So’zlar | LEMAAT | 459
(453-486)
* * *
Hayotsiz Vujud Adam Kabidir
Ziyo ila hayotning har biri mavjudotning bittadan kashshofidir. Boq nuri hayot bo’lmasa,
Vujud adam-oluddir; balki adam kabidir. Ha g’arib, yetimdir; hayotsiz gar Qamarsa...
* * *
Hayot Sababi ila Chumoli Sayyoradan Katta Bo’lar
Gar mezon-ul vujud ila chumolini tortarsang, undan chiqqan koinot sayyoramizga sig’ishmas.
Mencha sayyora hayvondir, boshqalarning o’ylashicha mayyit bo’lgan sayyorani gar keltirib qo’ysang
Chumolining qarshisiga, u zishuur boshining yarmi ham bo’lolmas.
* * *
Nasroniyat Islomiyatga Taslim Bo’ladi
Nasroniyat yo intifo, yo istifo topajak. Islomga qarshi taslim bo’lib tarki siloh etajak.
Mukarraran yirtildi, protestanlikka to keldi, protestanlikda ko’rmadi unga saloh berajak.
Parda yana yirtildi, mutlaq zalolatga tushdi. Bir qismi lekin, biroz yaqinlashdi tavhidga; unda saodat ko’rajak.
Hozirlanar hozirdan(*)yirtilishni boshlaydi. So’nmazsa poklik topib, Islomga mol bo’lajak.
Bu bir siri azimdir, unga ramzu ishora; Faxri Rasul demishtir: "Iso Shar`im ila amal etib, ummatimdan bo’lajak".
* * *
Tobe Nazar Maholni Mumkin Ko’rar
Mashhurdirki: Idning hiloliga boqardi jamoati kasira. Hechkim hech narsa ko’rmadi.
Katta yoshli bir keksa qasam ichdiki: "Ko’rdim". Holbuki ko’rgani kiprigining qavs shakliga kirmish oq bir qili edi.
U qil bo’ldi uning hiloli. U qavs shakliga kirgan qil qayerda? Hilol bo’lmish Qamar qayerda? Gar anglading shu ramzni:
Zarrotdagi harakat; kiprigi aqling bo’lmish bittadan qili zulmatdor.. ko’r etmish moddiy ko’zni.
Tashkili jumla anvo foilini ko’rolmas, tushar boshiga zalol.
U harakat qayerda? Nazzami kavn qayerda? Uni unga vahm etmoq mahol andar mahol!..
* * *
Qur`on Oyna Istar, Vakil Istamas
Ummatdagi ko’pchilik, ham avomning umumi; burhondan ziyoda manbadagi qudsiyat shavqi itoat berar, chorlar imtisolga.
Shariat yuzdan to’qsoni; musallamoti shar`iy, zaruriyati diniy bittadan olmos ustundir.
Ijtihodiy, ixtilofiy, far`iy bo’lgan masoil; yuzdan faqat o’n bo’lar. To’qson olmos ustuni, o’n oltinning sohibi
Xaltasiga qo’yolmas, unga tobe qilolmas. Olmoslarning ma`dani: Qur`on va ham Hadisdir. Uning moli.. u yerdan, har zamon istalishi kerak.
Kitoblar, ijtihodlar Qur`onning oynasi, yoxud durbin bo’lishi kerak. Soya, vakil istamas u Shamsi Mo’`jizbayon.
* * *
Mubtil Botilni Haq Nazari Ila Olar
Insondagi fitrati mukarram bo’lganidan, qasddan haqni qidirar. Ba`zan kelar qo’liga, botilni haq deb o’ylar, qo’ynida saqlaydi.
Haqiqatni qozarkan ixtiyori bo’lmasdan zalol tushar boshiga; haqiqatdir deb o’ylar, miyasiga o’tqazar.
* * *

--------------------------------------------------------------------
(*)Bu dahshatli Jahon Urushi natijasidagi vaziyatga ishora etar. Balki Ikkinchi Jahon Urushidan to’liq xabar berar.
Аудио мавжуд эмас