So’zlar | LEMAAT | 479
(453-486)
Keksaygancha zamon, Qur`on ham yosharadi. Ramzlari ham oydinlanar, tabiat va sabablar pardasini ham yirtar u xitobi Yazdoniy.
Nuri tavhidi, har dam har oyatdan sochilar. Shahodat pardasini g’ayb ustidan ko’tarar. Ulviyati xitobi diqqatga da`vat etar, u nazari insoniy.
Ki u lisoni g’aybdir; shahodat olami ila bizzot udir gaplashar. Shu unsurdan bu chiqar horiqo yangiligi bir ihota-i ummoniy!
Ta`nisi azhan uchun aqli basharga qarshi Ilohiy tanazzulot. Tanzilning uslubida tanavvu-i munisligidir mahbubi insu jinni.
Beshinchi Manba esa: Naql va hikoyalarida, sodiq xabarlarida asosiy nuqtalardan hozir mushohid kabi bir uslubi badi`-i pur-ma`oniy
Naql etib, basharni u ila tanbeh etar. Manquloti shulardir: Ixbori avvalinni, ahvoli oxirinni, asrori jahannam va jinonni.
Haqoiqi g’aybiya, ham asrori shahodat, saroiri Ilohiy, ravobiti kavniyga doir hikoyatidir hikoyati ayoni
Ki ne voqe` rad aylamish, na mantiq takzib etmish. Mantiq qabul etmasa rad ham qila ololmas. Samoviy kitoblarningki matmahi jihoni.
Ittifoqiy nuqtalarda musaddiqona naql etar. Ixtilofiy yerlarida musahhihona bahs etar. Bunday naqliy amrlar bir "Ummiy"dan suduri horiqo-i zamoni...
Oltinchi Unsur esa: Mutazammin va muassis bo’lmish Dini Islomga. Islomiyat misliga na moziy muqtadirdir, na istiqbol muqtadir; qidirsang zamon ila makonni!..
Arzimizning sanaviy, yavmiy doirasida shu hayti samoviydir; tutmish da aylantirar. Kurraga og’ir bosmish, ham yana unga minmish. Tashlamaydi isyonni.
Yettinchi Manba esa: Shu olti manbadan chiqqan anvori sitta, birdan etar imtizoj. Undan chiqar bir husn, bundan kelar bir hads, vosita-i nuroniy.
Shundan chiqqan bir zavqdir; zavqi i`joz bilinar, ta`biriga lisonimiz yetishmas. Fikr ham qusurlidir, ko’rinar da tutilmas u nujumi osmoniy.
O’n uch asr muddatga mayl-ut tahaddi bormish Qur`onning dushmanida, shavqi taqlid uyg’onmish Qur`onning ahbobida. Mana i`jozning bir burhoni...
Shu ikki mayli shadid ila yozilmishtir maydonda, millionlar ila kutubi arabiya, kelmishtir kutubxona-i vujudga. Ular ila Tanzili tusharsa bir mezoni
Muvozana etilsa, emas dono-i bi-mudoniy, hatto eng omi odam, ko’z quloq ila deyajak: Bular esa insoniy, shu esa osmoniy!
Hamda hukm etajak: Shu bularga o’xshamas, rutbasida bo’lolmas. Unday bo’lsa yo umumdan past; bu esa, bilbadoha ma`lum bo’lmish haqsizlik.
Unday bo’lsa, umumidan ustundir. Mazmunlari shu qadar zamonda, eshik ochiq, basharga vaqf etilmish; o’ziga da`vat etmish arvoh ila azhonni!
Bashar unda tasarruf, o’ziga ham mol etmish. Uning mazmunlari ila yana Qur`onga qarshi chiqmamish, hech bir zamon chiqolmas; o’tdi zamoni imtihoni.
Boshqa kitoblarga o’xshamas, ularga maqis bo’lmas; zero yigirma sana mobaynida munajjaman hojatlarga nisbatan nuzuli; mutafarriq mutaqoti`, bir hikmati Rabboniy.
Asbobi nuzuli muxtalif, mutabayin. Bir moddada savollar mutakarrir, mutafovit. Hodisoti ahkomi mutaaddid, mutag’ayyir. Muxtalif, mutafarriq nuzulining azmoni.
Holati talaqqiysi mutanavvi`, mutaxolif. Aqsomi muxotobi mutaaddid, mutabaid. G’oyoti irshodida mutadarrij, mutafovit. Shu asoslarga mustanid binoyi, ham bayoni,
Javobi, ham xitobi. Bu bilan ham barobar salosat va salomat, tanosub va tasonud, kamolini ko’rsatmish; mana uning shohidi: Fanni Bayon Ma`oni.
Qur`onda bir xossa bor; boshqa kalomda yo’qdir. Bir kalomni eshitsang, asl sohibi kalomni orqasida ko’rarsan, yo ichida toparsan. Uslub: Oyna-i insoniy.
Аудио мавжуд эмас