So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 263
(252-310)
Isbot maqomida minglab misollaridan masalan:
فَانْظُرْ اِلَى آثَارِ رَحْمَتِ اللّهِ كَيْفَ يُحْيِى اْلاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتَى وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
da hashrni isbot va aqldan uzoq ko’rmoqni ketkizmoq uchun shunday bir tarzda bayon etadiki, undan ustun isbot bo’lolmas. Shundayki: O’ninchi So’zning To’qqizinchi Haqiqatida, Yigirma Ikkinchi So’zning Oltinchi Yog’dusida isbot va izoh etilgani kabi; har bahor mavsumida yer yuzining tiriltirilishi holatida uch yuz ming tarzda hashrning namunalarini nihoyat darajada chalkash, bir-biriga aralashgani holda nihoyat darajada intizom va ajratish ila bashar nazariga ko’rsatadiki, bularni bunday qilgan zotga hashr va qiyomat og’ir bo’lolmas der. Ham zamin sahifasida yuz minglab navlarni barobar bir-biri ichida qudrat qalami ila xatosiz, kamchiliksiz yozmoq bitta Vohidi Ahadning muhri bo’lganidan shu oyat ila Quyosh kabi vahdoniyatni isbot etmoq ila barobar, Quyoshning chiqishi va botishi kabi oson va qat`iy qiyomat va hashrni ko’rsatar. Xullas, كَيْفَ lafzidagi holat nuqtasida shu haqiqatni ko’rsatgani kabi, ko’p suralarda batafsil zikr etar.
Masalan: Sura-i قۤ - وَالْقُرْاٰنِ الْمَجيِدِ da shunday porloq va go’zal va shirin va yuksak bir bayon ila hashrni isbot etarki, bahorning kelishi kabi qat`iy bir suratda qanoat berar. Xullas boq: Kofirlarning chirigan suyaklarning tirilishini inkor etib "Bu ajibdir, bo’lolmas" deyishlariga javoban اَفَلَمْ يَنْظُرُوا اِلَى السَّمَاءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا وَ زَيَّنَّاهَا وَمَا لَهَا مِنْ فُرُوجٍ ila oxir-il oyat... كَذٰلِكَ الْخُرُوجُ ga qadar farmon etadi. Bayoni suv kabi oqadi, yulduzlar kabi porlaydi. Qalbga xurmo kabi ham lazzat, ham zavq beradi, ham rizq bo’ladi. Ham isbot maqomining eng latif misollaridan: يس وَالْقُرْآنِ الْحَكِيمِ اِنَّكَ لَمِنَ الْمُرْسَلِينَ der. Ya`ni, "Hikmatli Qur`onga qasam ichaman. Sen Rasullardansan". Shu qasam ishora etadiki, risolatning hujjati shu daraja yaqiniy va haqdirki, haqqoniyatda ta`zim va hurmat maqomiga chiqqanki, u ila qasam ichilmoqda. Xullas, shu ishora ila der: "Sen rasulsan. Chunki sening qo’lingda Qur`on bor. Qur`on esa haqdir va Haqning kalomidir. Chunki ichida haqiqiy hikmat, ustida i`joz muhri bor".
Ham isbot maqomining ijozli va i`jozli misollaridan shu:
قَالَ مَنْ يُحْيِى الْعِظَامَ وَهِىَ رَمِيمٌ - قُلْ يُحْيِيهَا الَّذِىۤ اَنْشَأَهَاۤ اَوَّلَ مَرَّةٍ وَهُوَ بِكُلِّ خَلْقٍ عَلِيمٌ
Ya`ni inson deydi: "Chirigan suyaklarni kim tiriltiradi?" Sen ayt: "Kim ularni bidoyatan insho etib hayot bergan bo’lsa, u tiriltiradi". O’ninchi So’zning To’qqizinchi Haqiqatining uchinchi tamsilida tasvir etilagani kabi; bir zot ko’z o’ngingda bir kunda yangidan katta bir qo’shinni tashkil etgani holda, biri desa: "Shu zot askarlari istirohat uchun tarqalgan bir Qo’shinni bir burg’u ila to’plar. Lashkar nizomi ostiga keltira olar". Sen, ey inson desang; "Ishonmayman". Naqadar devonacha bir inkor bo’lganini bilasan. Aynan shuning kabi hechdan, yangidan Qo’shin kabi butun hayvonot va boshqa jonzotlarning batal`on kabi jasadlarini mukammal intizom ila va hikmat me`zoni ila u badanlarning zarralarini va latif tuyg’ularini "Kun fayakun" amri ila qayd etib yerlashtirgan va har asrda, hatto har bahorda yer yuzida yuz minglab qo’shin kabi jonlilar navlarini, toifalarini ijod etgan bir Zoti Qodiyri Aliym “batal`on kabi bir jasadning nizomi ostiga kirmoq ila bir-biri ila tanishgan asos zarralarini va asliy jihozlarni bir hayqirish ila Isrofil Surining burg’usi ila qanday to’play oladi?”- aqldan uzoq ko’rmoq suratida deyilarmi? Deyilsa, ablahchasiga bir devonalikdir.
Аудио мавжуд эмас