So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 260
(252-310)
Masalan: O’n To’qqizinchi So’zning oxirida isbot etilgani kabi,
وَالشَّمْسُ تَجْرِى لِمُسْتَقَرٍّ لَهَا dagi تَجْرِى kalimasi shunday yuksak bir uslubga deraza ochar. Shundayki: تَجْرِى lafzi ila ya`ni: "Quyosh aylanadi" ta`biri ila qish va yoz, kecha va kunduzning aylanishidagi muntazam Alloh qudratining tasarruflarini eslatmoq ila Sone`ning azamatini anglatar va u mavsumlarning sahifalarida qudrat qalamining yozgan Samadoniy maktublarga nazarni o’girar. Xoliqi Zuljalolning hikmatini bildirar.
وَجَعَلَ الشَّمْسَ سِرَاجًا Ya`ni, chiroq ta`biri ila shunday bir uslubga deraza ocharki, shu olam bir saroy va ichida bo’lgan narsalar esa insonga va jonzotlarga tayyorlangan ziynatlar va taomlar va kerakli narsalar bo’lganini va Quyosh ham musahhar bir mumdor bo’lganini eslatmoq ila Sone`ning hashamatini va Xoliqning ehsonini anglatib tavhidga bir dalil ko’rsatadiki, mushriklarning eng muhim, eng porloq ma`bud deb o’ylaganlari Quyosh musahhar bir chiroq, jonsiz bir maxluqdir. Demak “siroj” ta`birida Xoliq rububiyatining azamatidagi rahmatini eslatar. Rahmatning kengligidagi ehsonini bildirar va u bildirishda saltanatining hashamatidagi karamini his ettirar va bu his ettirishda vahdoniyatni anglatar va ma`nan der: "O’lik bir musahhar siroj hech bir jihatda ibodatga loyiq bo’lolmas".
Ham jarayoni تَجْرِى ta`birida kecha-kunduzning, qish va yozning aylanishlaridagi ajib muntazam tasarruflarni eslatar va u eslatishda rububiyatida yagona bir Sone` qudratining azamatini bildirar. Demak, Shams va Qamar nuqtalaridan basharning zehnini kecha va kunduz, qish va yoz sahifalariga o’girar va u sahifalarda yozilgan hodisalarning satrlariga diqqat nazarini jalb etar. Ha, Qur`on Quyoshdan Quyosh uchun bahs etmaydi. Balki uni ishiqlantirgan zot uchun bahs etadi. Ham Quyoshning insonga keraksiz bo’lgan mohiyatidan bahs etmaydi. Balki Quyoshning vazifasidan bahs etadiki, Rabboniy san`atning intizomiga bir zambarak va Rabboniy xilqatning nizomiga bir markaz, ham Naqqoshi Azaliyning kecha-kunduz iplari ila to’qigan narsalardagi Rabboniy san`atning insijomiga bir makik vazifasini qilmoqda. Yana boshqa Qur`on so’zlarini bularga qiyos eta olasan. Xuddi oddiy, odatlangan bittadan kalima ekan, latif ma`nolarning xazinalariga bittadan kalit vazifasini bajarmoqda.
Xullas, aksariyat ila Qur`on uslubining o’tgan tarzlarda yuksak va porloq bo’lganidandirki, ba`zan bir badaviy arab bitta kalomga maftun bo’lgan. Musulmon bo’lmasdan sajdaga ketardi. Bir badaviy فَاصْدَعْ بِمَا تُؤْمَرُ kalomini eshitgani onda sajda qilgan. Unga deganlar: "Musulmon bo’ldingmi?" "Yo’q degan, men shu kalomning balog’atiga sajda qildim".
To’rtinchi Nuqta: Lafzidagi g’aroyib fasohatidir. Ha, Qur`on ma`nan bayon uslubi jihati ila favqulodda balig’ bo’lgani kabi, lafzida g’oyat solis bir fasohati bordir. Fasohatning qat`iy vujudiga zeriktirmasligi dalildir va fasohatning hikmatiga bayon va ma`no fanining dohiy olimlarining shahodatlari yaqqol bir dalildir. Ha, minglab marta takror etilsa zeriktirmaydi, balki lazzat beradi. Kichik oddiy bir bolaning hofizasiga og’ir kelmaydi, yodlay oladi. Juda dardman, oz bir so’zdan aziyat ko’rgan bir quloqqa noxush kelmaydi, xush keladi. Sakarotda bo’lganning dimog’iga sharbat kabi bo’ladi. Qur`onning xush ovozi uning qulog’ida va dimog’ida, aynan og’zida va dimog’ida zamzam suvi kabi laziz keladi. Zeriktirmasligining hikmat siri shudirki: Qur`on qalblarga qut va ozuqa va aqllarga quvvat va boylikdir va ruhga suv va ziyo va nafslarga davo va shifo bo’lganidan zeriktirmaydi. Har kun non yeymiz, zerikmaymiz. Faqat eng go’zal bir mevani har kun yesak, zeriktiradi.
Аудио мавжуд эмас