So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 257
(252-310)
Yana sen bunga ko’ra qiyos et...
Masalan: الۤمۤ - ذٰلِكَ الْكِتَابُ لاَ رَيْبَ فِيهِ هُدًى لِلْمُتَّقِينَ Shu to’rt jumlaning har birisining ikki ma`nosi bor. Bir ma`no ila boshqa jumlalarga dalildir. Boshqa ma`no ila ularga natijadir. O’n olti munosabat xatlaridan bir i`joziy nazmiy naqsh hosil bo’lar. "Ishorat-ul I`joz"da shunday bir tarzda bayon etilganki, bir i`joziy nazmiy naqshni tashkil etar. O’n Uchinchi So’zda bayon etilgani kabi, go’yo aksar Qur`on oyatlarining har birisi aksar oyatlarning har birisiga boqar bir ko’zi va nozir bir yuzi bordirki, ularga munosabatning ma`naviy xatlarini uzatadi. Bittadan i`joz naqshini to’qiydi. Xullas, "Ishorat-ul I`joz" boshdan oxirigacha bu nazmiy jazolatni sharh etgandir.
Ikkinchi Nuqta: Ma`nosidagi g’aroyib balog’atdir. O’n Uchinchi So’zda bayon qilingan shu misolga boq: Masalan: سَبَّحَ لِلّهِ مَا فِى السَّموَاتِ وَاْلاَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ oyatidagi ma`naviy balog’atni zavq etmoq istasang, o’zingni Qur`on Nuridan avval johiliyat asrida, badaviylik cho’lida faraz etki, hamma narsa johillik va g’aflat zulmati ostida tabiatning o’tmas va qattiq pardasiga o’ralgan bir onda Qur`onning samoviy lisonidan
سَبَّحَ ِللهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضِ
va yoxud
تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَاْلاَرْضُ وَمَنْ فِيهِنَّ
kabi oyatlarni eshit, boq! Qandayki, u o’lgan yoki yotgan bo’lgan olamdagi mavjudot سَبَّحَ , تُسَبِّحُ sadosi ila eshitganlarning zehnida qanday tiriladilar, xushyor bo’ladilar, qiyom etib zikr etadilar. Va u qorong’u ko’k yuzida bittadan o’lik otash parchasi bo’lgan yulduzlar va yerda parishon maxluqlar تُسَبِّحُ hayqirishi ila va nuri ila eshitganning nazarida ko’k yuzi kabi bir og’iz, butun yulduzlar bittadan hikmatli kalima va bittadan haqiqatni ko’rsatgan nur va Yer kurrasi bir bosh va quruqlik va dengiz bittadan lison va butun hayvonot va nabotot bittadan Allohni tasbeh etuvchi kalimalar suratida yuzini ko’rsatar. Masalan: O’n Beshinchi So’zda isbot etilgan shu misolga boq:
يَامَعْشَرَ الْجِنِّ وَاْلاِنْسِ اِنِ اسْتَطَعْتُمْ اَنْ تَنْفُذُوا مِنْ اَقْطَارِ السَّمٰواَتِ وَاْلاَرْضِ فَانْفُذُوا لاَ تَنْفُذُونَ اِلاَّ بِسُلْطَانٍ - فَبِاَىِّ اٰلاَۤءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّباَنِ - يُرْسَلُ عَلَيْكُمَا شُوَاظٌ مِنْ نَارٍ وَنُحَاسٌ فَلاَ تَنْتَصِرَانِ - فَبِاَىِّ اٰلاَۤءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّباَنِ - وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَاۤءَ الدُّنْيَا بِمَصَابِيحَ وَجَعَلْناَهَا رُجُومًا لِلشَّياَطِينِ
oyatlarini tingla, boqki nima demoqda? Demoqdaki: "Ey ojizlik va kichikligi ichra mag’rur va qaysar va zaiflik va faqirligi ichra sarkash va o’jar bo’lgan ins va jin! Amrlarimga itoat etmasangiz qani qo’lingizdan kelsa mulkimning hududidan chiqing! Qanday jasorat qilasizki, shunday bir Sultonning amrlariga qarshi chiqasiz; yulduzlar, oylar, quyoshlar, amrbardor askarlari kabi amrlariga itoat etarlar. Ham tug’yoningiz ila shunday bir Hakiymi Zuljalolga qarshi muboraza qilmoqdasizki, shunday azamatli mute askarlari bor. Farazan shaytonlaringiz chiday olsalar, ularni tog’ kabi zambarak o’qlari ila toshbo’ron qila oladilar. Ham kufroningiz ila shunday bir Maliki Zuljalolning mamlakatida isyon etmoqdasizki, askarlaridan shundaylari borki, siz kabi kichik ojiz maxluqlar emas, balki farzi mahol bo’lib tog’ va Yer kattaligida bittadan kofir dushman bo’lsaydingiz, Yer va tog’ kattaligida yulduzlarni, otashli temirlarni sizga ota olarlar, sizni tarqatib tashlarlar. Ham shunday bir qonunni buzmoqdasizki, u bilan shundaylar bog’liqdirki, agar lozim bo’lsa Yeringizni yuzingizga urar, zambarak o’qlari kabi kurralar misol yulduzlarni ustingizda Allohning izni ila yog’dira olarlar. Yana boshqa oyatlarning ma`nolaridagi quvvat va balog’atni va ifodasining yuksakligini bularga qiyos et.
Аудио мавжуд эмас