So’zlar | LEMAAT | 462
(453-486)
Ba`zan Xayr Sharrga Vosita Bo’lar
Havasdagi maziyat haqiqatdan sababdir tavozu`, mahviyatga. Bo’lmish afsuski sabab tahakkumga,
Takabburga ham illat. Faqirlardagi ajzi, omilardagi faqri haqiqatdan sababdir ehson va marhamatga.
Lekin afsuski natija bo’lmishtir hozir, zillat va asoratga. Bir narsada hosil bo’lgan mahosin va sharaf esa;
Havas va raislarga u narsa peshkash etilar. U narsadan nash`at etgan yomonlik va sharr esa; fardlar va ham avomga
Taqsim, tavzi` etilar. Ashirati g’olibda hosil bo’lgan sharaf esa: "Hasan Og’a, ofarin!" Hosil bo’lgan sharr esa,
Fardlarga bo’lar nafrin. Basharda sharri hazin!..
* * *
G’oya-i Xayol Bo’lmasa Anoniyat Quvvatlashar
Bir g’oya-i xayol bo’lmasa, yoxud nisyon ko’rilsa, yo unutilsa; albatta zehnlar analarga o’girilarlar,
Atrofida kezarlar. ana quvvatlashadi, ba`zan g’azablanadi.
Yorilmas, to "nahnu" bo’lsin. Anasini sevganlar boshqalarni sevmaslar.
* * *
Qo’zg’olonlarning sababi; Mavti Zakot, Hayoti Ribodan Chiqmish
Butun qo’zg’olonlar, butun harju fasodlar; ham asl, ham ma`dani.. razilliklar va yomonliklar, butun buzg’unchi axloqlar,
Ig’vogar va manbai ikki kalimadir tek.. yoxud ikki kalomdir. Birinchisi shudirki: "Men to’q bo’lsam, boshqalar
Ochlikdan o’lsa menga nima!.." Ikkinchisi: "Rohatim uchun zahmat chek; sen ishla, men yeyman. Mendan yemoq, sendan ishlamoq!"
Birinchi kalimada bo’lgan o’ldiruvchi zaharni, ham ildizini kesadigan, shifobaxsh davo bo’ladigan yagona davosi bordir.
U ham zakoti shar`iyki, bir rukni Islomdir. Ikkinchi kalimada, zaqqum-daraxt joylashgan.
Uning tomirini kesadigan riboning haromligidir.
Bashar saloh istarsa, xayotini sevarsa; zakotni joriy qilishi, riboni yo’qotishi kerak.
* * *
Bashar Hayotini Istasa, Riboning Har Turini Yo’q Qilishi Kerak
Tabaqa-i havasdan tabaqa-i avomga siyla-i rahm uzilmishtir. Pastdan otilmoqda
Qo’zg’olon ovozlari, intiqom baqiriqlari, kinu hasad ingrashlari... Yuqoridan tushadi
Zulm va tahqir otashi, takabburning ezishi, tahakkumning zarbasi... Pastdan chiqishi kerak
Muhabbat va itoat, hurmat va ham bo’yin suymoq. Faqat marhamat va ehson yuqoridan tushishi kerak,
Ham shafqat va tarbiya... Bashar buni istarsa zakotni mahkam tutib, riboni haydashi kerak.
Qur`onning adolati olam eshigida turib riboga der: "Mumkin emas! Haqqing yo’qdir, qayt orqaga!"
Tinglamadi bu amrni, bashar yedi bir tarsak.(*) Mudhishini yemasdan bu amrni tinglashi kerak.
* * *
Bashar Asirlikni Parchalagani Kabi Xizmatkorlikni Ham Parchalaydi
Bir tushda demishtim: Davlatlar, millatlarning yengil urushi; bashar tabaqalarining shiddatli bo’lgan urushiga yer bermayotir.
Zero bashar davrlarda asirlik istamadi, qoni ila parchaladi. Hozir xizmatkorlik bo’lmishtir; uning yukini tortar, uni ham parchalaydi.
Basharning boshi keksa; besh davri bor. Vahshat va badaviyat, mamlukiyat, asorat, hozir ham xizmatkorlikdir, boshlamishtir o’tmoqda.
* * *
---------------------------------------------------------------------------
(*)Quvvatli g’aybiy bir ishoradir. Darhaqiqat bashar tinglamadi, Ikkinchi Jahon Urushi ila bu dahshatli tarsakini ham yedi.
Аудио мавжуд эмас