So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 262
(252-310)
Beshinchi Nuqta: Bayonidagi hashamatdir. Ya`ni, ustunlik va matonat va haybatdir. Qandayki nazmida jazolat, lafzida fasohat, ma`nosida balog’at, uslubida badoat bor. Bayonida ham yuksak bir baroat bordir. Ha, targ’ib va tarhib, madh va yomonlash, isbot va irshod, ishontirmoq va anglatmoq kabi butun so’zning qismlarida va xitob tabaqalarida Qur`on bayonlari eng yuksak martabadadir.
Masalan: Targ’ib va tashviq maqomida hadsiz misollaridan, masalan Sura-i
هَلْ اَتٰى عَلَى اْلاِنْسَانِ da bayonoti,(Izoh1) obi kavsar kabi xush, salsabil chashmasi kabi salosat ila oqar, jannat mevalari kabi shirin, huriy libosi kabi go’zaldir.
Tarhib va tahdid maqomidada juda ko’p misollaridan masalan: هَلْ اَتٰيكَ حَدِيثُ الْغاَشِيَةِ surasining boshida Qur`on bayonlari zalolat ahlining qulog’iga qaynagan qalay kabi, miyasiga yoqqan otash kabi, tiliga yongan zaqqum kabi, yuziga tashlangan jahannam kabi, me`dasiga achchiq, tikanli daraxt kabi ta`sir etar. Ha, bir zotning tahdidini ko’rsatgan Jahannam kabi bir azob ma`muri jahlidan va g’azabidan parchalanmoq vaziyatini olishi va تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ الْغَيْظِ aytishi, ayttirishi u zotning tarhibi qay daraja dahshatli bo’lganini ko’rsatar.
Madh maqomining minglab misollaridan boshida "Alhamdulillah" bo’lgan besh surada Qur`on bayonlari Quyosh kabi porloq,(Izoh2) yulduz kabi ziynatli, samovot va zamin kabi hashamatli, malaklar kabi sevimli, dunyoda bolalarga rahmat kabi shafqatli, oxiratda Jannat kabi go’zaldir.
Yomonlash va ta`qiqlash maqomida minglab misollaridan masalan:
اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ اَخِيهِ مَيْتًا
oyatida yomonlashni olti daraja yomonlar. G’iybatdan olti daraja shiddat ila man etar. Shundayki: Ma`lumdir, oyatning boshidagi hamza so’ramoq (ajabo) ma`nosidadir. U so’ramoq ma`nosi suv kabi oyatning butun kalimalariga kirar. Xullas, birinchi hamza ila deydi: (Ajabo) savol va javob o’rni bo’lgan aqlingiz yo’qmikan, bu daraja chirkin bir narsani tushunmaydi? Ikkinchisi: يُحِبُّ lafzi ila deydi: Ajabo, sevmoq, nafrat etmoq o’rni bo’lgan qalbingiz buzilganmikin, eng nafrat etiladigan bir ishni sevar? Uchinchisi: اَحَدُكُمْ kalimasi ila deydi: Jamoatdan hayotini olgan ijtimoiy va madaniy hayotingiz nima bo’lganki, bunday hayotingizni zaharlagan bir amalni qabul etar? To’rtinchisi:
اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ kalomi ila deydi: Insoniyatingiz nima bo’lganki, bunday jonivorchasiga do’stingizni tish ila parchalamoqdasiz? Beshinchisi: اَخِيهِ kalimasi ila deydi: Hech jinsiy shafqatingiz, hech siyla-i rahmingiz yo’qmikin, bunday ko’p jihatlar ila do’stingiz bo’lgan bir mazlumning ma`naviy shaxsini insofsizcha tishlaysiz? Hech aqlingiz yo’qmikin, o’z a`zongizni o’z tishingiz ila devona kabi tishlaysiz? Oltinchisi: مَيْتًا kalomi ila deydi: Vijdoningiz qayerda? Fitratingiz buzilganmikin, eng muhtaram bir holda bir do’stiga qarshi go’shtini yemoq kabi eng nafratli bir ish qilinmoqda? Demak yomonlash va g’iybat aqlan, qalban va insoniyatan va vijdonan va fitratan va asabiyatan va milliyatan yomonlangandir. Endi boq! Qanday shu oyat ijozkorona olti martaba yomonlashni yomonlamoq ila i`jozkorona olti daraja u gunohdan man etar.
--------------------------------------------------------------------
(Izoh1) Shu bayon uslubi u suraning ma`nosining libosini kiygan.
(Izoh2) Shu ta`birlarda u suralardagi baxslarga ishora bor.
Аудио мавжуд эмас