So’zlar | LEMAAT | 460
(453-486)
Qudratning Oynalari Ko’pdir
Qudrati Zuljalolning juda ko’pdir oynalari. Har biri boshqasidan yanada ashaf va altaf derazalar ochadi bir olami misolga.
Suvdan havoga qadar, havodan to efirga, efirdan to misolga, misoldan to arvohga, arvohdan to zamonga, zamondan to xayolga,
Xayoldan fikrga qadar muxtalif oynalar, doimo tamsil etar shuunoti sayyola. Qulog’ing ila nazar et oyna-i havoga: Kalima-i vohida bo’lar million kalimot!
Ajib istinsoh etar u qudratning qalami.. shu siri tanosulot...
* * *
Tamassulning Qismlari Farqlidir
Oynada tamassul bo’linar to’rt suratga: Yo yolg’iz huviyat; yo barobar xosiyat; yo huviyat ham shu`la-i mohiyat; yo mohiyat, huviyat.
Agar misol istarsang, mana inson va ham shams, malak va ham kalima. Nursizning timsollari oynada bo’lar bittadan harakatlanuvchi mayyit.
Bir ruhi nuroniyning, o’z oynalarida timsollari bo’ladi bittadan hayyi murtabit; ayni bo’lmasa agar, boshqasi ham bo’lmasdan
Bittadan nuri munbasit. Gar shams hayvon bo’lsaydi; bo’lar harorati hayoti, ziyo uning shuuri.. shu kayfiyatlarga sohibdir oynada timsoli.
Xullas budir shu asrorning kaliti: Jabroil ham Sidrada, ham surati Dihyada majlisi Nabaviyda,
Ham kim bilar qancha yerda!.. Azroilning bir onda Alloh bilar qancha yerda, ruhlarni qabz etmoqda. Payg’ambarning bir onda,
Ham kashfi avliyoda, ham sodiq tushlarda ummatiga ko’rinar, ham hashrda umum ila shafoat ila ko’rishar.
Valiylarning abdali, ko’p yerlarda bir onda zuhur etar, ko’rinar.
* * *
Mustaid Mujtahid Bo’lishi Mumkin; Musharri` Bo’lolmas
Ijtihodning shartiga sohib bo’lgan har mustaid, etadi nafsi uchun, nass bo’lmaganda ijtihod. Unga lozim, boshqaga ilzom etolmas.
Ummatni da`vat ila tashri` etolmas. Fahmi shariatdan bo’lar; lekin shariat bo’lolmas. Mujtahid bo’lishi mumkin, faqat musharri` bo’lolmas.
Ijmo` ila jumhurdir, sikka-i shar`iy ko’rar. Bir fikrga da`vat etmoq; zanni qabuli jumhur sharti avval bo’ladi.
Bo’lmasa da`vat bid`atdir, rad etilar. Og’ziga tiqilar, unda ortiq chiqolmas...
* * *
Nuri Aql Qalbdan Kelar
Zulmatli munavvarlar bu so’zni bilishlari kerak: Ziyo-i qalbsiz bo’lmas nuri fikr munavvar.
U nur ila bu ziyo qo’shilmasa zulmatdir, zulm va jahlni sochar. Nurning libosini kiymish bir zulmati muzavvar.
Ko’zida bir nahor bor, lekin abyoz va muzlim. Ichida bir savad borki, bir layli munavvar.
U ichida bo’lmasa, u shahm-pora ko’z bo’lmas; sen ham bir narsa ko’rolmas. Basiratsiz basar ham qiymati bo’lmas.
Gar munavvar fikrda suvaydo-i qalb bo’lmasa, xalita-i dimog’i ilm va basirat bo’lmas. Qalbsiz aql bo’lolmas.
* * *
Аудио мавжуд эмас