So’zlar | LEMAAT | 461
(453-486)
Miyada Martaba-i Ilm Muxtalifdir, Multabis
Miyada marotib bor; bir-biri ila multabis, ahkomlari muxtalif. Avval taxayyul bo’lar, so’ngra tasavvur kelar,
So’ngra kelar taaqqul, so’ngra tasdiq etadi, so’ngra iz`on bo’ladi, so’ngra kelar iltizom, so’ngra e`tiqod kelar.
E`tiqoding boshqadir, iltizoming boshqadir. Har biridan chiqar bir holat: Salobat e`tiqoddan,
Taassub iltizomdan, imtisol iz`ondan, tasdiqdan iltizom, taaqqulda betaraf, bebahra tasavvurda.
Taxayyulda safsata hosil bo’lar, qo’shishga agar bo’lmas muqtadir. Botil narsalarni go’zal tasvir etmoq, har damda sof bo’lgan zehnlarni yaralashdir, ham ozdirish.
* * *
Hazm Bo’lmagan Ilm Talqin Etilmasligi Kerak
Haqiqiy murshidi olim qo’y bo’lar, qush bo’lmas. Hasbiy berar ilmini.
Qo’y berar qo’zisiga hazm bo’lmish musaffo sutini.
Qush beradi bolasiga luab-olud qaytini.
* * *
Taxrib Osondir, Zaif Taxribchi Bo’lar
Vujudi jumla-ajzo sharti vujudi kulldir. Adam esa bo’ladi bir juzning adami ila; taxrib oson bo’ladi.
Bundandirki: Ojiz odam, sababi zuhuri iqtidor musbatga hech yaqinlashmas. Manfiycha mutaharrik doim taxribkor bo’lar.
* * *
Quvvat Haqqa Xizmatkor Bo’lishi Kerak
Hikmatdagi dasturlar, hukumatda nomuslar, haqda bo’lgan qonunlar quvvatdagi qoidalar bir-biri ila bo’lmasa mustanid va mustamid:
Jumhuri nasda bo’lmas, na musmir va muassir. Shariatda shiorlar; qolar muhmal, muattal. Insonlar qonunlarida bo’lmas mustanid va mu`tamid.
* * *
Ba`zan Zid Ziddini Tazammun Etar
Zamon bo’lar zid ziddini saqlarmish. Lisoni siyosatda lafz ma`noning ziddidir. Adolat kulohini(*)
Zulm boshiga o’tqazmish. Hamiyat libosini xiyonat arzon kiymish.
Jihod va ham g’azotga isyon ismi toqilmish. Asorati hayvoniy, istibdodi shaytoniy; hurriyat nom berilmish. Zidlarda o’xshash bo’lmish, suratlarda tabaddul, ismlarda taqobul, maqomlarda bajoyishi makoniy.
* * *
Manfaatni Asos Tutgan Siyosat Jonivordir
Manfaat ustida charxi qurilmish bo’lgan siyosati hozira; muftarisdir, jonivor.
Och bo’lgan jonivorga qarshi muhabbat ko’rsatsang; marhamatini emas, ishtahasini ochar.
So’ngra qaytar, kelar; tirnog’ining, ham tishining kirosini sendan istar.
* * *
Quvva-i Insoniya Taxdid Etilmaganidan Jinoyati Buyuk Bo’lar
Hayvonning xilofiga insondagi quvvalar fitriy taxdid bo’lmamish. Unda chiqqan xayru sharr, la-yatanohiy ketar.
Unda bo’lgan xudgamlik, bundan chiqqan xudbinlik, g’urur, inod birlashsa; shunday gunoh bo’ladi(**)ki bashar hozirga qadar unga ism topmamish. Jahannamning lozimligiga dalil bo’lgani kabi, jazosi ham yolg’iz Jahannam bo’lishi mumkin.
Ham masalan: Bir odam birgina yolg’on so’zini to’g’ri ko’rsatmoq uchun Islomning falokatini qalban orzu etar.
Shu zamon ham ko’rsatdi: Jahannam keraksiz bo’lmas, Jannat arzon emasdir.
* * *
-------------------------------------------------------------
(*)Bu zamonni aynan ko’rgandek bahs etar.
(**)Bunda ham g’aybiy bir ishora bor.
Аудио мавжуд эмас