So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 254
(252-310)
Uchinchi Qism: Qur`on asrlari farqli bo’lgan butun anbiyolarning kitoblarini va mashrablari farqli bo’lgan butun avliyolarning risolalarini va maslaklari farqli bo’lgan butun asfiyolarning asarlarini ijmolan ichiga olgan va olti tomoni porloq va vahimlar va shubhalarning zulmatidan musaffo va tayanch nuqtasi ochiqchasiga samoviy vahiy va azaliy kalom.. va nishoni va g’oyasi shubhasiz abadiy saodat.. ichi shaksiz xolis hidoyat.. usti albatta iymon nurlari.. osti biilmalyaqiyn dalil va burhon.. o’ng tomoni tajriba ila qalb va vijdon taslimi.. so’l tomoni biaynalyaqiyn aql va idrok taslimi... Mevasi bihaqqalyaqiyn Rahmon rahmati va Jannat yurtlari... Maqomi va qiymati bilhads-us sodiq malak va inson va jinlarning maqbuli bo’lgan bir Samoviy kitobdir.
Qur`onning ta`rifiga doir uch qismidagi sifatlarning har biri boshqa yerlarda qat`iy isbot etilgan yoki isbot etiladi. Da`vomiz yolg’iz emas, har birisi qat`iy burhon ila isbotlangandir.
BIRINCHI SHU`LA: Bu shu`laning uch shuasi bor.
BIRINCHI SHUA: I`joz darajasida Qur`on balog’atidir. U balog’at esa nazmning jazolatidan va matonatining go’zalligidan va uslublarining badoat, g’arib va mustahsanligidan va bayonining hashamatidan, ustunligi va pokligidan va ma`nolarining quvvat va haqqoniyatidan va lafzining fasohatidan, salosatidan tavallud etgan bir g’aroyib balog’atdirki, bani Odamdan eng dohiy adiblarini, eng g’aroyib xatiblarini, eng chuqur ilmli olimlarini muorazaga da`vat etib bir ming uch yuz yildir maydonga chaqirmoqda, ularning tomirlariga shiddat ila tegmoqda. Muorazaga da`vat etgani holda, kibr va g’ururlaridan boshini samovotga urgan u dohiylar unga muoraza uchun og’iz ocholmasdan to’liq bir zillat ila bo’yin egdilar. Xullas, balog’atidagi i`joz jihatiga ikki surat ila ishora etamiz:
Birinchi Surat: I`jozi bordir va mavjuddir. Chunki Jazirat-ul Arab aholisi u asrda mutlaq aksariyat e`tibori ila ummiy edi. Ummiyliklari uchun faxrlanadigan narsalarini va tarixiy voqealarini va axloq go’zalligiga yordam beradigan zarbul masallarini yozmoq o’rniga she`r va balog’at qaydi ila muhofaza etar edilar. Ma`noli bir kalom she`r va balog’at jozibasi ila avvalgilardan kelajak nasllarga hofizalarda qolib ketar edi. Xullas, shu fitriy ehtiyoj natijasi bo’lib u qavmning ma`naviy tijorat bozorlarida eng ziyoda rivoj topgan fasohat va balog’at moli edi. Hatto bir qabilaning balig’ bir adibi eng buyuk bir milliy qahramoni kabi edi. Eng ziyoda u bilan faxrlanar edilar. Xullas, Islomiyatdan so’ng olamni zakovatlari ila idora etgan u zakovatli qavm shu eng rivojli va faxrlanish sabalari va unga shiddatli ehtiyoj ila muhtoj bo’lgan balog’atda dunyodagi millatlardan eng oldinda va eng yuksak martabada edilar. Balog’at shu qadar qiymatdor ediki, bir adibning bir so’zi uchun ikki qavm katta urush qilar edi va bir so’zi ila yarashar edilar. Hatto ularning ichida "Muallaqoti Sab`a" nomi ila yetti adibning yetti qasidasini oltin ila Ka`baning devorlariga yozgan edilar, u bilan faxrlanar edilar. Xullas, shunday bir zamonda, balog’at eng rivojlangan bir onda Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayon nozil bo’ldi. Qandayki Muso Alayhissalom zamonida sehr va Iso Alayhissalom zamonida tib rivojda edi. Mo’`jizalarning muhimi u jinsdan keldi. Ana o’sha payt Arab balig’larini eng qisqa bir surasiga muqobalaga da`vat etdi: وَاِنْ كُنْتُمْ فِى رَيْبٍ مِمَّا نَزَّلْنَا عَلَى عَبْدِنَا فَاْتُوا بِسُورَةٍ مِنْ مِثْلِهِ farmoni ila ularga qarshi chiqadi. Ham deydiki: "Iymon keltirmasangiz mal`unsizlar. Jahannamga kirasizlar". Tomirlariga shiddat ila uradi. G’ururlarini dahshatli suratda sindiradi. U kibrli aqllarini yerga uradi. Ularni boshida abadiy i`dom ila va so’ngra esa Jahannamda abadiy i`dom ila barobar dunyoviy i`dom ila ham mahkum etadi. Deydi: "Yo muoraza eting, yoxud jon va molingiz halokatdadir".
Аудио мавжуд эмас