas. Shu asarim bu muborak Ramazonning fayzi(*) bo’lganidan, umid etamanki inshaalloh din qardoshimning qalbiga ta`sir etar-da lisoni menga bir mag’firat duosi baxsh etar yoki bir Fotiha o’qir.

EDDAI
(**)Yiqilmish bir mozorimki, yig’ilmishtir ichida
Saiddan yetmish to’qqiz amvot(***) ba-asam alamlarga.
Saksoninchi bo’lmishtir mozorga bir mozor tosh.
Barobar yig’laydi(****) xusroni Islomga.
Mozor toshim ila pur-amvot ingragan u mozorim ila
Ravonman soha-i uqbo-i fardomga.
Yaqiynim borki: Istiqbol samovoti, zamini Osiyo
Birlikda bo’lar taslim, yedi bayzo-i Islomga.
Zero yamini yumni iymondir
Berar amnu amon ila enamga...

---------------------------------------------------
(*)Hatto tarixi نَجْمُ اَدَبٍ وُلِدَ لِهِلاَلَىْ رَمَضَانَ chiqmish. Ya`ni: "Ramazonning ikki hilolidan tug’ilgan bir adab yulduzidir." (Bir ming uch yuz o’ttiz yetti bo’lar.)
(**)Bu qit`a uning imzosidir.
(***)Har yili ikki marta jism yangilangani uchun ikki Said o’lmish demakdir. Ham bu sana Said yetmish to’qqiz sanasidadir. Har bir sanada bir Said o’lmish demakdirki, bu tarixga qadar Said yashayajak.
(****)Yigirma sana so’ngraki bu hozirgi holni hissi qalb-al vuqu` ila his etmish.
Аудио мавжуд эмас