So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 258
(252-310)
Uchinchi Nuqta: Uslubidagi g’aroyib badoatdir. Ha, Qur`onning uslublari ham g’aribdir, ham badi`dir, ham ajibdir, ham ishontiruvchidir. Hech bir narsani, hech bir kishini taqlid etmagan. Hech kishi ham uni taqlid etolmaydi. Qanday kelgan bo’lsa, shunday u uslublar tarovatini, yoshligini, g’aribligini doimo muhofaza etgan va etmoqda. Jumladan, bir qism suralarning boshlarida kalit so’z kabi الۤمۤ, الۤرٰ, طٰهٰ, يٰسۤ, حٰمۤ عۤسۤقۤ kabi muqattatot harflaridagi o’xshovsiz uslubi besh-olti i`joz shu`lalarini ichiga olganini "Ishorat-ul I`joz"da yozganmiz. Jumladan: Suralarning boshida mazkur bo’lgan harflar harflarning bilingan qismlari bo’lgan majhura, mahmusa, shadida, rahva, zalaka, qalqala kabi ko’p qismlaridan har bir qismidan yarmini olgandir. Bo’lina olmaydigan yengilidan yarmidan ko’pi, og’iridan yarmidan ozi bo’lib butun qismlarini ayirgandir. Shu mutadohil va bir-biri ichidagi qismlarni va ikki yuz ehtimol ichida qarorsiz yolg’iz yashirin va fikran bilinmaydigan bitta yo’l ila umumni ayirmoq qabul bo’lgani holda, u yo’lda, u keng masofada so’z so’ylamoq bashar fikrining ishi bo’lolmas. Tasodif hech qo’shilolmas. Xullas, bir Ilohiy kalit so’z bo’lgan suralarning boshlaridagi harflar bu kabi yana besh-olti i`joz shu`lalarini ko’rsatganlari bilan barobar harflar sirlari ilmi olimlari ila avliyolarning muhaqqiqlari shu muqattatotdan ko’p sirlar chiqarganlar va shunday haqiqatlar topganlarki, ularcha shu muqattatot bir o’zi g’oyat porloq bir mo’`jizadir. Ularning sirlariga ahl bo’lmaganimiz, ham umum ko’z ko’radigan darajada isbot etolmaganimiz uchun u eshikni ocholmaymiz. Yolg’iz "Ishorat-ul I`joz"da shularga doir bayon qilingan besh-olti i`joz shu`lalariga havola etmoq ila qanoat qilamiz.
Hozir Qur`onning uslublariga sura e`tibori ila, maqsad e`tibori ila, oyatlar va kalom va kalima e`tibori ila bittadan ishora etamiz. Masalan:
Sura-i عَمَّ ga diqqat etilsa shunday bir badi` uslub ila oxiratni, hashrni, Jannat va Jahannamning ahvolini shunday bir tarzda ko’rsatadiki, shu dunyodagi Allohning ishlarini, Rabboniy asarlarni u uxroviy holatlarga bir-bir boqib isbot etar kabi qalbni ishontiradi. Shu suradagi uslubning izohi uzun bo’lganidan yolg’iz bir-ikki nuqtasiga ishora etamiz. Shundayki:
Shu suraning boshida Qiyomat kunini isbot uchun der: "Sizga zaminni go’zal to’shalgan bir beshik, tog’larni uyingizga va hayotingizga dafinali tirgak, xazinali ustun, sizni bir-birini sevadigan, do’stlik etadigan juft, kechani istiroxat ila uxlashingizga yoping’ich; kunduzni maishat maydoni; Quyoshni ishiq beradigan, isintiruvchi bir chiroq; bulutlarni obi hayot chashmasi kabi undan suvni oqitdim. Oddiy bir suvdan butun rizqlaringizni toshigan butun gulli, mevali farqli narsalarni oson va oz bir zamonda ijod etamiz. Unday bo’lsa, yavmi fasl bo’lgan qiyomat sizni kutmoqda. U kunni keltirmoq bizga og’ir kelolmas". Mana bundan keyin qiyomatda tog’larning tarqalishi, samovotning parchalanishi, Jahannamning hozirlanishi va Jannat ahliga bog’ va bo’ston berishini yashirin bir suratda isbotlariga ishora etar. Ma`nan der: "Modomiki ko’zimiz o’ngida tog’ va zaminda shu ishlarni qilar. Oxiratda ham bularga o’xshash ishlarni qilar". Demak suraning boshidagi "tog’" qiyomatdagi tog’larning holiga boqar va bog’ esa oxirda va oxiratdagi bog’chaga va bog’ga boqar. Xullas, boshqa nuqtalarni bunga qiyos et, naqadar go’zal va oliy bir uslubi bor, ko’r. Masalan:
قُلِ اللّٰهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ تُؤْتِى الْمُلْكَ مَنْ تَشَاۤءُ وَتَنْزِعُ الْمُلْكَ مِمَّنْ تَشَاۤءُ
ila oxir... Shunday bir oliy uslubda bani bashardagi Allohning shuunlarini va kecha va kunduzning aylanishidagi Ilohiy tajalliylarni va sananing mavsumlarida bo’lgan Rabboniy tasarruflarni va yer yuzida hayot-mamot, hashr va dunyoviy nashridagi Rabboniy ijrootlarni shunday bir yuksak uslub ila bayon etarki, diqqat ahlining aqllarini zabt etar. Porloq va yuksak keng uslubi oz diqqat ila ko’ringani uchun hozircha u xazinani ochmaymiz.
Аудио мавжуд эмас