So’zlar | LEMAAT | 471
(453-486)
Allohning Rahmat Va G’azabidan Ortiq Tahassus Xatodir
Allohning rahmatidan ortiq rahmat etilmas. Allohning g’azabidan ortiq g’azab etilmas.
Unday bo’lsa ishni qoldir u Odili Rahiymga. Ortiq shafqat alamdir, ortiq g’azab zamima...
* * *
Isrof Safohatning, Safohat Safolatning Eshigidir
Ey isrofgar qardoshim! Ozuqlanmoq nuqtasida bir ekan ikki luqma; bir luqma bir tangaga, bir luqma o’n tangaga.
Ham og’izga kirmasdan, ham tomoqdan o’tgandan, barobar bir bo’larlar. YOlg’iz og’izda, u ham necha soniyada behushga berar no’sha.
Zavqiy bir farq bo’lar, doim uni aldatar u quvva-i zoiqa, badanga, ham me`daga eshikchi, mufattishga.
Uning ta`siri manfiy, musbat emas! Vazifa yolg’iz eshikchini taltif va mamnun etmoq? No’sh berarsan u behushga
Asli vazifasida uni mushavvash etmoq, birgina tanga o’rniga o’n bir tangani bermoq, bo’lar shaytoniy pesha.
Isrofning eng sahifi, isrofning eng saqimi, bir tarzdir bir turi; havas etma bu ishga...
* * *
Zoiqa Telegrafchidir, Talziz Ila Boshdan Chiqarma
(*)Rububiyati Iloh hikmat va inoyatni, og’iz ila ham burun ila ikki markazni tashkil aylamishtir, ichida hudud qorovuli, ham
Muxbirlarni ham qo’ymish. Shu olami sag’irda tomirlarni telefon, asablarni telegraf hukmida tayin etmish. Shamma telefoni, ham
Telegrafga zoiqa inoyat ma`mur etmish. U Razzoqi Haqiqiy, arzoq ustiga qo’ymish rahmatdan bir ta`rifa; taom va lavn va ham
Rayiha. Xullas shu uch tuyg’u(ta`m sezish, hid sezish, tegilish), u Razzoq tarafidan bittadan e`lonnomasi, bittadan da`vatnomasi, bir iznnomasi, ham
Bir dalloldirki muhtoj va mushtariylar doim ular ila jalb bo’lar. Rizqlangan hayvonlarga zavq va ru`yat va shamm, bittadan olat bermish. Ham
Taomlarni muxtalif ziynatlar ila bezatmish; havoiy ko’ngillarni ovutib, loqaydlarni tahyij ila jazb etmish. Qachon, taom kirsa ham
Og’izga, birdaniga zoiqa har tarafga bir telegraf yuborar badanning aqtoriga. Shamma telefon qiladi, kelgan taom navi, ham
Turlarini ham aytar. Hojatlari muxtalif, boshqa-boshqa rizqlangan, unga ko’ra harakat qilar, unga ham hozirlanar yo javobi rad kelar. Ham
Eshik tashqari otar, yuziga ham tupurar. Inoyat tarafidan modom bunga ma`murdir; zavq ila boshdan chiqarma. Ham
Talziz ila aldatma. So’ngra u ham unutar to’g’ri ishtaha nedir, bir yolg’onchi ishtaha kelar boshiga otilar. Xatosi maraz ila ham
Illatlar ila jazolar kelar. Haqiqiy lazzat haqiqiy ishtahadan chiqar, to’g’ri ishtaha sodiq bir ehtiyojdan. Bu yetarli lazztda shoh ham
Gado barobar. Ham barobardir bir dinor va bir dirham u lazzat barobar urar alamga bo’lar malham.
* * *
----------------------------------------------------------
(*)Iqtisod Risolasining urug’idir. Balki o’n sahifa bo’lgan Iqtisod Risolasini qabl-al vujud o’n satrda o’qimish.
Аудио мавжуд эмас