So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 265
(252-310)
Ikkinchi Misol:
فَذَكِّرْ فَمَاۤ اَنْتَ بِنِعْمَتِ رَبِّكَ بِكَاهِنٍ وَلاَ مَجْنُونٍ - أَمْ يَقُولُونَ شَاعِرٌ نَتَرَبَّصُ بِهِ رَيْبَ الْمَنُونِ - قُلْ تَرَبَّصُوا فَاِنِّى مَعَكُمْ مِنَ الْمُتَرَبِّصِينَ - أَمْ تَاْمُرُهُمْ اَحْلاَمُهُمْ بِهٰذَا اَمْ هُمْ قَوْمٌ طَاغُونَ - اَمْ يَقُولُونَ تَقَوَّلَهُ بَلْ لاَ يُؤْمِنُونَ - فَلْيَاْتوُا بِحَدِيثٍ مِثْلِهِ اِنْ كَانُوا صَادِقِينَ - اَمْ خُلِقُوا مِنْ غَيْرِ شَىْءٍ اَمْ هُمُ الْخَالِقُونَ - اَمْ خَلَقُوا السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضَ بَلْ لاَيوُقِنُونَ - اَمْ عِنْدَهُمْ خَزَاۤئِنُ رَبِّكَ اَمْ هُمُ الْمُصَيْطِرُونَ - اَمْ لَهُمْ سُلَّمٌ يَسْتَمِعُونَ فِيهِ فَلْيَأْتِ مُسْتَمِعُهُمْ بِسُلْطَانٍ مُبِينٍ - اَمْ لَهُ الْبَنَاتُ وَلَكُمُ الْبَنُونَ - اَمْ تَسْئَلُهُمْ اَجْرًا فَهُمْ مِنْ مَغْرَمٍ مُثْقَلُونَ - اَمْ عِنْدَهُمُ الْغَيْبُ فَهُمْ يَكْتُبوُنَ - اَمْ يُرِيدُونَ كَيْداً فَالَّذِينَ كَفَرُوا هُمُ الْمَكِيدُونَ - اَمْ لَهُمْ اِلٰهٌ غَيْرُ اللهِ سُبْحَانَ اللهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ
Xullas, shu oyatning minglab haqiqatlaridan yolg’iz anglatish bayoniga misol uchun bir haqiqatini izoh etamiz. Shundayki: اَمْ ، اَمْ lafzi ila o’n besh tabaqa istifhomi inkori taajjubiy ila zalolat ahlining butun qismlarini jim qilar va shubhalarning butun asoslarini yopar. Zalolat ahli uchun ichiga kirib saqlanadigan shaytoniy bir tuynuk qoldirmas, yopar. Ostiga kirib yashirinadigan bir zalolat pardasi qoldirmas, yirtar. Ilonlaridan hech bir ilonni qoldirmas, boshini ezar. Har bir parchada bir toifaning kufriy fikr xuloslarini yo bir qisqa ta`bir ila yo’q qilar. Yo ochiq botil bo’lganidan sukut ila ochiq botilga havola etar yoki boshqa oyatlarda tafsilan rad etilgani uchun bu yerda qisqacha ishora etar. Masalan: Birinchi ifoda وَمَا عَلَّمْنَاهُ الشِّعْرَ وَمَا يَنْبَغِى لَهُ oyatiga ishora etar. O’n beshinchi ifoda esa لَوْ كَانَ فِيهِمَاۤ اٰلِهَةٌ اِلاَّ اللهُ لَفَسَدَتَا oyatiga ramz etar. Yana boshqa ifodalarni bunga qiyos et. Shundayki: Boshda deydi: "Allohning hukmlarini tablig’ et. Sen kohin emassan. Zero kohinning so’zlari chalkash va taxminiydir. Seniki haq va yaqiniydir. Majnun bo’lolmaysan, dushmaning ham sening aqling kamoliga shahodat etadi.
أَمْ يَقُولُونَ شَاعِرٌ نَتَرَبَّصُ بِهِ رَيْبَ الْمَنُونِ
Ayo, ajabo muhokamasiz omi kofirlar kabi senga shoir deydilarmi? Sening halokatingni kutmoqdalarmi? Sen ayt: "Kutinglar. Men ham kutmoqdaman". Sening porloq buyuk haqiqatlaring she`rning xayollaridan pok va ziynatlariga ehtiyojsizdir.
أَمْ تَاْمُرُهُمْ اَحْلاَمُهُمْ بِهٰذَا Yoxud; ajabo aqllariga ishongan aqlsiz faylasuflar kabi, "aqlimiz bizga yetar" deb senga ergashishdan chekinadilarmi? Holbuki aql esa senga ergashishni amr etar. Chunki butun deganing ma`quldir. Faqat aql bir o’zi unga yetisholmas.
اَمْ هُمْ قَوْمٌ طَاغُونَ Yoxud: Inkorlariga sabab osiy zolimlar kabi Haqqa bosh egmasliklarimidir! Holbuki jabbor zolimlarning raislari bo’lgan Fir`avnlarning, Namrudlarning oqibatlari ma`lumdir.
اَمْ يَقُولُونَ تَقَوَّلَهُ بَلْ لاَ يُؤْمِنُونَ Va yoxud: Yolg’onchi, vijdonsiz munofiqlar kabi "Qur`on sening so’zlaringdir" deya senga tuhmat etmoqdalarmi?! Holbuki, hozirga qadar senga Muhammad-ul Amin deb ichlarida seni eng to’g’ri so’zli bilar edilar. Demak ularning iymonga niyatlari yo’qdir. Bo’lmasa Qur`onning basharning asarlari ichra bir o’xshashini topsinlar.
اَم خُلِقُوا مِنْ غَيْرِ شَىْءٍ Va yoxud: Koinotni foydasiz va g’oyasiz e`tiqod etgan abassiyun faylasuflari kabi o’zlarini qarovsiz-egasiz, hikmatsiz, g’oyasiz, vazifasiz, Xoliqsiz deb o’ylaydilarmi! Ajabo, ko’zlari ko’r bo’lgan, ko’rmaydilarmiki, koinot boshdan oxiriga qadar hikmatlar ila bezalgan va g’oyalar ila mevadordir va mavjudot zarralardan quyoshlarga qadar vazifalar ila mashg’uldir va Ilohiy amrlarga musahhardirlar.
Аудио мавжуд эмас