So’zlar | LEMAAT | 483
(453-486)
Haqiqiy Butun Alam Zalolatda, Butun Lazzat Iymondadir
Xayol Libosini Kiymish Muazzam bir Haqiqat
Ey yo’ldoshi xushdor! Siroti mustaqimning u maslaki nuroniy, mag’dub va dallinning u tariqi zulmoniy, tom farqlarini ko’rmoq agar istarsang ey aziz,
Kel vahmingni qo’lga ol, xayol ustiga ham min, hozir sen ila boramiz zulmati adamga. U mazori akbarni, u shahri pur-amvotni bir ziyorat etamiz.
Bir Qodiyri Azaliy, o’z dasti qudrat ila bu zulmat qit`adan bizni tutdi chiqardi, bu vujudga mindirdi, yubordi shu dunyoga; shu shahri be-lazoiz.
Xullas hozir biz keldik shu olami vujudga, u sahro-i hailga. Ko’zimiz ham ochildi, shish jihatda biz boqdik; avval isti`tofkorona oldimizga qaraymiz.
Ammo musibatlar, alamlar oldimizda dushmanlar kabi hujum etar. Undan qo’rqdik, chekindik. Chapga o’ngga, tabiat unsurlariga qaraymiz, undad madad kutamiz.
Ammo biz ko’rmoqdamizki, ularning qalblari qattiq, marhamatsiz. Tishlarini bilarlar, hiddatli ham boqarlar; na noz tinglar, na niyoz!
Chorasiz odamlar kabi ma`yusona nazarni yuqoriga ko’tardik. Ham istimdodkorona ko’k jismlariga qaraymiz; juda dahshatli tahdidkor ham ko’ramiz.
Go’yo bittadan zambarak o’qi bomba bo’lmishlar, zovurlardan chiqmishlar, ham atrofi fazoda juda tez o’tarlar, har qandayki ular bir-biriga tegilmas.
Gar birisi yo’lini qazo bo’lib bir adashtirsa, al iyazu billah, shu olami shahodat o’ti ham portlayajak. Tasodifga bog’liqdir; bundan ham xayr kelmas.
Ma`yusona nazarni u jihatdan o’girdik, azobli hayratga tushdik. Boshimiz ham egildi, siynamizda saqlandik, nafsimizga qaraymiz. Mutolaa etamiz.
Xullas eshitamiz: Bechora nafsimizdan minglab hojatlarning na`ralari kelmoqda. Minglab ehtiyojlarning ingrashlari chiqmoqda. Tasallini kutarkan tavahhush etmoqdamiz.
Undan ham xayr kelmadi. Juda iltijokorona vijdonimizga kirdik; ichiga qaraymiz, bir chorani kutamiz. Eyvoh! Yana topmayotirmiz; biz madad berishimiz kerak.
Zero unda ko’rinar minglab umidlari, g’alayonli orzular, hayajonli hissiyot, koinotga uzangan. Har biridan titraymiz, hech yordam etolmaymiz.
U orzular siqishmishlar vujud-adam ichida; bir tarafi azalga, bir tarafi abadga uzanib ketmoqdalar. Shunday kengliklari bor; gar dunyoni yutarsa u vijdon ham to’q bo’lmas.
Xullas bu azobli yo’lda qayerga bir bosh urdik, unda bir balo topdik. Zero mag’dub va dallin yo’llari bunday bo’lar. Tasaduf va zalolat u yo’lda nazar-andoz.
U nazarni biz toqdik, bu holga bunday tushdik. Hozir ham holimizki mabda` va ma`adi, ham Sone` va ham hashrni vaqtinchalik unutganmiz.
Jahannamdan battardir, undan yanada muhriqdir, ruhimizni ezadi. Zero u shish jihatdanki ularga bosh urdik. Shunday holat olganmiz.
Ki qilinmish u holat, ham xavf ila dahshatdan, ham ajz ila titrashdan, ham mashaqqat va vahshatdan, ham yutm va ham ya`sdan murakkab vijdon-suz.
Hozir har jihatga muqobil bir japhani olamiz, da`figa urinamiz. Avval qudratimizga murojaat etamiz, vo asafo ko’ramiz.
Ki ojiza zaifa. Soniyan: Nafsda bo’lgan hojotning susishiga tavajjuh etamiz. Vo asafo turmasdan baqirarlar ko’ramiz.
Solisan: Istimdodkorona, bir xaloskori uchun baqirar, chaqiramiz, na kimsa eshitadi, na javobni beradi. Biz xam o’ylaymiz:
Har bir narsa bizga dushman, har bir narsa bizdan g’arib. Hech bir narsa qalbimizga bir tasalli bermaydi; hech amniyat baxsh etmas, haqiqiy zavqni bermas.
Robian: Biz samo jismlariga boqdikcha, ular nazarga berar bir xavf ila dahshatni. Ham vijdonning muz`iji bir tavahhush keladi: Aql-suz, avhom-soz!
Xullas ey birodar! Bu zalolatning yo’li, mohiyati shundaydir. Kufrdagi zulmatni bu yo’lda tamom ko’rdik. Hozir da kel qardoshim, u adamga qaytamiz.
Аудио мавжуд эмас