So’zlar | LEMAAT | 466
(453-486)
Hech ham yarashmadilar. Qanday bo’larki asli, ham ma`dani, matlai boshqa tur bo’lmishti. Qur`onda bo’lgan nurni, shariat hidoyati
Shu madaniyatning ruhi bo’lgan Rim dahosi, bir-biri ila yarashar ham majzu ittihodi.
U daho ila bu hidoyat asoslari boshqadir: Hidoyat samodan tushdi, daho zamindan chiqdi. Hidoyat qalbda ishlaydi, miyani ham ishlatar.
Daho miyada ishlar, qalbni ham chalkashtirar. Hidoyat ruhni etar tanvir, donlarni sunbullattirar. Qorong’u tabiat u bilan ishiqlanar.
Iste`dodi kamoli birdaniga yo’l olar, nafsi jismoniy qilar amrbardor xizmatkor. Malak-siymo etadi insoni himmatparvar.
Daho esa: Avvalo nafsu jismga qaraydi, tabiatga kiradi, nafsni dala etadi. Iste`dodi nafsoniy nashvu-namo topadi.
Ruhni etar xizmatkor, donlari quriydi. Shaytonning siymosini basharda ko’rsatadi.
Hidoyat, hayotga saodat beradi. Daraynga ziyo nashr etadi. Insonni yuksaltiradi.
Dajjol-misol(**) daho-i aver, bir olam ila bir hayotni anglar; modda-parast bo’lar va dunyo-parvar. Insonni qilar bittadan jonivor.
Ha daho, kar tabiatga sig’inar. Ko’r quvvatga itoatkor. Faqat hidoyat, shuurli san`atni tanir, hikmatli qudratga boqar. Daho, zaminga kufron pardasi chekar. Hidoyat, shukron nurini yoyar.
Bu sirdandir: Daho, ko’r va kar; hidoyat, sami`i basir. Dahoning nazarida, zamindagi ne`matlar sohibsiz g’animatdir.
Minnatsiz g’asb va sirkat, tabiatdan qo’pormoq jonivorcha his berar. Hidoyat nazarida; zaminning siynasida koinotning yuzida
Sochilmish bo’lgan niom, rahmatning samaroti. Har ne`matning ostida bir ehson qo’li ko’rar, shukron ila o’ptirar.
Buni ham inkor etmam: Madaniyatda bordir mahosini kasira.. ammo
ular emasdir na Nasroniyat moli, na Ovrupa ijodi,
Na shu asrning san`ati.. Balki umum molidir: Fikrlar qo’shilishidan, samoviy shariatlardan, ham hojati fitriydan, hususan shar`i Ahmadiy,
Islomiy inqilobdan nash`at etgan bir moldir. Kimsa tamalluk etmas.
Misoliylar majlisi, u majlisning raisi takror so’radi; ham dedi: "Musibat bo’lar har dam xiyonat natijasi, mukofotning sababi. Ey shu asrning odami! Qadar bir tarsak urdi, qazoga ham yo’liqtirdi
Qaysi ishlaringiz ila qazoga, ham qadarga shunday fatvo berdingizki, qazo-i Ilohiy musibat ila hukm etdi, sizlarni titkiladi?
Xato-i aksariyat bo’lar sabab doimo musibati ommaga." Dedim: Basharning zalolati fikriysi, Namrudona inodi,
Fir`avnona g’ururi shishib ketdi zaminda, yetishdi samovotga. Hamda tegildi hassos siri xilqatga. Samovotdan tushirdi
To’fon, vabo misoli, shu harbning zilzilasi; kofirga yopishtirdi samoviy bir sillani. Demakki shu musibat, butun bashar musibati edi,
Nav`an umumga shomil. Bir mushtarak sababi; moddiyunlikdan kelgan zalolati fikriydi, hurriyati hayvoniy, havoning istibdodi...
Hissamizning sababi; arkoni Islomiyda ihmol va tarkimizdi. Zero Xoliq Taolo yigirma to’rt soatdan bir soatni istadi,
Besh vaqt namoz uchun yolg’iz u soatni, bizdan yana biz uchun amr etdi, ham istadi. Tanballik ila tark etdik, g’afat ila ihmol bo’ldi.
Shunday ham jazo ko’rdik: Besh sanada, yigirma to’rt soatda doimo ta`lim va mashaqqat ila harakatlantirmoq va yugurtirmoq ila bir navi namoz qildirdi.
Ham sanada yolg’iz bir oy ro’za uchun nafsimizdan istadi. Nafsimizga achindik, kafforatan besh sana jabran ro’za tuttirdi.
-------------------------------------------------
(**)Bunda ham bir nozik ishora bor.
Аудио мавжуд эмас