So’zlar | LEMAAT | 478
(453-486)
Hadis Der Oyatga: Senga Yetishmoq Mahol!
Hadis ila oyatni muvozana etarsang, bilbadoha ko’rarsan basharning eng balig’i, vahiyning ham muballig’i, u ham balig’ bo’lmas
Balog’ati oyatga. U ham unga o’xshamas. Demakki: Lisoni Ahmadiydan kelgan har bir kalom har dam uning bo’lolmas.
* * *
Ijoz Ila Bayon I`jozi Qur`on
Bir zamon tushda ko’rdimki: Ararat Tog’i ostidaman. Birdan u tog’ portladi, tog’ kabi toshlarni olamga tarqatdi, tebratti jahonni.
Birdan bir odam yonimda paydo bo’ldi. Dediki: Ijoz ila bayon et, ijmol ila ijoz et, bilganing anvo-i i`jozi Qur`onni!
Hali tushda ekan ta`birini o’yladim, dedim: Shu yerdagi portlash, basharda bir inqilobga misol. Inqilobda esa albat hidoyati Furqoniy,
Har tarafda yuksalib hamda hokim bo’lajak. I`jozining bayoni, zamoni ham kelajak! U sailga javoban dedim: I`jozi Qur`oniy,
Yetti kulliy manbalardan tajalliy, ham yetti unsurlardan tarkib topar. Birinchi Manba: Lafzning fasohatidan salosati lisoni
Nazmning jazolatidan, ma`no balog’atidan, mafhumlarning badoatidan, mazmunlarning baroatidan, uslublarning g’arobatidan birdan tavallud etgan bariqa-i bayoni.
Ular ila bo’ldi mumtazij, mizoji i`jozida ajib bir naqshi bayon, g’arib bir san`ati lisoni. Takrori hech bir zamon zeriktirmas insonni.
Ikkinchi Unsur esa: Umuri kavniyada g’aybiy bo’lgan asoslar, Ilohiy haqoiqdan g’aybiy bo’lgan sirlardan, g’aybiyi osmoniy.
Moziyda yo’qolgan g’aybiy bo’lgan ishlardan, istiqbolda yashirin qolmish bo’lgan ahvoldan birdan ichiga olgan bir ilm-ul g’uyub xazinasi
Olam-ul g’uyub lisoni, shahodat olami ila gapiradi ruknlari, ramzlar ila bayoni, hadaf navi insoniy, i`jozning bir lam`a-i nuroniy...
Uchinchi Manba esa: Besh jihat ila horiqo bir jome`iyat bordir. Lafzida, ma`nosida, hukmlarda, ham ilmida, maqsadlarning mezoni.
Lafzi ichiga olar juda keng ehtimolot; ham vujuhi kasiraki, har biri nazari balog’atda mustahsan, arabiyacha sahih, siri tashri`yni loyiq ko’radi oniy.
Ma`nosida: Avliyolar mashrabi, oriflar zavqlari, soliklar mazhablari, mutakallimiyn tariqlari, hukamo yo’llari, u bayon i`jozini
Birdan ihota etmish, hamda tazammum etmish. Dalolatida vus`at, ma`nosida kenglik. Bu deraza ila boqsang, ko’rarsan ne kengdir maydoni!
Ahkomdagi isti`ob: Shu horiqo shariat undan bo’lmish istinbod, saodati daraynning butun dasturlarini, butun amniyat sabablarini.
Ijtimoiy hayotning butun robitalarini, tarbiya vosilalarini, ahvolining haqiqatlarini birdan tazammum etmish uning tarzi bayoni...
Ilmidagi istig’rok: Ham ulumi kavniya, ham ulumi Ilohiy, unda marotibi dalolat, rumuz ila ishorat, suralar surlarida jam etmish jinonni.
Maqsadlar va g’oyalarda: Muvozanat, ittirod, fitrat dasturlariga uyg’unlik, ittihod; to’la muro`at etmish, hifz aylamish mezonni.
Mana lafzning ihotasida, ma`noning vus`atida, hukmning isti`obida, ilmning istig’rokida, muvozana-i g’oyotda jome`iyati purshoni!..
To’rtinchi unsur esa: Har asrning daraja-i fahmiga, adabiy rutbasiga, ham har asrdagi tabaqotga, daraja-i iste`dod, rutba-i qobiliyat nisbatida etadi bir ifoza-i nuroniy.
Har asrga, har asrdagi har tabaqaga eshigi ochiq. Go’yo har damda, har yerda yangi nozil bo’ladi u Kalomi Rahmoniy.
Аудио мавжуд эмас