So’zlar | LEMAAT | 476
(453-486)
Modda Riqqat Paydo Ettikcha, Hayot Shiddat Paydo Etar
Hayot asl, asosdir; modda unga tobedir, hamda uning ila qoimdir.
Bir mikroskopik hayvoncha besh tuyg’usi ila insonning tuyg’ularini muvozana etarsang, ko’rarsan; inson undan ne daraja buyuk bo’lsa, tuyg’ulari shu daraja unikidan past. U hayvoncha eshitar qardoshining ovozini.
Hamda ko’rar rizqini. Gar inson qadar kattalashsa, tuyg’ulari hayrat-fazo; hayoti shu`la-fashon; ru`yati ham barq-aso bir nuri osmoniy.
Inson, bir o’liklar yig’inidan bir zihayot emasdir. Balki da milliardlab zihayot hujayralaridan tarkib topgan va zihayot bir hujra-i insoniy.
اِنَّ اْلاِنْسَانَ كَصُورَةِ (يٰسۤ) كُتِبَتْ فِيهَا سُورَةُ (يٰسۤ) فَتَباَرَكَ اللهُ اَحْسَنُ الْخَالِقِينَ

* * *
Moddiyunlik Bir Vabo-i Ma`naviydir

Moddiyunlik bir vabo-i ma`naviy, basharga ham tuttirdi shu mudhish bir bezgakni(*). Hamda birdaniga urdirdi bir g’azabi Ilohiy, talqin hamda taqlid,
Tanqidga qobiliyati tavassu`ga nisbatan, u vabo ham etadi tavassu` va intishor. Talqinni fandan olmish, madaniyatdan taqlid.
Hurriyat tanqid bermish, g’ururdan zalolat chiqmish.
* * *
Vujudda Ishsizlik Yo’q. Ishsiz Odam Vujudda Adam Hisobiga Ishlar
Eng badbaxt siqintili istirob chekkan ishsiz bo’lgan odamdir; zero ki ishsizlik: Vujud ichida adam, hayot ichida mavtdir. Sa`y esa:
Vujudning hayoti, ham hayotning yaqazosidir albat!
* * *
Ribo Islomga Zarari Mutlaqdir
Ribo tanballik berar, shavqi sa`yni so’ndirar. Riboning eshiklari hamda uning joyi bo’lgan bu banklarning har dam foydasi esa, basharning eng yomon qismigadir; ular ham kofirlardir. Kofirlardagi foydasi eng yomon qismigadir, ular ham zolimlar.
Har dam zolimlardagi foydasi eng yomon qismigadir, ular ham safihlardir. Olami Islomga bir zarari mutlaqdir. Mutlaq bashar har dam rohatligi nazari shar`iyda yo’qdir; zero harbiy bir kofir hurmatsiz, ismatsizdir; dami hadardir har da............m.
* * *
(*)Qur`on, O’z O’zini Himoya Etib Hokimiyatini Davom Ettirajak
Bir zotni ko’rdimki umidsizlik ila mubtalo, badbinlik ila xasta edi. Dedi: Ulamo kamaydi, kammiyat kayfiyati. Qo’rqamiz dinimiz so’najak da bir zamon
Dedim: Qanday koinot so’ndirilmazsa, iymoni Islomiy ham so’nolmas. Shuning kabi, zaminning yuzida urilgan temir qoziqlar hukmida har on
Bo’lgan Islomiylik alomatlari, diniy minoralar, Ilohiy ma`badlar, shar`iy asarlar so’ndilirmasa, Islomiyat porlayajak on ba-on!..
Har bir ma`bad bir muallim bo’lmish tabiati ila atvorlarga dars berar. Har asar ham bittadan ustoz bo’lmishtir; uning lisoni holi etar talqini diniy; xatosiz, ham benisyon.
Har bir alomat bir domla-i donodir, ruhi Islomni doim nazarlarga dars beradi. Asrlarning o’tishi ila sababi istimrori zamon.
Go’yo jismlanmish anvori Islomiyat, alomatlari ichida. Go’yo tasallub etmish ziloli Islomiyat, ma`badlari ichida. Bittadan ustuni iymon.
-------------------------------------------------------
(*)Birinchi Jahon Urushiga ishora etar.
(*)O’ttiz besh sana avval yozilgan bu maqom bu sana yozilgan tarzini ko’rsatmoqda. Demak, Ramazon barakasi ila yozdirilgan bir navi g’aybiy xabardir.
Аудио мавжуд эмас