So’zlar | LEMAAT | 486
(453-486)
Bir saodati ajila, vijdonda joylashgandir; bir firdavsi ma`naviy, qalbida yerlashtirilgandir. O’ylash ila yashinarlar; shuur esa, shiori roz.
Hozir naqadar qalb tanbeh etilirsa, vijdon tahrik etilsa, ruhga his ettirilsa; lazzat ziyoda bo’lar, hamda bo’lar otashi nur, qishi yoz.
Vijdonda firdavslarning eshiklari ochilar, dunyo bo’lar bir Jannat. Ichida ruhlarimiz, etar parvozu pardoz, bo’lar shahbozu shahnoz, yelpar namozu niyoz.
Ey aziz yo’ldoshim! Hozir Allohga topshirdik. Kel, barobar bir duo etamiz, so’ngra esa ko’rishguncha ayrilamiz... اَللّٰهُمَّ اهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَقِيمَ، اٰمِينَ

* * *
Anglikan Cherkoviga Javob
Bir zamon beomon Islomning dushmani, siyosiy bir dassos, yuksakda o’zini ko’rsatmoq istagan vasvasachi bir ruhoniy, dasisa niyati ila ham inkor suratida,
Hamda tomog’imizni panjasi ila siqqan bir alamli zamonda juda orsizcha bir istihfom ila to’rt narsa so’radi bizdan.
Olti yuz kalima istadi. Surbetligiga qarshi: Yuziga "tuf!" demoq. Dasisasiga qarshi: qusmoq ila sukut etmoq, inkoriga qarshi da:
To’qmoq kabi sustiruvchi bir javob bermoq lozim edi. Uni muxotob etmam. Bir haqparast odamga bunday javobimiz bor. U dedi birinchida:
"Muhammad (Alayhissalotu Vassalam) dini nedir?" Dedim: Mana Qur`ondir. Arkoni sitta-i iymon, arkoni xamsa-i Islom asos maqsadi Qur`on. Der ikkinchisida:
"Fikr va hayotga nima bermish?" Dedim: "Fikrga tavhid, hayotga istiqomat. Bunga doir shohidim: فَاسْتَقِمْ كَمَا اُمِرْتَ ❊ قُلْ هُوَ اللّهُ اَحَدٌ
Der uchinchisida: "Hozirgi zahmatlar qanday davolanar?" Deyman: "riboning haromligi, ham zakotning farz bo’lishi ila. Bunga doir shohidim: يَمْحَقُ اللهُ الرِّبوٰا da.
وَاَحَلَّ اللّهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ الرِّبَوا ❊ وَاَقِيمُوا الصَّلَوةَ وَآتُوا الزَكَوةَ
Der to’rtinchisida: "Ixtiloli basharga ne nazar ila qaraydi?" Deyman: Sa`y asl asosdir. Sarvati insoniya zolimlarda to’planmas, saqlanmas qo’llarida.
Bunga doir shohidim:
لَيْسَ ِلْلاِنْسَانِ اِلاَّ مَا سَعَى ❊ وَالَّذِينَ يَكْنِزُونَ الذَّهَبَ وَالْفِضَّةَ وَلاَ يُنْفِقُونَهَا فِى سَبِيلِ اللّهِ فَبَشِّرْهُمْ بِعَذَابٍ اَلِيمٍ
* * *
Yuz mashaalloh bu javobga
Аудио мавжуд эмас