So’zlar | LEMAAT | 484
(453-486)
Takror yana kelamiz. Bu karra tariqimiz siroti mustaqimdir, ham iymonning yo’lidir. Dalil va imomimiz inoyat va Qur`ondir, shahbozi advor-parvoz.
Xullas, Sultoni Azalning rahmat va inoyati, qachon bizni istadi, qudrat bizni chiqardi, lutfan bizni mindirdi qonuni mashiatga: Atvor ustida pardoz.
Hozir bizni keltirdi, shafqat ila kiydirdi shu xil`ati vujudni, omonat rutbasini bizga tavjih ayladi. Nishoni niyoz va namoz.
Shu advor va atvorning bu uzun yo’limizda bittadan manzili nozdir. Yo’limizda tashilot uchundirki, qadardan bir amrnoma bermish, sahifada jabhamiz.
Har qayerga kelamiz, har qaysi toifaga musofir bo’lamiz, juda uxuvvatkorona istiqbol ko’rmoqdamiz. Molimizdan beramiz, mollaridan olamiz.
Tijorat muxabbati, ular bizni ozuqlantirarlar, hadyalar ila bezarlar, hamda kuzatarlar. Bora bora mana keldik, dunyo eshigidamiz eshitamiz ovoz.
Boq kirdik shu zaminga; oyog’imizni bosdik shahodat olamiga: Shahroniya-i Rahmon, shovqinxona-i inson. Hech bir narsa bilmaymiz, dalil va imomimiz mashiati Rahmondir. Vakili dalilimiz nozanin ko’zlarimiz. Ko’zlarimizni ochdik, dunyo ichiga soldik. Xotiriga kelarmi avvalgi kelishimiz?
G’arib, yetim bo’lmishtik; dushmanlarimiz ko’pdi, bilmasdik homiymizni. Hozir nuri iymon ila u dushmanlarga qarshi bir rukni metinimiz
Istinodiy nuqtamiz, ham hikoyakorimiz daf etar dushmanlarni. U iymoni billohdirki ziyo-i ruhimiz, ham nuri hayotimiz, hamda ruhi ruhimiz.
Xullas qalbimiz rohat, dushmanlarga e`tibor bermas, balki dushman tanimas. Avvalgi yo’limizda, qachon vijdonga kirdik; eshitdik undan minglab faryodu fizor va ovoz.
Undan baloga tushdik. Zero istak, orzular, iste`dod va hissiyot; doim abadni istar. Uning yo’lini bilmasdik, bizdan yo’l bilmaslik, unda fizor va niyoz.
Faqat alhamdulilloh, hozir kelishimizda topdik nuqta-i istimdod, ki doim hayot berar u iste`dod, orzularga; to abad-ul-abadga ularni etar parvoz.
Ularga yo’l ko’rsatar, u nuqtadan iste`dod ham istimdod etadi, ham obi hayotni ichar, ham kamoliga yugurar; u nuqta-i istimdod, u shavq-angiz ramzu noz.
Ikkinchi qutbi iymonki: Tasdiqi hashrdir, saodati abadiy; u sadafning javhari iymon, burhoni Qur`on. Vijdon, insoniy bir roz.
Hozir boshingni ko’tar, shu koinotga bir boq, uning ila bir gaplash. Avvalgi yo’limizda juda mudhish ko’rinardi. Hozir esa mutabassim har tarafga kuladi, nozaninona niyoz va ovoz.
Ko’rmasmisan: Ko’zimiz ari-misol bo’lmishtir; har tarafga uchadi. Koinot bo’stonidir, har tarafda chechaklar, har chechak ham beradi unga bir obi laziz.
Ham unsiyat, tasalli, tahabbubni beradi. U ham olar keltirar; shahdi shahodat qilar. Asalda bir asal oqitar, u asror-angiz shahboz.
Harakoti ajromga, yo nujum, yo shumusga nazarimiz qo’ndikcha, qo’llariga berarlar Xoliqning hikmatini. Ham ibrat oynasini, ham jilva-i rahmatni olar etadi parvoz.
Go’yo shu Quyosh bizlar ila gapirmoqda: Der: "Ey qardoshlarim! Tavahhush ila siqilmangiz, xush keldingiz marhabo, xush tashrif ettingiz. Manzil sizning; men bir mumdori shaxnoz.
Men ham siz kabiman; faqat sof isyonsiz, mute bir xizmatkorman. U Zoti Ahadi Samadki mahzi rahmati ila xizmatingizga meni musahhari purnur etmish. Mendan harorat, ziyo; sizdan namoz va niyoz".
Аудио мавжуд эмас