So’zlar | LEMAAT | 455
(453-486)
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
اَلْحَمْدُ ِللهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ
وَالصَّلٰوةُ عَلٰى سَيِّدِ الْمُرْسَلِينَ وَعَلٰۤى اٰلِهِ وَصَحْبِهِۤ اَجْمَعِينَ

"Tavhidning Ikki Burhoni Muazzami"
Shu koinot tamomi ila bir burhoni muazzamdir. Lisoni g’ayb shahodat ila musabbihdir, muvahhiddir. Ha tavhidi Rahmon ila, buyuk bir ovoz ila zokirdirki:
La Ilaha Illa Hu...
Butun zarrot hujayroti, butun arkon-u a`zosi bittadan lisoni zokirdir; u buyuk ovoz ila barobar derki:
La Ilaha Illa Hu...
U tillarda turlanmoq bor, u ovozlarda marotib bor. Faqat bir nuqtada to’plar, uning zikri, uning ovoziki:
La Ilaha Illa Hu...
Bu bir insoni akbardir, buyuk ovoz ila etar zikrni; butun ajzosi, zarroti kichkina ovozlari ila, u baland ovoz ila barobar derki:
La Ilaha Illa Hu...
Shu olam xalqa-i zikri ichida o’qiydi ashrni, shu Qur`on mashriqi nurni. Butun ziruh etar fikrniki:
La Ilaha Illa Hu...
Bu Furqoni Jalilushshon u tavhidga notiq burhon, butun oyot sodiq lison. Shuoot-i barika-i iymon. Barobar derki:
La Ilaha Illa Hu...
Quloqni gar yopishtirsang shu Furqonning ko’kragiga, chuqurlikning chuquridan yaqqol eshitasan, samoviy bir sado derki:
La Ilaha Illa Hu...
U ovozdir g’oyatda ulviy, nihoyat daraja jiddiy, haqiqiy g’oyat samimiy, ham nihoyat munis va mukni` va burhon ila mujahhazdir. Mukarrar derki:
La Ilaha Illa Hu...
Shu burhoni munavvarda, olti jihati shaffofki, ustida munaqqashdir gullamish sikka-i i`joz. Ichida porlagan nuri hidoyat derki:
La Ilaha Illa Hu...
Ha, ostida to’qilmish nozik mantiq va burhon, o’ngida aqliy istintoq; murafraf har taraf, zehnlar "Sadaqta" derki:
La Ilaha Illa Hu...
Yamin bo’lgan shimolida etar vijdonni istishhod. Oldida husni xayrdir, hadafida saodatdir. Uning kalitidir har damki:
La Ilaha Illa Hu...
U yuzlangan qarshi taraf, unga dastak samoviydirki, vahyi mahzi Rabboniy. Bu shish jihat ziyodordir; burjlarida tajalliydorki:
La Ilaha Illa Hu...
Ha o’g’ri vasvasasi, ba vahimi shubha-i tariq, ne haddi borki u dinsiz, kira olsin bu porloq qasrga. Ham shariqki, sur suralar shahiq, har kalima bir malaki notiqki:
La Ilaha Illa Hu...
U Qur`oni Azimushshon qanday bir bahri tavhiddir. Birgina qatra, misol uchun birgina Sura-i Ixlos.. faqat qisqa birgina ramzi nihoyatsiz ramzlaridandir. Butun anvo-i shirkni rad etar, hamda etti anvo-i tavhidni etar isbot; uchi manfiy, uchi musbat shu olti jumlada birdan:
Аудио мавжуд эмас