So’zlar | LEMAAT | 469
(453-486)
Inodning Ko’zi Malakni Shayton Ko’rar
Inodning ishi budir: Shayton yordam etarsa birisiga "malak" der, rahmatni ham o’qitar.
Muxolif tarafida agar malakni ko’rsa; libosini almashgan, uni shayton deb o’ylar, adovat la`nat etar.
* * *
Haqni Topgandan So’ngra Ahaq Uchun Ixtilofni Chiqarma
Ey tolibi haqiqat, modom haqda ittifoq, ahaqda ixtilofdir. Ba`zan haq ahaqdan ahaqdir. Hamda bo’lar hasan ahsandan ahsan.
* * *
Islomiyat Itoat Va Sulhdir; Dohilda Nizo Va Xusumat Istamas
Ey Olami Islomiy! Hayoting ittihodda. Gar ittihod istarsang dasturing bu bo’lishi kerak:
"Huval Haqqu" o’rniga "Huva Haqqun" bo’lishi kerak. "Huval Hasan" o’rniga "Huval Ahsan" bo’lishi kerak...
Har muslim o’z maslak, mazhabiga deyishi kerak: "Xullas bu haqdir, boshqasini aybsitmayman. Boshqalari go’zal bo’lsa, meniki eng go’zalidir".
Aytmasligi kerak: "Budir haq, boshqalari botildir." Yo "Yolg’iz menikidir go’zali; boshqalari xatodir, ham xunukdir".
Chegaralangan fahmlash, hubbi nafsdan kelar, so’ngra maraz bo’ladi, nizo undan chiqadi. Dard ila darmonlar
Ko’payishi haq bo’lar, haq ham ko’payar. Hojatlar va ozuqalarning turlanishi haq bo’lar, haq ham turlanar.
Iste`dod, tarbiyalar, ko’payishi haq bo’lar, haq ham ko’payar. Bir modda-i vohida, ham zahar va ham zaharga qarshi dori bo’lar.
Ikki mizojga ko’ra masoili far`iyda haqiqat sobit emas, izofiy va murakkab, mukallafiyn mizojlar
Unga bir hissa berib, unga ko’ra etib tahaqquq va tarakkub, har mazhabning sohibi muhmal mutlaq hukm etar.
Mazhabining hududi ta`yinini qoldirar tamayuli mizojga; taassubi mazhabi tamimga sabab bo’lar.
Tamimning iltizomi sabab bo’lar nizoga. Islomiyatdan avval tabaqoti basharda chuqur jarliklar,
Ham taboudi ajibni istadi bir vaqtda taaddudi anbiyo, tanavvu-i sherayi`, mutaaddid mazhablar.
Basharda bir inqilob Islomiyat qildirdi, bashar taqorub etdi, Shar` etdi ittihod, vohid bo’ldi Payg’ambar.
Saviya bir bo’lmadi; mazhab taaddud etdi. Tarbiya-i vohida kofiy kelgani zamon, ittihod etar mazhablar...
* * *
Ijod Va Zidlar Jamlanishida Buyuk Bir Hikmat Bor. Qudrat Qo’lida Shams Va Zarra Birdir
Ey birodari qalbhushyor! Zidlarning birlashishidandir tajalliyi iqtidor; lazzat ichida alam, xayrning ichida sharrni,
Husnning ichida qubhni, foyda ichida zararni, ne`mat ichida niqmat, nurning ichida norni bilarmisan-ki sirni?
Haqoiqi nisbiya, subut taqarrur etsin, bir narsada ko’p narsa bo’lsin,
topsin vujud, ko’rinsin. Sur`ati harakat ila bir nuqta bir xat bo’lar.
Aylantirish tezligi qilar bir lam`a-i nur, doira-i nuroniy. Haqoiqi nisbiya vazifasi, dunyoda donlar sunbul bo’lar.
Koinotning kiri, ravobiti nizomi, aloiqi naqshini udir tashkil etadi. Oxiratda bu nisbiy amrlar u yerda haqoiq bo’lar.
Haroratda marotib, unga bo’lmishtir sabab tahalluli burudat.
Husndagi darojot qubhning tadoxulidir. Sabab illat bo’ladi.
Аудио мавжуд эмас