So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 255
(252-310)
Xullas, agar muoraza mumkin bo’lsa edi, ajabo, hech mumkinmidirki bir-ikki satr ila muoraza etib da`vosini yo’q qilmoq kabi rohat bir chora bor ekan, eng tahlikali, eng mushkul urush yo’li ixtiyor etilsin? Ha, u zakovatli qavm, u siyosiy millatki, bir zamon olamni siyosat ila idora etgani holda, eng qisqa va rohat va yengil bir yo’lni tark etsin? Eng tahlikali va butun mol va jonini baloga otadigan uzun bir yo’lni ixtiyor etsin, hech qabulmidir? Chunki bir adiblari bir qancha harflar ila muoraza eta olsaydi, Qur`on da`vosidan voz kechar edi. Ular ham moddiy va ma`naviy halokatdan qutular edilar. Holbuki urush kabi dahshatli, uzun bir yo’lni ixtiyor etdilar. Demak, so’z ila muoraza mumkin emas edi, mahol edi. Shuning uchun qilich ila muorazaga majbur bo’ldilar. Ham Qur`onni o’xshatmoq, taqlidini qilmoq uchun g’oyat shiddatli ikki sabab bor edi. Birisi dushmanning kurashish hirsi. Boshqasi do’stlarining taqlid shavqidirki, shu ikki shiddatli sabab ostida millionlab Arabiy kitoblar yozilganki, hech birisi unga o’xshamas. Olim bo’lsin, omi bo’lsin har kim unga va ularga boqsa qat`iyan deyajakki: "Qur`on bularga o’xshamas. Hech birisi uni o’xshatolmas". Shu holda, yo Qur`on hammasidan pastdadir. Bu esa butun do’st va dushmanning ittifoqi ila botildir, maholdir. Yoki Qur`on u yozilgan umum kitoblardan ustundir.
Agar desang: Qanday bilamizki, hech kim muorazaga tashabbus etmadi? Hech kim o’ziga ishonolmadiki, maydonga chiqsin? Bir-birining yordami ham foyda bermadimi?
Javob: Agar muoraza mumkin bo’lsa edi, har holda qat`iy tashabbus etilar edi. Chunki izzat va nomus masalasi, jon va mol tahlikasi bor edi. Agar tashabbus etilsaydi, har holda qat`iy tarafdor juda ko’p topilar edi. Chunki haqqa muoriz va qaysar doimo ko’p edi. Agar tarafdor topsaydi, har holda mashhur bo’lar edi. Chunki kichik bir urush basharning hayrat nazarini jalb etib dostonlarda mashhur bo’lar. Shunday ajib bir urush va hodisalar esa yashirin qololmas. Islomiyatga qarshi eng chirkin va eng yomon narsalarga qadar naql etilar, mashhur bo’lar. Holbuki muorazaga doir Musaylima-i Kazzobning bir-ikki ifodasidan boshqa naql etilmagan. U Musaylimada ham garchi balog’at bor ekan. Faqat hadsiz bir husnu jamolga sohib bo’lgan Qur`on bayoniga nisbat etilgani uchun uning so’zlari xazayon suratida tarixlarga o’tgandir. Xullas, Qur`onning balog’atidagi i`joz qat`iyan ikki karra ikki to’rt bo’lar kabi mavjuddirki, ish bunday bo’lmoqda.
Ikkinchi Surat: Balog’atidagi Qur`on i`jozining hikmatini Besh Nuqtada bayon etamiz.
Birinchi Nuqta: Qur`onning nazmida bir g’aroyib jazolat bor. U nazmdagi jazolat va matonatni "Ishorat-ul I`joz" boshdan oxirigacha bu nazmiy jazolatni bayon etar. Soatning soniya, daqiqa, soatni sanagan va bir-birining nizomini tamomlagan nima bo’lsa, Qur`oni Hakimning har bir jumladagi, qismlaridagi nazm va kalimalaridagi nizom va jumlalarining bir-biriga qarshi munosabatidagi intizomni shunday bir tarzda "Ishorat-ul I`joz"da oxiriga qadar bayon etilgandir. Kim istasa unga boqa olar va bu nazmdagi g’aroyib jazolatni bu suratda ko’ra olar. Yolg’iz bir-ikki misol, bir jumlaning qismlaridagi nazmni ko’rsatmoq uchun zikr etamiz.
Masalan: وَلَئِنْ مَسَّتْهُمْ نَفْحَةٌ مِنْ عَذَابِ رَبِّكَ Bu jumlada azobni dahshatli ko’rsatmoq uchun eng ozining shiddat ila ta`sirini ko’rsatmoq ila ko’rsatmoq istar. Demak, kamaytirishni ifoda etadigan jumlaning butun qismlari ham bu kamaytirishga boqib unga quvvat beradi. Xullas لَئِنْ lafzi shubhalantirmoqdir. Shak ozlikka boqar. مَسَّ lafzi ozgina tegilishdir. Yana ozlikni ifoda etar. نَفْحَةٌ lafzi moddasi bir hidcha bo’lib ozlikni ifoda etgani kabi, sig’asi birga dalolat etar. Masdari marra sarf ilmining ta`biri ila birgina demakdir, ozlikni ifoda etar. نَفْحَةٌ dagi tanvini tankiriy kamaytirish uchundirki, shu qadar kichikki, bilinilmaydi demakdir. مِنْ lafzi bo’lmoq uchundir, bir parcha demakdir.
Аудио мавжуд эмас