So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 259
(252-310)
Masalan:
اِذاَ السَّمَاۤءُ انْشَقَّتْ - وَاَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ - وَاِذاَ اْلاَرْضُ مُدَّتْ - وَاَلْقَتْ مَا فِيهَا وَتَخَلَّتْ - وَاَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ
Ko’k va zaminning Janobi Haqning amriga qarshi bo’yin egish darajasi va itoatlarini shunday oliy bir uslub ila bayon etarki: Qandayki bir qo’mondoni a`zam mujohada va o’quv amaliyoti va askarlikka olish qismlari kabi mujohadaga lozim ishlar uchun ikki doirani tashkil etib ochgan. U mujohada, u muomala ishi bitgandan so’ng u ikki doirani boshqa ishlarda qo’llamoq va o’zgartirib iste`mol etmoq uchun u qo’mondoni a`zam u ikki doiraga yuzlanar. U doiralarning har birisi xodimlari lisoni ila yoki nutqqa kelib o’z lisoni ila derki: "Ey qo’mondonim! Biroz muhlat berki, eski ishlarning mayda-chudalarini, axlatlarini tozalab tashqari otay, so’ngra tashrif eting. Mana otib sening amringga hozir turmoqdamiz. Marhamat, nima qilsangiz qiling. Sening amringga muntazirmiz. Sening qilgan ishlaring butun haq, go’zal, foydadir". Xuddi shuning kabi: Samovot va Arz bunday ikki taklif doirasi va tajriba va imtihon uchun ochilgandir. Muddat bitgandan so’ng Samovot va Arz taklif doirasiga oid ashyolarni Allohning amri ila bartaraf etar. Derlar: "Yo Rabbana! Marhamat, nima uchun bizni ishlatsang ishlat. Haqqimiz senga oiddir. Har qilgan ishing ham haqdir". Xullas, jumlalaridagi uslubning hashamatiga boq, diqqat et.
Ham masalan: يَا اَرْضُ ابْلَعِى مَاءَ كِ وَيَا سَمَاءُ اَقْلِعِى وَغِيضَ الْمَاءُ وَقُضِىَ اْلاَمْرُ وَاسْتَوَتْ عَلَى الْجُودِىِّ وَقِيلَ بُعْدًا لِلْقَوْمِ الظَّالِمِينَ
Xullas, shu oyatning balog’ati dengizidan bir qatraga ishora uchun bir uslubini bir tamsil oynasida ko’rsatamiz. Qandayki bir urushda bir qo’mondon zafardan so’ng o’q otgan bir qo’shiniga "Otishni to’xtat!" va hujum etgan boshqa bir qo’shiniga "To’xta!" deb amr etar. U onda otish to’xtalar, hujum to’xtar. "Ish tugadi, istilo etdik. Bayrog’imiz dushmanning markazlarida yuksak qal`alarining boshida o’rnatildi. Asfali sofiliynga ketgan u adabsiz zolimlar jazolarini topdilar" deydi.
Aynan shuning kabi: Podshohi Bemisol Nuh (A.S.) qavmining mavhi uchun Samovot va Arzga amr bergan. Vazifalarini qilgandan so’ng farmon etadi: Ey Arz! Suvingni yut. Ey samo! To’xta, ishing bitdi. Suv chekildi. Tog’ning boshida Alloh ma`murining chodir vazifasini ko’rgan kemasi qurildi. Zolimlar jazolarini topdilar. Xullas, shu uslubning yuksakligiga boq. "Zamin va ko’k ikki mute askar kabi amr tinglaydilar, itoat etadilar"- deydi. Xullas, shu uslub ishora etadiki, insonning isyonidan koinot g’azablanadi. Samovot va Arz hiddatga keladilar va shu ishora ila deydiki: "Yer va ko’k ikki mute askar kabi amrlariga boqqan bir zotga isyon etilmas, etilmasligi kerak". Dahshatli bir ta`qiqlashni ifoda etar. Xullas, to’fon kabi bir umumiy hodisani butun natijalari ila, haqiqatlari ila bir nechta jumlada ijozli, i`jozli, jamolli, ijmolli bir tarzda bayon etar. Shu dengizning boshqa qatralarini shu qatraga qiyos et.
Hozir kalimalarning derazalari ila ko’rsatgan uslubga boq. Masalan:
وَالْقَمَرَ قَدَّرْناَهُ مَناَزِلَ حَتّٰى عَادَ كَالْعُرْجُونِ الْقَديِمِ dagi كَالْعُرْجُونِ الْقَديِمِ kalimasiga boq, naqadar latif bir uslubni ko’rsatadi. Shundayki: Qamarning bir manzili borki, Surayyo yulduzlarining doirasidir. Qamarni hilol vaqtida xurmoning eskirgan oq bir shoxiga tashbeh etar. Shu tashbeh ila samoning yashil pardasi orqasida go’yo bir daraxt mavjudki oq, o’tkir, nuroniy bir shoxi pardani yirtib boshini chiqarib, Surayyo u shoxning bir shingili kabi va boshqa yulduzlar u yashirin xilqat daraxtining bittadan munavvar mevasi bo’lib eshitganning xayoliy bo’lgan ko’ziga ko’rsatmoq ila yashash vositalarining eng muhimi xurmo daraxti bo’lgan sahroda yashovchilarning nazarida naqadar munosib, go’zal, latif, yuksak bir uslubni ifoda bo’lganini zavqing bo’lsa tushunasan.
Аудио мавжуд эмас