So’zlar | LEMAAT | 475
(453-486)
Tasarrufi Qudratning Vus`ati Vositalar Va Muinlarni Rad Etar
U Qodiyri Zuljalol; tasarrufi qudrati ta`siri kengayishi nuqtasida bo’ladi shamsimiz zarra-misol
Navi vohidda bo’lgan tasarrufi azimi masofasi kengdir. Ikki zarra orasida jozibani qo’lga ol;
Bor da to Shamsushshumus va Kahkashon mobaynidagi jozibaning yonida qo’y. Yuki bir qor donasi bir malak, shamsni qo’lga olmish bir shams-misol malakning yoniga keltir. Igna qadar bir baliqni, kit balig’ni ham yon yonga qoldir. U Qodiyri Azaliyi Zuljalol
Tajalliyi vase`i, asg’ardan to akbarga itqoni mukammalni birdan tasavvurga ol. Joziba va navomus, vasoili pur-sayyol
Kabi urfiy amrlar; tajalliyi qudratga, tasarrufi hikmatga bittadan ism bo’lishi.. udir yolg’iz maol.
Boshqa maoli bo’lmas, barobar ham bir o’yla; bilasan albattaki: Haqiqiy sabablar, misoliy vositalar,
Muinlar, ham sheriklar bittadan amri botildir, bittadan xayoli mahol, u qudrat nazarida. Hayot vujudga kamol,
Maqomi buyuk, muhimdir; bunga binoan derim: Kurramiz, olamimiz nedan mute, musahhar bo’lmasin hayvon-misol.
U Sultoni Azalning bu tarz hayvon qushlari kasrat ila yoyilgandir shu maydoni fazoda, muhtasham va pur-jamol.
Bo’stoni xilqatida solmish da aylantirar, ulardagi ohanglar, bulardagi harakatlar; tasbehotdir u so’zlar,
Ibodatdir u ahvol, Qadiymi Lamyazalga, Hakiymi Loyazalga. Kurramiz hayvonga juda o’xshaydi, hayot asarlarini ko’rsatadi. Agar tuxum qadar kichraysa bilfarzimahol,
Kichkina bir hayvon bo’lishi juda mumkin. Yumaloq bir mikrob, Kurra qadar kattalashsa, u ham bunday bo’lishi juda yaqin bir ehtimol.
Olamimiz inson qadar kichraysa; yulduzlari zarralar suratiga aylansa, bir zishuur hayvonga aylanishi joiz bo’lar, aql ham topar iqtidor.
Demak olam arkonlari ila bittadan obidi musabbih, bittadan mute musahhar Xoliqi Lamyazalga, Qodiyri Loyazalga.
Soncha buyuk bo’lishi, sifatcha buyuk bo’lishi har vaqt lozim kelmas; zero yanada jazolatlidir soati tariq-misol,
Bir soatdanki timsoli Avliyo Sofiya qadardir. Bir chivinning xilqati hayrat-fazodir fildan, u maxluqi befasal.
Gar qalami qudrat ila bir juz`iy fard ustiga efirning atomlari ila yozilsa bir Qur`onki, sig’ari sahifa nisbati bir kibri san`at maol
Sahifa-i samoda yulduzlar ila yozilgan bir Qur`oni Karimga jazolat ila teng. Naqqoshi Azaliyning san`ati har tarafda pur-jamol va pur-kamol.
Har tarafda bundaydir. Daraja-i kamolda qalamdagi ittihod tavhidni e`lon etar. Bu kalomi pur-maol; yaxshi bir diqqatga ol!
* * *
Malaklar Bir Ummatdir; Shariati Fitriya Ila Ma`murdir
Shariati Ilohiy ikkidir. Ham ikki sifatdan kelmish, ikki inson muxotob, hamda mukallaf bo’lmish. Sifati irodadan kelgan shar`i taqviniy.
Insoni akbar bo’lgan olamning ahvolini, hamda harakatini ki ixtiyoriy emas, tartiblagan shar`dir. U mashiati Rabboniy
Xato bir ta`bir ila tabiat ham deyilar. Sifati kalomidan kelgan shariat esa, olami asg’ar bo’lgan insonning af`olini,
Ki ixtiyoriy bo’lmish, tartiblagan shar`dir. Ikki shar` bir yerda ba`zan etar ijtimo. Maloika-i Ilohiy, bir ummati azima, ham bir jundi Subhoniy
Birinchi shar`ga bo’lmish hamala-i mumtasil, amala-i mumassil. Ham ulardan bir qismi ibodi musabbihdir. Bir qismi da mustag’raq, arshning muqorrabiyni.
Аудио мавжуд эмас