So’zlar | LEMAAT | 464
(453-486)
Bir Majlisi Misoliyda
Shariat ila zamonaviy madaniyat, daho-i fanniy ila hidoyati shar`iy muvozanalari(Birinchi Jahon Urushining) Sulh boshida, bir Juma kechasida bir tushi sodiqada, misoliy olamida, bir majlisi azimda, mendan so’radilar:
"Mag’lubiyat so’ngida Islomning olamida ne hol paydo bo’lajak?" Asri hozir vakili sifati ila aytdim; ular ham tingladilar:
Eski zamondan beri istiqloli Islomning baqosi, ham Kalimatullohning i`losi uchun, farzi kifoya-i jihodi; u lozima-i diyonat
Bo’yniga olish ila, o’zini yakvujudi vahdoniy, Islomning olamiga fidoga vazifador, xalifalikka bayroqdor ko’rmish bo’lgan bu davlat,
Shu millati Islomning falokati moziysi, keltirajak da albat Islomning olamiga saodat va hurriyat. Bo’lar o’tgan musibat,
Istiqbolda qoplanajak. Uchni bergan, uch yuzni qozongan, etmaydi albatta hech hasorat. Holini istiqbolga tabdil etar, zihimmat...
Zero ki shu musibat; hayotimiz asosi bo’lgan shafqat, uxuvvat, tasonudi Islomni horiquloda etdi, inkishofi uxuvvat
Tersi-i ihtizozi. Taxribi madaniyat, daniyati hozira surati almashajak, tizimi buzilajak; zuhur etajak u vaqt,
Islomiy madaniyat. Musulmonlar istaklari ila albat avval kirajak. Muvozana istarsang: Shariat madaniyatini, hozirgi madaniyat
Asoslarga diqqat et, asarlarga nazar et. Hozirgi madaniyat asoslari manfiydir. Manfiy bo’lgan besh asos unga poydevor, ham qiymat.
Ular ila charx qurilar. Xullas nuqta-i istinod: Haqqa badal quvvatdir.
Quvvat esa, ishidir tajovuz va taarruz; bundan chiqar xiyonat.
Hadafi qasdi, fazilat badaliga qiymatsiz bir manfaatdir. Manfaatning ishidir adovat va xusumat; bundan chiqar jinoyat.
Hayotdagi qonuni taovun badaliga bir dasturi kurashdir. Kurashning ishi budir: Tanozu` va tadofu`; bundan chiqar safolat..
Qavmlar orasida robita-i asosi: Boshqaning zarariga muntabih irqchilik. Boshqalarni yutmoq ila ozuqlanar, olar quvvat.
Milliyati manfiya, irqchilik, millatchilik; ishi bo’lar doimo bunday mudhish tasodum, bunday fojiali talotum, bundan chiqar halokat.
Beshinchisi shudirki: Jozibador xizmati: Havo, havasni jasoratlantirmoq, osonlashtirmoq; havasotni, orzularni ham qondirmoq; bundan chiqar safohat.
U havo, ham havas, ishi budir doimo: Insonni mamsuh etar, siyratni almashtirar. Ma`naviy mash etadi, o’zgarar insoniyat.
Shu madaniylardan ko’pining, agar ichini tashqariga aylantirsang, ko’rarsan: Boshda maymun ila tulki, ilon ila ayiq, to’ng’iz. Siyrati bo’lar surat.
Kelar xayoli qarshiga, po’stlari ila soqollari. Xullas shu bilan ko’rinar maydondagi asarlari. Zamindagi mezonlar mezonidir shariat...
Shariatdagi rahmat, samo-i Qur`ondandir. Madaniyati Qur`on asoslari musbatdir. Besh musbat asos ustida aylanar charxi saodat.
Nuqta-i istinodi; quvvatga badal haqdir. Haqning doim ishidir adolat va muvozanat. Bundan chiqar salomat, zoil bo’lar shaqovat.
Hadafida manfaat o’rniga fazilatdir. Fazilatning ishidir muhabbat va tajozub. Bundan chiqar saodat, zoil bo’lar adovat.
Hayotdagi dasturi, urush qatl o’rniga, dasturi taovundir. U dasturning ishidir ittihod va tasonud; hayotlanar jamoat.
Аудио мавжуд эмас