So’zlar | LEMAAT | 477
(453-486)
Go’yo jasadlanmish ahkomi Islomiyat, asarlari ichida. Go’yo toshlashmish arkoni Islomiyat, olamlari ichida. Bittadan ustuni olmos. Uning ila bog’liqdir zamin ila osmon.
Xususan bu Qur`oni xatibi mo’`jiz-bayon; doimo takror etar bir xutba-i azaliy, aqtori Islomiyda qolmamish hech ham bir qishloq, ham yana hech bir makon;
Nutqini tinglamasin, ta`limni eshitmasin. اِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ siri ila hofizlikdir juda ham buyuk bir rutba. Tilovat esa, ibodati insu jin.
Uning ichida ta`lim, ham musallamotni tazkir. Zamonning takrorlanishi ila nazariyot, o’zgarar musallamotga ham qaytar badihiyotga. Istamas ortiq bayon.
Zaruriyati diniy, nazariyotdan chiqib zaruriyat bo’lmishtir. Tazkir esa kofiydir. Ixtor esa vafiydir. Shofiydir har dam Qur`on.
Ixtorga, ham tazkirga, shu intibohi Islom, ham ijtimoiy yaqazo har biriga beradi: Umumga oid bo’lgan daloil va ham mezon.
Modom ijtimoiy hayot Islomda boshlamishtir; har birining iymoni o’ziga maxsus bo’lgan dalilga munhasiran emas; mustanid vijdon.
Balki jamoatning qalbida cheksiz sabablarga ham etar istinod.
Hatto joyi diqqatdir: bir mazhabi zaifi, murur ettikcha zamon, ibtoli mushkul bo’lar. Qayerda qoldiki Islom, vahiy ila fitrat kabi, ikki metin asosga ham istinod etmishtir; ham bu qadar asrlarda nufuzona hukmron!..
Quvvatli asoslari ila, yaqqol asarlari ila kurraning yarmi ila iltihom paydo etmish, bir ruhi fitriy bo’lmish; qanday kusufga kirar.. kusufdan chiqmish shu on!
Faqat maataassuf, ba`zi mahmadona kofirlar, safsatali odamlar shu qasri oliyning metin asoslariga yopishar topgancha imkon.
Ularni silkitar. Asoslarga yopishilmas, ular ila o’ynanilmas, jim bo’lsin hozir dinsizlik! Iflos etdi u yaramas. Basdir tajriba-i kufron va yolg’on.
Bu olami Islomning olami kufrga qarshi eng oldingi darvozasi shu dorulfunun edi. Loqayd va g’aflatlik ila hasmi tabiat-ilon
Raxnani ochdi jabhaning orqasida, dinsizlik hujum etdi, millat ancha silkindi. Eng oldingi darvoza, Islomiyat ruhi ila tanavvur etmish jinon.
Eng mutasallib bo’lishi, eng mutayaqqiz bo’lishi kerak yoxud uning joyi bo’lmasligi kerak, Islomni aldatmasligi kerak. Iymonning yeri qalbdir; miya esa bo’ladi ma`kasi nuri iymon.
Ba`zan da mujohiddir, ba`zan farroshdir, miyada vasvasalar, ham juda ko’p ehtimollar qalb ichiga kirmasa, tebranmas iymon, vijdon.
Bo’lmasa ba`zilarning o’yicha iymon miyada bo’lsa; ruhi iymon bo’lgan haqqalyaqiynga, ehtimoloti kasira bo’lar bittadan hasmi beomon.
Qalb ila vijdon mahalli iymon. Hads ila ilhom dalili iymon.
Bir hissi sadis; tariqi iymon... Fikr ila miya qorovuli iymon.
* * *
Ta`limi Nazariyotdan Ziyoda Tazkiri Musallamotga Ehtiyoj Bor
Zaruriyati diniy, musallamoti Shar`iy; qalblarda hosildir, ixtor ila huzurni, tazkir ila idrokni.
Matlub ham hosil bo’lar. Ibora-i Arabiy(*) yanada ulviy etadi tazkirni, ham ixtorni.
Shuning uchun Jumada xutba-i Arabiya, zaruriyatni ixtor, musallamotni tazkir, maalkifoya bo’lar uning tarzi tazkiri.
Nazariyotni ta`lim unda maqsud emasdir; ham Islomning vahdoniy siymosida shu Arabiy ibora bir naqshi vahdatdir; qabul etmas taksirni.
* * *
---------------------------------------------------------------
(*)O’n sana so’ngra kelgan bir hodisani his etmish, muqobalaga harakat qilmish.
Аудио мавжуд эмас