So’zlar | LEMAAT | 467
(453-486)
O’zi bergan molidan, qirqidan yo o’nidan birini zakot istadi.
Baxillik ila ham zulm etdik, haromni qorishtirdik, ixtiyor ila bermadik.
U ham bizdan oldirdi yig’ilmish zakotni, haromdan ham qutqardi. Amal, jinsi jazodir. Jazo, jinsi amaldir. Solih amal ikkidir:
Biri musbat va ixtiyoriy, biri manfiy majburiy. Butun alam, falokatlar, amali solihadir; lekin manfiydir, majburiy. Hadis tasalli berdi.
Bu millati gunohkor qoni ila obdast oldi. Fe`liy bir tavba etdi. Mukofoti ajila, shu millatning beshdan biri to’rt millionni chiqardi
Daraja-i valoyat, martaba-i shahodat ila g’oziylik berdi, gunohni tozaladi. Bu majlisi oliyi misoliy, bu so’zni tahsin etdi.
Men ham birdan uyg’ondim, balki yaqazo ila endi yotdim. Mencha yaqazo tushdir,
Tush bir navi yaqazodir. U yerda asring vakili, bu yerda Said-i Nursiy...
* * *
Jahl Majozni Qo’liga Olsa Haqiqat Qilar
Ilmning qo’lidan agar jahlning qo’liga tushsa majoz, etar inqilob haqiqatga, ham ochar hurofotga eshiklar.
Kichikligimda ko’rdimki hasf bo’lmishti Qamar. So’rdim men volidamdan. Dedi: "Ilon yutmishtir." Dedim: "Nedan ko’rinar?"
Dedi: "U yerda ilonlar bunday nim-shaffof bo’lar". Xullas bunday bir majoz haqiqat deb o’ylanmish: Madori Shams va Qamar
Kesishish nuqtalari bo’lgan bosh va dumga Yerning o’rtaga kirishi ila bir amri Ilohiy ila soyalanmish bo’lar Qamar.
Ikki qavsi mavhuma tinnineyn yod etilmish, xayoliy bir tashbeh ila ism, musammo bo’lmish. Tinnin esa ilondir.
* * *
Mubolag’a Zammi Zimniydir
Qaysi narsani vasf etsang bo’lgani kabi vasf et. Madhning mubolag’asi mencha zammi zimniydir.
Ehsoni Ilohiydan ortiq ehson ehson emasdir...
* * *
Shuhrat Zolimadir
Shuhrat bir mustabiddir, sohibiga mol etar boshqasining molini.
Mashhur Xo’ja Nasriddin latifasi ichida, zakotni -ya`ni, o’nda biri uningdir- asl moli...
Rustami Sistoniy uning xayoliy shoni taladi bir asr Eronning g’ururini. G’asbu g’arat ila shishdi u nomdor xayolni..
Xurufotga qorishdi, otdi navi insonni..
* * *
Din Ila Hayot Qabuli Tafriq Bo’lganini O’ylaganlar Falokatga Sababdirlar
Shu jon-turkning xatosi; bilmadi u bizdagi din hayotning asosi. Millat va Islomiyat boshqa-boshqa deb o’yladi.
Madaniyat mustamir, mustavli vahm ayladi. Saodati hayotni ichida ko’rar edi. Hozir zamon ko’rsatdi,
Madaniyat sitemasi(*) buzuq edi, ham zararli edi; tajriba-i qat`iya bizga buni ko’rsatdi.
Din hayotning hayoti, ham nuri, ham asosi. Ihyo-i din ila bo’lar shu millatning ihyosi. Islom buni angladi...
Boshqa dinning aksiga, dinimizga bog’liqlik darajasi nisbatan millatning taraqqiysi. Ihmoli nisbatida edi millatning tadanniysi. Tarixiy bir haqiqat, undan bo’lmish tanosi...
Аудио мавжуд эмас