So’zlar | LEMAAT | 465
(453-486)
Surati xizmatida, havo havas o’rniga to’g’ri yo’l ko’rsatmoqdir. U hidoyatning ishidir: Insonga loyiq tarzda taraqqiy va rohatlik.
Ruhga lozim suratda tanavvur va takomil. To’plamlarning ichida birlik jihati ham qabul qilmas unsuriyat, hamda manfiy milliyat.
Ham ularning o’rniga robita-i diniydir, nisbati vataniydir, aloqa-i sinfiydir, uxuvvati iymoniy. Shu robitaning ishidir; samimiy bir uxuvvat,
Umumiy bir salomat. Xorij etsa tajovuz, u ham etar tadofu`. Xullas hozir anglading; siri nedirki qusmish, olmadi madaniyat.
Hozirga qadar Islomlar ixtiyor ila kirmamish, shu madaniyati hozira.
Ularga yaramamish; hamda ularga urmish mudhish qaydi asorat.
Balki navi basharga tiryoq ekan zahar bo’lmish. Yuzdan saksonin otmish mashaqqat va shaqovat. Yuzdan o’nni chiqarmish yolg’onchi bir saodat!
Boshqa o’nni qoldirmish ular orasida berohat! Zolim juda ozning bo’lmish kelgan ribhi tijorat. Ammo saodat udir: Hamma bo’lsa saodat.
Loaqal aksariyatga bo’lsa madori najot. Navi basharga rahmat nozil bo’lgan shu Qur`on, faqat qabul etadi bir tarzi madaniyat;
Umumga, yo aksarga berarsa bir saodat. Hozirgi tarzi hozir, havas erkin bo’lmishtir, havo ham hur bo’lmishtir, hayvoniy bir hurriyat.
Havas tahakkum etar. Havo ham mustabiddir, g’ayri zaruriy hojatni zaruriy ehtiyojlar hukmiga o’tqazmishtir. Izola etdi rohat...
Badaviylikda bir odam to’rt narsaga muhtoj ekan, madaniyat yuz narsaga muhtoj, faqir etmishtir. Sa`yi halol, masrafga etmamishtir kifoyat.
Unda hiyla, haromga basharni chorlamishtir. Axloqning asosini shu nuqtadan buzmishtir. Jamoatga ham navga bermishtir sarvat, hashamat.
Fardni, shaxsni axloqsiz, ham faqir aylamishtir. Buning shohidi ko’pdir.
Eski Rim davlatidagi butun vahshiylik va jinoyat, ham g’adr va ham xinoyat
Shu madaniyati habisa bir martada qusdi. Me`dasi(*) yana aynir.
Olami Islomdagi ma`nodor chekinish hamda bir joyi diqqat.
Qabulda istiroblidir, sovuq ham harakat qilmishtir. Ha Shariati G’arrada bo’lgan nuri Ilohiy, xossa-i mumtozidir: Istig’no, istiqloliyat.
U xossadir qoldirmaski u nuri hidoyat, shu madaniyat ruhi bo’lgan Rim dahosi unga tahakkum etsin. Unda bo’lgan hidoyat,
Bundagi falsafa ila qo’shilmas, ham emlanmas, hamda tobe bo’lolmas. Islomiyat ruhida shafqat izzati iymon, yetishtirgani shariat Qur`oni Mo’`jiz-Bayon tutmish yedi bayzoda haqoiqi shariat.
U yamini bayzoda bittadan Aso-i Musodir. Sehrboz madaniyat, istiqbolda etajak unga sajda-i hayrat...
Hozir bunga diqqat et: Eski Rim, Yunonning ikki dahosi bordi; bir asldan ekizak, biri xayolparastdi, biri moddaparastdi.
Suv ichida yog’ kabi qo’shilolmadi. Mururi zamon istadi, madaniyat bor kuchini ishga soldi. Xristiyanlik ham urindi, aralashtirishga muvaffaq hech biri da bo’lmadi.
Har biri istiqlolini yakunda hifz ayladi. Hatto hozir xuddi u ikki ruh, hozir-da jasadlari almashmish, Olmon Frantsuz bo’ldi.
Go’yo bir navi tanosuh boshlaridan o’tmishti. Ey birodari misoliy! Zamon shunday ko’rsatdi. U ekizak ikki daho, ho’kiz kabi rad etdi
Qo’shilishining sabablarini. Hozir ham yarashmadi. Modom ular ekizakdi, qardosh va arqadoshdi, taraqqiyda yo’ldoshdi; bir biri ila urushdi.
------------------------------------------------------
(*)Demak hali dahshatli qusajak. Ha, ikki jahon urushi ila shunday qusdiki: Havo, dengiz, quruklik yuzlarini bulg’atdi, qon ila dog’ qildi…
Аудио мавжуд эмас