So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 261
(252-310)
Demak, Qur`on haq va haqiqat va sidq va hidoyat va g’aroyib bir fasohat bo’lganidandirki, zeriktirmaydi, doimo yoshligini muhofaza etgani kabi tarovatini, halovatini ham muhofaza etadi. Hatto Qurayshiy raislaridan mudaqqiq bir balig’ mushriklar tarafidan Qur`onni tinglamoq uchun ketgan. Tinglagan, qaytgan, deganki: Shu kalomning shunday bir halovati va tarovati borki, bashar kalomiga o’xshamas. Men shoirlarni, kohinlarni bilaman. Bu ularning hech so’zlariga o’xshamas. Ko’pi bilan tobelarimizni qondirmoq uchun sehr deyishimiz kerak". Xullas, Qur`oni Hakimning eng qaysar dushmanlari ham fasohatidan hayratda qoladilar.
Qur`oni Hakimning oyatlarida, kalomlarida, jumlalarida fasohatning sabablarini izohlamoq juda uzun bo’lar. Shuning uchun so’zni qisqartirib, yolg’iz namuna sifatida bir oyatdagi hijo harflari vaziyatlari ila hosil bo’lgan bir salosat va lafziy fasohatni va u vaziyatdan porlagan bir i`joz shu`lasini ko’rsatamiz. Xullas:
ثُمَّ اَنْزَلَ عَلَيْكُمْ مِنْ بَعْدِ الْغَمِّ اَمَنَةً نُعَاسًا يَغْشَى طَائِفَةً مِنْكُمْ ila oxir. Xullas, shu oyatda barcha hijo harflari mavjuddir. Boqki, siquvchi, og’ir butun harflarning qismlari barobar bo’lgani holda salosatini buzmagan. Balki bir tarovat va farqli torlardan uyg’un, bir-biriga tayangan bir fasohat ohangini qo’shgan. Ham shu i`joz shu`lasiga diqqat etki, hijo harflaridan "ye" bilan "alif" eng yengil va bir-biriga almashgani uchun ikki qardosh kabi har birisi yigirma bir karra takrori bor. "Mim" ila "nun"(Izoh1) bir-birining qardoshi va bir-birining o’rniga o’tgani uchun har birisi o’ttiz uch martadan zikr etilgandir. ص, س, ش mahrajcha, sifatcha, ovozcha qardosh bo’lganliklari uchun har biri uch marta, ع, غ qardosh bo’lganliklari holda ع yanada yengil olti marta, غ og’irligi uchun yarmi bo’lib uch marta zikr etilgandir. ط, ظ, ذ, ز mahrajcha, sifatcha, ovozcha qardosh bo’lganliklari uchun har birisi ikki martadan, "lom" va "alif" ila barobar ikkisi لا suratida birlashganlari va "alif" لاsuratida hissasi "lom"ning yarmidir. Shuning uchun "lom" qirq ikki marta, "alif" uning yarmi bo’lib yigirma bir marta zikr etilgandir. "Hamza" "he" ila mahrajcha qardosh bo’lganlari uchun hamza(Izoh2) o’n uch, "he" bir daraja yanada yengil bo’lgani uchun o’n to’rt marta, ق, ف, ك qardosh bo’lganliklari uchun ق ning bir nuqtasi ortiq bo’lgani uchun ق o’n, ف to’qqiz, ك to’qqiz, ب to’qqiz, ت o’n ikki, "ta"ning darajasi uch bo’lgani uchun o’n ikki marta zikr etilgandir. ر "lom"ning qardoshidir. Faqat abjad hisobi ila ر ikki yuz, "lom" o’ttizdir. Olti daraja yuqori chiqqani uchun olti daraja past tushgan. Ham ر talaffuzcha takrorlanganidan og’ir bo’lib yolg’iz olti marta zikr etilgandir. خ, ح, ث, ض Og’irliklari va ba`zi munosabat jihati uchun bir martadan zikr etilgandir. "Vov" "he"dan va "hamza"dan yanada yengil va "ye"dan va "alif"dan yanada og’ir bo’lgani uchun o’n yetti marta, og’ir hamzadan to’rt daraja yuqori, yengil alifdan to’rt daraja past zikr etilgandir.
Xullas, shu harflarning bu zikrida g’aroyib bu muntazam vaziyat ila va u yashirin munosabat ila va u go’zal intizom va u hassos va nozik nazm va insijom ila ikki karra ikki to’rt bo’lar darajada ko’rsatadiki, bashar fikrining haddi emaski, shuni qila olsin. Tasodif esa maholdirki, unga qo’shilsin. Xullas, shu harflarning vaziyatidagi ajib intizom va g’arib nizom salosat va lafziy fasohatga mador bo’lgani kabi, yana yashirin ko’p hikmatlari bo’lishi mumkin. Modomiki harflarida bunday intizom ko’zlangan. Albatta kalimalarida, jumlalarida, ma`nolarida shunday sirli bir intizom, shunday nurli bir insijom ko’zlanganki, ko’z ko’rsa "Mashaalloh", aql tushunsa "Barakalloh" deydi.
Аудио мавжуд эмас