So’zlar | LEMAAT | 474
(453-486)
Ba`zan ikki shariat amrlari, bir narsada barobar to’plangandir. Har biriga bir jihat... Demak taqviniy amrga itoatki bir haqdir.
Itoat g’olib bo’lar, u amrning isyoniga ki bir botil vaziyatdir. Bir botilga vasila bo’lmish esa bir haq, qachonki g’olib bo’lsa
Bir botilgaki, bo’lmish u ham vasila-i haq. Bilvosita bir haqning bir botilga mag’lubdir. Faqat bizzot emasdir.
Demak "Al-haqqu ya`lu" bizzot demakdir. Ham oqibat muroddir, qaydi haysiyat maqsuddir. To’rtinchi nuqta shudir:
Bir haq bilquvva qolmish, yoxud quvvatsiz qolmish, yo mahlutdir, ham mahshush. Unga ham bir inkishof, yo bir yangi quvvat bermoq lozim kelmishtir.
Muhazzab va muzahhab qilmoq uchun, vaqtinchalik botil unga musallat, to ki sobiqa-i haq ne miqdor luzum bordir
To mahz va xolis chiqsin. Mabadi`da, dunyoda botil etsa g’alaba, faqat qozonmas harbni. "Aqibat-ul muttaqiyn" unga urar bir zarba!
Xullas botil mag’lubdir. "Al-haqqu ya`lu" siri uni urar jazoga; xullas haq ham g’olibdir.
* * *
Bir Qism Ijtimoiy Dasturlar
Ijtimoiy hay`atda dasturlarni istarsang: Tengsiz adolat, avvalo adolat emas. Tamosul esa, zidlikning muhim bir sababidir.
Uyg’unlik esa tasonudning asosi. Sig’ori nafsdir takabburning manbai. Za`fi qalbdir g’ururning manbai. Bo’lmish ajz, muxolafat asosi. Qiziqish esa ilmga xo’jadir.
Ehtiyojdir taraqqiyning ustozi. Siqintidir muallima-i safohat. Demak safohatning sababi siqinti bo’lmish. Siqinti esa manbai: Ya`s ila sui zondir,
Zalolati fikriydir, zulumoti qalbiydir, isrofi jasadiydir.
* * *
Xotinlar Inlaridan Chiqib Basharni Yo’ldan Chiqarmish, Inlariga Qaytishlari Kerak
اِذاَ تَاَنَّثَ الرِّجَالُ السُّفَهَاۤءُ بِالْهَوَسَاتِ اِذاً تَرَجَّلَ النِّسَاۤءُ النَّاشِزاَتُ بِالْوَقَاحَاتِ
Mimsiz madaniyat, toifa-i nisoni inlardan uchirmish, hurmatlarni ham sindirmish, arzon mato qilmish. Shar`i Islom ularni
Rahmatan da`vat etar eski inlariga. Hurmatlari u yerda, rohatlari uylarda, oila hayotida. Tozalik ziynatlari.
Hashamatlari, husni xulq; lutfi jamoli, ismat; husni kamoli, shafqat; ovunchog’i, bolasi. Buncha asbobi ifsod, temir-sabot qarori
Lozimdir to tayansin. Bir majlisi ihvonda go’zal xotin kirdikcha riyo ila raqobat, hasad ila xudgamlik o’ynatar tomirlarni!
Yotmish bo’lgan havasot, birdaniga uyg’onar. Toifa-i nisoda sarbasti inkishofi, sabab bo’lmish basharda axloqi sayyianing birdaniga inkishofi. Shu madaniy basharning badjahl ruhida, shu suratlar deyilgan kichik janozalarning, kulimsiragan mayyitlarning rollari juda azimdir; ham mudhishtir ta`siri.(*) Mamnu` haykal, suratlar: Yo zulmi mutahajjir, yo jasadlashgan riyo, yo muzlagan havasdir. Yo tilsimdir: Jalb etar u fasodchi arvohlarni.
* * *
--------------------------------------------------
(*)Qanday mayyita bir xotinga nafsoniy nazar ila boqmoq nafsning dahshat ila pastkashligini ko’rsatar. Xuddi shuning kabi, rahmatga muhtoj bir bechora mayyitaning go’zal tasviriga ishtahali bir nazar ila boqmoq ruhning hissiyoti ulviyasini so’ndirar.
Аудио мавжуд эмас