So’zlar | LEMAAT | 473
(453-486)
Axloqlarning Yerlari Almashsa, Mohiyatlari Almashar
Bir axloq.. yer boshqa, siymo bir. Goh dev, goh malak, goh solih, goh tolih; misoli shulardir:
Zaifning kuchliga qarshi izzati nafsi sanalgan bir sifat, gar bo’larsa kuchlida, takabbur va g’ururdir.
Kuchlining bir zaifga qarshi ham tavozu`si sanalgan bir sifati, gar bo’larsa zaifda, tazallul va riyodir.
Bir ulul amr, maqomida bo’larsa jiddiyati, viqordir; mahviyati, zillatdir.
Xonasida bo’lsa mahviyati tavozu`, jiddiyati kibrdir.
Mutakallimi vahda bo’lsa agar bir zotda: Musomaha, hamiyat. Fidokorlik; bir xislat, bir amali solihdir.
Mutakallimi maalg’ayr bo’lsa agar u zotda: Musomaha, xiyonat. Fidokorlik; bir sifat, bir amali talihdir.
Tartibi mabodida tavakkval tanballikdir. Tarattubi natija nuqtasidagi tafviz, tavakkuli shar`iydir.
Samara-i sa`yiga, qismatiga rizo esa, mamduh bir qanoatdir, mayli sa`yga quvvatdir.
Mavjud molga qanoat, marg’ub qanoat emas; balki g’ayratsizlikdir. Misollar yana ko’pdir.
Qur`on mutlaq zikr etar, solihat va taqvoni. Ibhomida ramz etar maqomlarning ta`siri. Ijozi bir tafsildir. Sukuti keng so’zdir.
* * *
"Al-Haqqu Ya`lu" Bizzot, Ham Oqibat Muroddir
Ey arqadosh! Bir zamon bir sail dedi: "Modom Al-Haqqu Ya`lu haqdir. Nima uchun kofir muslimga; quvvat haqqa g’olibdir?"
Dedim: To’rt nuqtaga boq! Bu mushkul ham hal bo’lar. Birinchi nuqta shudir: Har haqning har vasilasi haq bo’lishi lozim emasdir.
Shuning kabi, har botilning har vasilasi botil bo’lishi, yana lozim emasdir. Natijasi shu chiqar: Haq bo’lgan bir vasila, botil vasilaga g’olibdir.
Demakki, bir haq bir botilga mag’lubdir. Vaqtinchalik, bilvosita bo’lmishtir. Bo’lmasa bizzot, ham doimo emasdir.
Ammo aqibat-ul aqiba, har dam yana haqningdir. Quvvatning bir haqqi bor, bir siri xilqati bor. Ikkinchi nuqta shudir:
Har muslimning har vasfi muslim bo’lmoq vojib ekan, xorijan har dam voqe`, sobit emasdir.
Xuddi shuning kabi: Har kofirning har vasfi kofir bo’lmoq, kufridan nash`at etmoq yana lozim emasdir.
Har fosiqning har vasfi fosiq bo’lmoq, fisqidan nash`at etmoq, shuning kabi har dam sobit emasdir.
Demak bir kofirning muslim bo’lgan bir vasfi, muslimdagi lamashru` vasfiga g’olib bo’lar. Bilvosita, u kofir ham unga g’olibdir.
Ham dunyoda, hayotning haqqi shomil va umumiydir. U rahmati ommaning bir jilva-i ma`nodor, uning bir siri hikmati bor; kufr mone emasdir.
Uchinchi nuqta shudir: U Zoti Zuljalolning ikki vasfi kamoldan ikki Shar`iy tajalliy; vasfi irodadan kelgan mashiat ila taqdirdir,
U ham shar`i taqviniy... Vasfi Kalomdan kelgan shariati mashhura. Tashri`iy avomirga qarshi itoat, isyon
Qanday bo’lar. Xuddi shuning kabi taqviniy amrlarga itoat va isyon bo’lar. Birinchisi ko’pincha dori uxroda ko’rar,
Jazosi, savobi. Ikkinchisi ko’pincha dori dunyoda chekar, mukofot va jazoni. Masalan: Qanday sabrning mukofoti zafardir;
Tamballikning jazosi safolat. Shuning kabi, sa`yning savobi bo’lar sarvat. Sabotda ham g’alabadir mukofot. Zaharning azobi bir maraz, zaharga qarshi dorining savobi bir sihhatdir.
Аудио мавжуд эмас