So’zlar | LEMAAT | 481
(453-486)
Ovrupazada adab bo’lsa faqd-ul ahbobdan, sohibsizlikdan nash`at etgan g’amli bir huzn beradi, ulviy huzn berolmas.
Zero garang tabiat, hamda bir ko’r quvvatdan ilhomona olgani bir hissi huznu g’amdor. Olamni bir vahshatzor tanir, boshqa tur ko’rsatmas.
U suratda ko’rsatar, hamda mahzunni tutar, sohibsiz ham bo’lib begonalar ichida qo’yar, hech bir umid qoldirmas.
O’ziga bergan shu hissi hayajon ila bora bora ilhodga qadar ketar, ta`tilga qadar yo’l berar, qaytishi mushkul bo’lar, balki ortiq qaytolmas.
Qur`onning adabi esa: Shunday bir huznni berarki, oshiqona huzndir, yetimona emasdir. Firoq-ul ahbobdan kelar, faqd-ul ahbobdan kelmas.
Koinotda nazari, ko’r tabiat o’rniga shuurli, ham rahmatli bir san`ati Ilohiy uning madori baxsi, tabiatdan bahs etmas.
Ko’r quvvatning o’rniga inoyatli, hikmatli bir qudrati Ilohiy unga madori bayon. Shuning uchun koinot, vahshatzor surat kiymas.
Balki muxotobi mahzunning nazarida bo’ladi bir jamiyati ahbob. Har tarafda tajovub, har tomonda tahabbub; unga siqinti bermas.
Har burchakda istinas, u jamiyat ichida mahzunni vaz etadi bir huzni mushtoqona, bir hissi ulviy berar, g’amli bir huznni bermas.
Ikkisi bittadan shavqni ham berar: U begona adabning bergani bir shavq ila nafs tushar hayajonga, havas bo’lar munbasit; ruhga faroh berolmas.
Qur`onning shavqi esa: Ruh tushar hayajonga, shavqi maaliy berar. Xullas bu sirga binoan, Shariati Ahmadiya (S.A.V) lavhiyotni istamas.
Ba`zi olati lavhni harom etib, bir qismni halol deya izn berib.. Demak huzni Qur`oniy yoki shavqi Tanziliy bergan olat, zarar bermas.
Agar huzni yetimiy yoki shavqi nafsoniy bersa, olat haromdir. Almashar shaxslarga ko’ra, harkas bir-biriga o’xshamas.
* * *
Shoxlar Mevalarni Rahmat Nomiga Taqdim Etadi
Shajara-i xilqatning shoxlari har tarafda ne`mat mevalarini ziruhning qo’llariga zohiran uzatadi.
Haqiqatda bir dasti rahmat, bir dasti qudratdirki, u mevalarni, u shoxlari ichida sizlarga uzatadi.
U dasti rahmatni, siz ham shukr ila o’ping. U dasti qudratni ham minnat ila taqdis etingiz...
* * *
Fotihaning Oxirida Ishora Qilingan Uch Yo’lning Bayoni
Ey birodari pur amal! Xayolingni qo’lga ol, men bilan barobar kel. Xullas bir zamindamiz, atrofiga qaraymiz; kimsa ham ko’rmas bizni.
Chodir tirgaklari hukmida yuksak tog’lar ustida qorong’u bir bulut tabaqasi otilmish, ham u ham qoplamish zaminimizning yuzi.
Munjamid bir saqf bo’lmish, faqat osti yuzi ochiqmish, u yuz Quyosh ko’rarmish. Xullas bulut ostidamiz, siqadi zulmat bizni.
Siqinti ham bug’adi; havosizlik o’ldirar. Hozir bizga uch yo’l bor: Bir olami ziyodor, bir karra ko’rgandim bu zamini majoziy.
Ha, bir karra bu yerga ham kelmishim, uchovida boshqa-boshqa ketmishim. Birinchi yo’li budir: Aksari bu yerdan ketar; u ham davri olamdir, sayohatga tortar bizni.
Mana biz ham yo’ldamiz, bunday piyoda boramiz. Boq shu sahroning qum daryolariga, qanday hiddat sochmoqda, tahdid etmoqda bizni!
Boq shu daryoning tog’voriy to’lqinlariga! U ham bizga g’azablanar. Mana Alhamdulillah boshqa yuzga chiqdik; ko’ramiz Quyosh yuzi.
Аудио мавжуд эмас