So’zlar | LEMAAT | 463
(453-486)
G’ayri Mashru` Tariq Ziddi Maqsudga Ketar
اَلْقَاتِلُ لاَ يَرِثُ bir dasturi azimdir: "G’ayri mashru` tariq ila
bir maqsadga ketgan zot, ko’pincha maqsudining ziddi ila ko’rar mujazot".
Ovrupa muhabbati g’ayri mashru` muhabbat, ham taqlid va ham ulfat.
Oqibati mukofot: Mahbubning g’addorona adovati, jinoyot...
Fosiqi mahrum topmas na lazzat va na najot.
* * *
Jabriya Va Mo’`tazilada Bittadan Dona-i Haqiqat Topilar
Ey tolibi haqiqat! Moziy, ham musibat; istiqbol va ma`siyat boshqa ko’rar shariat. Moziyga, musibatlarga nazar bo’lar qadarga.
So’z bo’lar Jabriyaga. Istiqbol va gunohlar nazar bo’lar taklifga, so’z bo’lar Mo’`tazilaga. Mo’`tazila ila Jabriya
Shu yerda yarasharlar. Shu botil mazhablarda bittadan dona-i haqiqat mavjud joylashgandir; maxsus joyi bordir; botil bo’lgan ta`mimdir.
* * *
Ojizlik Va Shikoyat Bechoralarning Ishidir
Gar istarsang hayotni, choralari topilgan narsada ojizlikka yopishma.
Gar istarsang rohatni, choralari bo’lmagan narsada shikoyatni boshlama.
* * *
Ba`zan Kichik Bir Narsa Katta Bir Ish Qilar
Shunday sharoit bo’lar, taxtida oz bir harakat sohibini chiqaradi to a`loyi illiyin...
Shunday hollar bo’larki; kichik bir harakat, qilganini tushiradi to asfali sofiliyn...
* * *
Ba`zilarga Bir On Bir Sanadir
Fitratlarning bir qismi birdaniga porlaydi. Bir qismi tadrijiydir, osta-osta turadi. Tabiati insoniy ikkisiga ham o’xshaydi.
Sharoitga qarar; unga ko’ra almashar. Ba`zan tadrijiy ketar. Ba`zan ham bo’lar porox kabi zulmoniy, birdaniga yonar.
Nuroniy bir nor bo’lar. Ba`zan bo’lar bir nazar ko’mirni olmos etar. Ba`zan
bo’lar bir tegish toshni iksir etar. Bir nazari payg’ambar,
birdaniga o’zgartirar; bir badaviyi johil, bir orifi munavvar. Agar mezon istarsang: Islomdan avval Umar, Islomdan so’ngra Umar...
Bir-biri ila qiyosiy: Bir chekirdak, bir shajar... Daf`atan berdi samar, u nazari Ahmadiy, u himmati Payg’ambar...
Jazirat-ul Arabda, ko’mir bo’lmish fitratlarni o’zgartirdi olmoslarga... Birdaniga sarosar...
Porox kabi axloqni porlattirdi, bo’ldilar bittadan nuri munavvar.
* * *
Yolg’on Bir Lafzi Kofirdir
Bir dona sidq yoqar millionlab yolg’onni. Bir dona-i haqiqat yiqar qasri xayolni. Sidq buyuk asosdir, bir javhari ziyoliy.
Yerni berar sukutga, agar chiqsa zararli... Yolg’onga yer hech yo’qdir, garchi bo’lsa foydali. Har so’zing to’g’ri bo’lsin, har hukming haq bo’lishi kerak.
Lakin haqqing bo’lolmas, har to’g’rini so’z etmoq. Buni yaxshi bilishing kerak.
“Huz ma safa da`ma kadar” o’zingga dastur etishing kerak.
Go’zal ko’r, ham go’zal boq. To go’zal fikrlagin. Go’zal bil, ham go’zal o’yla. To laziz hayotni topgin.
Hayot ichida hayotdir, husni zonda umidi. Sui zon ila ya`sdir: Saodat muxorribi, hamda hayotning qotili.
Аудио мавжуд эмас