So’zlar | LEMAAT | 485
(453-486)
Mana, boqing Qamarga! Yulduzlar ila dengizlar har biri da o’ziga maxsus bir lison ila: "Xush keldingiz marhabo!" derlar. "Xush keldingiz, bizni tanimaysizmi?"
Siri taovun ila boq, ramzi nizom ila tingla. Har biri aytmoqda: "Biz ham bittadan xizmatkor, rahmati Zuljalolning bittadan oynadorimiz; hech da xafa bo’lmangiz, bizdan siqilmangiz".
Zilzila na`ralari, hodisot faryodlari sizni hech qo’rqitmasin, vasvasa ham bermasin. Zero ular ichida bir zamzama-i azkor, bir damdama-i tasbeh, valvala-i nozu niyoz.
Sizni bizga yuborgan u Zoti Zuljalol, qo’llarida tutmishtir bularning tizginlarini. Iymon ko’zi o’qiydi yuzlarida oyati rahmat, har biri bittadan ovoz.
Ey mo’`mini qalbi xushyor! Hozir ko’zlarimiz bir parcha dam olsinlar, ularning badaliga hassos qulog’imizni iymonning muborak qo’liga taslim etamiz, dunyoga yuboramiz. Tinglasin laziz bir soz.
Avvalgi yo’limizda bir motami umumiy, ham vavaylo-i mavtiy deb o’ylangan u ovozlar, hozir yo’limizda bittadan navozu namoz, bittadan ovozu niyoz, bittadan tasbehga boshlash.
Tingla, havodagi damdama, qushlardagi jivjiva, yomg’irdagi zamzama, dengizdagi g’amg’ama, chaqmoqlardagi raqraqa, toshlardagi tiqtiqa bittadan ma`nodor navoz...
Tarannumoti havo, naaroti ra`diya, nag’amoti amvoj bittadan zikri azamat. Yomg’irning hazajoti, qushlarning sijoati bittadan tasbehi rahmat, haqiqatga bir majoz.
Ashyoda bo’lgan ovozlar, bittadan savti vujuddir: Men ham borman derlar. U koinoti sakit, birdan so’zni boshlaydi: "Bizni jonsiz o’ylama, ey insoni boshbo’g’oz!."
Qushlarni gapirtirar yo bir lazzati ne`mat, yo bir nuzuli rahmat. Boshqa-boshqa ovozlar ila, kichik og’izlari ila rahmatni olqishlarlar, ne`mat ustida inar, shukr ila etar parvoz.
Ramzan ular derlar: "Ey koinot qardoshlar! Ne go’zaldir holimiz: Shafqat ila boqilmoqdamiz, Holimizdan mamnunmiz. O’tkir tumshuqlari ila fazoga sochmoqdalar bittadan ovozi pur-noz.
Go’yo butun koinot yuksak bir musiqasidir, iymon nuri eshitar zikr va tasbehlarni. Zero hikmat rad etar tasodif vujudini, nizom esa tard etar ittifoqi avhom-soz.
Ey yo’ldosh! Hozir shu olami misoliydan chiqamiz, xayoliy vahimdan tushamiz, aql maydonida turamiz, mezonga tortamiz, etamiz yo’llarni bar-andoz.
Avvalgi aziyatli yo’limiz mag’dub va dallin yo’li, u yo’l berar vijdonga, to eng chuqur yeriga ham bir hissi aliymni, ham bir shiddatli alamni. Shuur uni ko’rsatar. Shuurga zid bo’lmishmiz.
Ham qutulmoq uchun ham muztar va ham muhtojmiz; yo u taskin etilsin, yo ihsos ham bo’lmasin; bo’lmasa tayanolmaymiz, faryodu fizor tinglanmas.
Hidoyat esa shifodir; havo ibtoli hisdir. Bu ham tasalli istar, bu ham tag’oful istar, bu ham mashg’uliyat istar, bu ham xushvaqtlik istar. Havasoti sehrboz.
Toki vijdoni aldatsin, ruhi tanvim etilsin, to alam his qilinmasin. Bo’lmasa u alami aliym, vijdonni ihroq etar; fizorga chidab bo’lmas, alami ya`s ko’tarilmas.
Demak siroti mustaqimdan naqadar uzoq tushsa, shu daraja nisbatan shu holat ta`sir etar, vijdonni baqirtirar. Har lazzatning ichida alami bor, bittadan iz.
Demak havas, havo, xushvaqtlik, safohatdan qo’shilgan bo’lgan shashaa-i madaniy, bu zalolatdan kelgan shu mudhish siqintiga bir yolg’onchi malham, uxlatuvchi zahar-boz.
Ey aziz arqadoshim! Ikkinchi yo’limizda, u nuroniy tariqda bir holatni his etdik; u holat ila bo’ladi hayot, ma`dani lazzat. Alamlar bo’lar lazzatlar.
Uning ila buni bildikki mutafovit darajada, quvvati iymon nisbatida ruhga bir holat berar. Jasad ruh ila multazdir, ruh vijdon ila mutalazziz.
Аудио мавжуд эмас