So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 253
(252-310)
Qur`on Mo’`jizalari Risolasi

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ
قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ اْلاِنْسُ وَالْجِنُّ عَلَى اَنْ يَاْتُوا بِمِثْلِ هذَا اْلقُرْآنِ لاَ يَاْتُونَ بِمِثْلِهِ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيرًا
Mo’`jizalar xazinasi va Hz.Muhammadning (S.A.V.) eng buyuk mo’`jizasi bo’lgan Qur`oni Hakiymi Mo’`jiz-ul Bayonning hadsiz i`joz jihatlaridan qirqqa yaqin i`joz jihatlariga arabiy risolalarimda va arabiy Risola-i Nurda va "Ishorat-ul I`joz" nomidagi tafsirimda va o’tgan shu yigirma to’rt So’zlarda ishoralar etganmiz. Hozir ulardan yolg’iz besh jihatini bir daraja bayon va boshqa jihatlarni ichlarida ijmolan kirgizib va bir muqaddima ila uning ta`rif va mohiyatiga ishora etamiz.
Muqaddima uch qismdir.
Birinchi qism: Qur`on nimadir? Ta`rifi qandaydir?
Javob: (O’n To’qqizinchi So’zda bayon etilgani va boshqa so’zlarda isbot etilgani kabi) Qur`on shu koinot buyuk kitobining bir azaliy tarjimasidir.. va taqviniy oyatlarni o’qigan turli-tuman dalillarning abadiy tarjimoni.. va shu g’ayb olami va shahodat olami kitobining mufassiri... Va zaminda va ko’kda yashirin Alloh ismlarining ma`naviy xazinalarining kashshofi.. va hodisalar satrlari ostida yashirin haqiqatlarning kaliti.. va shahodat olamida g’ayb olamining lisoni.. va shu shahodat olami pardasi orqasida bo’lgan g’ayb olami tarafidan kelgan Rahmoniy abadiy iltifotlar va Subhoniy azaliy xitobning xazinasi.. va shu Islomiyat ma`naviy olamining quyoshi, poydevori, andazasi.. va oxirat olamlarining muqaddas xaritasi... Va zot va sifatlar va ismlar va Ilohiy shuunlarni sharhlagan so’zi, ochiq tafsiri, qat`iy burhoni, porloq tarjimoni... Va shu insoniyat olamining murabbiysi.. va insoniyati kubro bo’lgan Islomiyatning suv va ziyosi.. va navi basharning haqiqiy hikmati.. va insoniyatni saodatga chorlagan haqiqiy murshidi va hidoyatchisi... va insonga ham bir shariat kitobi, ham bir duo kitobi, ham bir hikmat kitobi, ham bir ubudiyat kitobi, ham bir amr va da`vat kitobi, ham bir zikr kitobi, ham bir fikr kitobi, ham butun insonning butun ma`naviy ehtiyojlariga marji bo’ladigan ko’p kitoblarni ichiga olgan yagona, jome` muqaddas bir kitobdir. Ham butun avliyo va siddiqiyn va oriflar va muhaqqiqiynning farqli mashrablariga va boshqa-boshqa maslaklariga har biridagi mashrabning zavqlariga loyiq va u mashrabni oydinlattiradigan va har bir maslakning g’oyasiga muvofiq va uni tasvir etadigan bittadan risola ko’rsatgan muqaddas bir kutubxona hukmida bir Samoviy Kitobdir.
Ikkinchi qism va ta`rifning yakuni: Qur`on arshi a`zamdan, ismi a`zamdan, har ismning eng buyuk martabasidan kelgani uchun, (O’n Ikkinchi So’zda bayon va isbot etilgani kabi) Qur`on butun olamlarning Rabbi e`tibori ila Allohning kalomidir. Ham butun mavjudotning Ilohi unvoni ila Allohning farmonidir. Ham butun Samovot va Arzning Xoliqi nomiga bir xitobdir. Ham mutlaq rububiyat jihatida bir muqolamadir. Ham Subhoniy umumiy saltanat hisobiga bir azaliy xutbadir. Ham hamma narsani qamragan keng rahmat nuqta-i nazarida bir Rabboniy iltifotlar daftaridir. Ham uluhiyat hashamatining azamati e`tibori ila boshlarida ba`zan kalit so’z bo’lgan bir xabarlashish majmuasidir. Ham ismi a`zamning muhitidan nozil bo’lmoq ila arshi a`zamning butun qoplagan maydoniga boqqan va boshqargan hikmatfashon bir Muqaddas Kitobdir. Va shu sirdandirki "Kalomulloh" unvoni mukammal loyiqlik ila Qur`onga berilgan va doimo ham beriladi. Qur`ondan so’ng boshqa anbiyolarning kitob va sahifalarning darajasi keladi. Boshqa nihoyatsiz Ilohiy Kalomlarning esa bir qismi ham xos bir e`tibor ila, juz`iy bir unvon ila, xususiy bir tajalliy ila, juz`iy bir ism ila va xos bir rububiyat ila va maxsus bir saltanat ila va xususiy bir rahmat ila zohir bo’lgan ilhomlar suratida bir muqolamadir. Malak va bashar va hayvonotning ilhomlari kulliyat va xususiyat e`tibori ila ko’p farqlidir.
Аудио мавжуд эмас