So’zlar | LEMAAT | 470
(453-486)
Ziyo zulmatga qarzdor, lazzat alamga madyun; sihhat marazsiz bo’lmas. Jannat bo’lmasa balki Jahannam azob bermas. Zamharirsiz bo’lmaydi... Gar zamharir bo’lmasa, u ham yondira olmas.
U Xalloqi Lamyazal, xalqi azdod ichida hikmatini ko’rsatdi. Hashamati etdi zuhur...
U Qodiyri Loyazal, jam`i azdod ichida iqtidorni ko’rsatdi. Azamat etdi zuhur. Modom u qudrati Ilohiy lozima-i zotiy bo’lar
U Zoti Azaliya, ham zarura-i noshia; unda ziddi bo’lolmas, ojizlik tahallul etolmas, unda marotib bo’lolmas, hamma narsaga nisbati bir, hech bir narsa og’ir bo’lmaydi.
U qudratning ziyosiga Quyosh qandil bo’lmishtir. Bu qandilning nuriga dengiz yuzi oyna, shabnamlarning ko’zlari bittadan oyna bo’lmishtir.
Dengizning keng yuzi, ko’rsatgani quyoshni peshona ajinidagi qatralar ham ko’rsatar, shabnamning kichik ko’zi yulduz kabi porlaydi.
Ayni huviyat tutar; shabnam, dengiz bir bo’lar Quyoshning nazarida, qudratni tanzir etar; shabnamning ko’z qorachig’i kichkina bir Quyoshdir.
Shu muhtasham Quyosh ham kichkina bir shabnamdir; ko’z qorachig’i bir nurdirki shamsi qudratdan kelar, u qudratga qamar bo’lar.
Samovot bir dengizdir; bir nafasi Rahmon ila peshona ajinlarida mavjlanib, qatralarki yulduzlar va ham shamslardir.
Qudrat tajalliy etdi, u qatralarga sochdi nuroniy yog’dularni. Har bir quyosh bir qarta, har bir yulduz bir shabnam, har bir yog’du timsoldir.
U fayzi tajalliyning kichkina bir aksidir u qatra-misol quyosh. Etar porloq shishasini u mayin uchqun shisha dur misol porlaydi
U shabnam misol yulduz latif ko’zi ichida, bir yer qilar yog’duga, yog’du bo’lar bir siroj, ko’zi bo’lar shisha, chirog’i nurlanadi.
* * *
MaziyatingBo’lsa Yashirin Tuprog’ida Qolsin; Toki Nashvu namo Topsin
Ey zixossa-i mashhura! Taayyun ila zulm etma, gar xufyon parda ostida sen qolsang, ihvoningga berarsan ehson va barakotni.
Har bir ihvonning ostida sen chiqishi, hamda u sen bo’lishi imkon va ehtimoli, har biriga jalb etar bir nazari hurmatni.
Agar taayyun etib parda ostidan chiqsang, mukrim ekan ostida; ustida zolim bo’larsan. Quyosh ekan u yerda; bu yerda soya etasan.
Ihvoningni tushirtirib ham nazari hurmatdan. Demak taayyun va tashahhus, zolim bittadan amrdir, sahih to’g’ri bunday esa, hamda bunday ko’rarsan.
Qayerda qoldi yolg’onchi tasannu` va riyo ila kasbi tashahhusi shuxrat? Xullas bir siri azimki hikmati Ilohiy, ham u nizomi ahsan
Bir fardi favqulodda, o’z navi ichida satr ila parda tortar, bu bilan qiymat berdirar, hamda etar mustahsan.
Mana senga misoli: Inson ichida valiy, umr ichida ajal bo’lmish majhul va muhmal. Jumada yashirindir bir soat, qabul bo’lar duo etarsang.
Ramazonda muntashir bir layla-i zu-qodir, asmoyi husnada yashirin iksiri ismi a`zam. Bu misollarning hashamati, hamda u siri hasan
Ibhomda izhor etar, ixfoda isbot etar. Masalan: Ajalning ibhomida bir muvozana bordir; har daqiqada tutar ne vaziyat olarsang.
Xavfu umid muvozanasi, dunyo va oxirat xizmati; baqoga oid qo’rquv umr lazzatini berar. Yigirma yil mubham bir umr bo’lsa ahsan
oxiri muayyan ming yillik bir umrga. Zero yarmi o’tsa, har soati kelgancha go’yo qadam otib doryog’ochiga borasan.
Asta asta qayg’urmoq.. vahm ham tasalli bermas, sen ham rohat etmaysan...
* * *
Аудио мавжуд эмас