So’zlar | LEMAAT | 480
(453-486)
Ey saili misoliy! Sen ki ijoz istading, men ham ishora etdim. Agar tafsil istarsang, haddimning xorijida!.. Chivin sayr etmas osmonni.
Zero u qirq anvo-i i`jozidan yolg’iz birginasiniki, jazolati nazmiydir;
Ishorat-ul I`jozda siqishmadi tibyoni.
Yuz sahifa tafsirim unga kofiy kelmadi. Sen kabi ruhoniy ilhomlari ziyoda. Men istayman sendan tafsil ila bayonni

اولاشماز دست أدب غرب هوسبار هواكار دهادار
دأب أدب أبد مدت قرآن ضيابار شفاكار هدادار
Komiliyn insonlarning yuksak zavqlarini xushnud etgan bir holat, bolacha bir havasga, safihcha bir tabiat sohibiga xush kelmas,
Ularni ovuntirmas. Bu hikmatga binoan, bir zavqi sufliy, safih, ham nafsiy va shahvoniy ichida tom ozuqlanmish, zavqi ruhiyni bilmas.
Ovrupadan tarashshuh etmish shu hozir adabiyot romanvoriy nazar ila, Qur`onda bo’lgan latoifi ulviyat, hashamatli vasflarni ko’rolmas, ham totolmas.
O’zidagi mihaqni unga ayar etolmas. Adabiyotda bordir uch maydoni javalon; ular ichida kezar, xorijiga chiqolmas:
Yo ishq ila husndir, yo hamasat va shahamat, yo tasviri haqiqat. Xullas, begona adab bo’lsa hamasat nuqtasida haqparastlikni etmas.
Balki zolim navi basharning g’addorliklarini olqishlamoq ila quvvatparastlik hissini talqin etar. Husn va ishq nuqtasida, ishqi haqiqiy bilmas.
Shahvat-angiz bir zavqni nafslarga ham zark etar. Tasviri haqiqat moddasida, koinotga san`ati Ilohiy suratida boqmas,
Bir sibg’a-i Rahmoniy suratida ko’rolmas. Balki tabiat nuqtasida tutar, tasvir etadi, ham undan ham chiqolmas.
Shuning uchun talqini ishqi tabiat bo’lar. Moddaparastlik hissi, qalbda ham yerlashtirar, undan osoncha o’zini qutqarolmas.
Yana undan kelgan, zalolatdan nash`at etgan ruhning iztirobotiga u adabsizlanmish adab (musakkin ham munavvim); haqiqiy foyda bermas.
Yagona dorini topmish, u ham romanlari emish. Kitob kabi bir hayyi mayyit, kino kabi bir mutaharrik amvot! Mayyit hayot berolmas.
Ham teatr kabi tanasuxvoriy, moziy deyilgan keng qabrning arvohlari kabi shu uch navi romanlari ila hech ham uyalmas.
Basharning og’ziga yolg’onchi bir til qo’ymish, ham insonning yuziga fosiq bir ko’z toqmish, dunyoga bir alifta fistonini kiydirmish, husni mujarrad tanimas.
Quyoshni ko’rsatsa, sariq sochli go’zal bir aktrisani qoriga ixtor etar. Zohiran der: "Safohat yomondir, insonlarga yarashmas."
Zararli natijani ko’rsatar. Holbuki safohatga shunday mushavviqona bir tasvirni qilarki, og’iz suvin oqitar, aql hokim qololmas.
Ishtahani qabartir, havasni hayajonlantirar, his ortiq so’z tinglamas. Qur`ondagi adab bo’lsa havoni qorishtirmas.
Haqparastlik hissi, husni mujarrad ishqi, jamolparastlik zavqi, haqiqatparastlik shavqi berar; hamda aldatmas.
Koinotga tabiat jihatida boqmaydi; balki bir san`ati Ilohiy, bir sibg’a-i Rahmoniy nuqtasida bahs etar, aqllarni chalkashtirmas.
Ma`rifati Sone`ning nurini talqin etar. Har narsada oyatini ko’rsatar. Har ikkisi shafqatli bittadan huzun ham beradi, faqat bir-biriga o’xshamas.
Аудио мавжуд эмас