So’zlar | LEMAAT | 457
(453-486)
Qalami Qudratda Ittihod Tavhidni E`lon Etar
Asari itqoni san`at fitratning har burchagida shaksiz rad etar sabablarning ijodini.
Naqshi kilki ayni qudrat; xilqatning har nuqtasida albatta rad etar vositalar vujudini.
* * *
Bir Narsa Har Narsasiz Bo’lmas
Koinotda sarbasar siri tasonud mustatir, ham muntashir. Ham taraflarda tajovub, ham taovun ko’rsatar
Ki yolg’iz bir qudrati olam-shumuldir qildirar, zarrani har nisbati ila xalq etib yerlashtirar.
Kitobi olamning har satiri ila har harfi hay; ehtiyoj chorlar, tanishtirar.
Har qayerdan kelsa-kelsin nido-i hojatga labbayk-zandir, siri tavhid nomiga atrofni ko’rishtirar.
Zihayot har harfi har bir jumlaga mutavajjih bittadan yuzni, hamda nozir bittadan ko’zni boqtirar.
* * *
Quyoshning harakati joziba uchundir, joziba manzumaning tartibi uchundir
Quyosh bir mevadordir, silkinar to tushmasin munjazib sayyor bo’lgan mevalari.
Gar sukuti ila sukunat aylasa, jazba qochar, yig’lar fazoda muntazam majzublari.
* * *
Kichik Narsalar Katta Narsalar Ila Bog’langandir
Pashshaning ko’zini xalq aylagandir mutlaqo, Quyoshni ham kahkashni xalq aylamish.
Burganing me`dasini tanzim etgandir mutlaqo, manzuma-i shamsiyani nazm aylamish.
Ko’zda ru`yat, me`dada ham ehtiyojni darj etgandir mutlaqo, samo ko’ziga ziyo surmasi surmish, zamin yuzida taom dasturxoni yoymish.
* * *
Koinotning Nazmida Buyuk Bir I`joz Bor
Koinotning ko’r-ki ta`lifida bir i`joz bor. Gar butun tabiiy sabablar bilfarzi mahol
Bo’lsa har biri muqtadir bir foili muxtor. U i`jozga qarshi nihoyat ojizlik ila bil-imtisol
Qilib sajdaki
سُبْحَانَكَ لاَ قُدْرَةَ فِينَا رَبَّـنَا اَنْتَ الْقَدِيرُ اْلاَزَلِىُّ ذُوالْجَلاَلِ
* * *
Qudratga Nisbat Har Narsa Tengdir
مَاخَلْقُكُمْ وَلاَ بَعْثُكُمْ اِلاَّكَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ
Bir qudrati zotiyadir, ham azaliy; ojizlik mudohala etolmas.
Unda marotib bo’lmasdan, monelar tadoxul etolmas. Istarsa kull, istasa juz nisbat tafovut aylamas.
Chunki har narsa bog’liqdir har narsa ila. Har narsani qilolmagan bir narsani ham qilolmas.
* * *
Koinotni Qo’lida Tutolmagan Zarrani Xalq Etolmas
Tasbeh kabi nazm aylayib ko’tarajak; arzimizni, quyoshlarni, yulduzlarni, hisobga kelmas
Shu fazoning boshiga, ham ko’ksiga toqajak shunday quvvatli qo’lga bir kimsa sohib bo’lmasa
Dunyoda hech bir narsada da`vo-i xalq etib, iddio-i ijod etolmas.
* * *
Ihyo-i Nav Ihyo-i Fard Kabidir
Mavt-olud bir navm ila qishda uxlagan bir chivin, qanday uning ihyosi qudratga og’ir kelmas.
Shu dunyoning mavti ham, ihyosi ham shundaydir. Butun ziruh ihyosi unda ortiq nozlanmas.
* * *
Tabiat Bir San`ati Ilohiyadir
Emas tobe tabiat, balki matbaa. Emas naqqosh, u balki bir naqshdir.
Emas foil, u qobildir. Emas masdar, u misdardir.
Emas nozim, u nizomdir.
Emas qudrat, u qonundir. Irodiy bir shariatdir, emas xorij haqiqatdir.
* * *
Аудио мавжуд эмас