So’zlar | LEMAAT | 458
(453-486)
Vijdon Jazbasi Ila Allohni Tanir
Vijdonda qo’yilgandir bir injizob va jazba. Bir jozibning jazbi ila doim bo’lar injizob.
Jazbga tushar zishuur gar Zuljamol ko’rinsa. Etsa tajalliy doim purshasha`a behijob.
Bir Vojib-ul Vujudga, Sohibi Jalol va Jamol; shu fitrati zishuur qat`iy shahodatmaob.
Bir shohidi u jazba, ham boshqasi injizob.
* * *
Fitratning Shahodati To’g’ridir
Fitratda yolg’on yo’qdir; ne dediysa to’g’ridir. Chekirdakning lisoni,
Mayli numuv der: "Men sunbullanib mevador..." To’g’ri chiqar bayoni.
Yumurtaning ichida chuqur chuqur so’ylar hayotning mayaloni
Ki: "Men jo’ja bo’laman izni Ilohiy bo’lsa." Sodiq bo’lar lisoni.
Bir hovuch suv bir temir to’p o’qi ichida agar niyat etsa injimod. Sovuqlikning zamoni
Ichidagi kengayish mayli der: "Kengay, menga lozim ortiq yer". Bir amri beamoniy...
Metin temir urinar, uni yolg’on chiqarmas. Balki unda to’g’rilik, hamda sidqi jononiy
U temirni parchalar. Shu mayalonlar butun bittadan amri taqviniy, bittadan hukmi Yazdoniy,
Bittadan fitriy shariat, bittadan jilva-i iroda. Iroda-i Ilohiy, iroda-i akvoniy
Amrlari shulardir: Bir-bir bir-bir mayalon, bir-bir bir-bir imtisol, avomiri Rabboniy.
Vijdondagi tajalliy aynan bunday jilvadir; ki injizob va jazba ikki musaffo joni.
Ikki porloq shishadir, aks etar ichida Jamoli Layozaliy, hamda nuri iymoniy.
* * *
Nubuvvat Basharda Zaruriyadir
Chumolini amirsiz, arilarni yo`subsiz qoldirmagan qudrati azaliya albatta
Basharni ham qoldirmas shariatsiz, nabiysiz. Siri nizomi olam bunday istar albatta.
* * *
Malaklarda Me`roj Insonlarda Shaqqi Qamar Kabidir
Bir me`roji karomat ila malaklar, ko’rdilar alhaqki musallam bir nubuvvatda muazzam bir valoyat bor.
U porloq zot buroqqa minmishda chaqmoq bo’lmish. Qamarvoriy sarosar olami nurni ham ko’rmishtir.
Shu shahodat olamida muntashir insonlarga hissiy buyuk bir mo’`jiza qandayki
وَانْشَقَّ الْقَمَرُ dir.
Bu me`rojdir olami arvohdagi sokinlarga eng buyuk bir mo’`jizaki,
سُبْحَانَ الَّذِۤى اَسْرٰى dir.
* * *
Kalima-i Shahodatning Burhoni Ichidadir
Kalima-i shahodat bordir ikki kalomi. Bir-biriga shohiddir, ham dalil va burhondir.
Birinchisi soniyga bir burhoni limmiydir. Ikkinchisi avvalo bir burhoni inniydir.
* * *
Hayot Bir Tur Tajalliyi Vahdatdir
Hayot bir nuri vahdatdir. Shu kasratda etar tavhid tajalliy. Ha, bir jilva-i vahdat etar kasratlarni tavhid va yakto.
Hayot bir narsani har narsaga etar sohib. Hayotsiz narsa unga nisbat adamdir jumla ashyo.
* * *
Ruh Vujudi Xorijiy Kiydirilmish Bir Qonundir
Ruh bir nuroniy qonundir, vujudi xorijiy kiymish bir nomusdir; shuurni boshiga toqmish.
Bu mavjud ruh shu maqul qonunga bo’lmish ikki qardosh, ikki yo’ldosh.
Sobit va ham doim fitriy qonunlar kabi ruh-da -ham olami amr, ham iroda vasfidan kelar.
Qudrat vujudi hissiy kiydirar, shuurni boshiga toqar, bir latif sayyolani u javharga sadaf etar.
Agar navlardagi qonunlarga qudrati Xoliq vujudi xorijiy kiydirirsa, har biri bir ruh bo’lar.
Gar vujudni ruh chiqarsa, boshidan shuurni tushirsa, yana loyamut qonun bo’lar.
Аудио мавжуд эмас