So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 256
(252-310)
Ozlikni ifoda etar. عَذَابِ lafzi quvvatli ishkanja, shiddatli azobga nisbatan yengil bir navi jazodirki, ozlikka ishora etar. رَبِّكَ lafzi Qahhor, Jabbor, Muntaqimga badal yana shafqatni his ettirmoq ila ozlikka ishora etadi. Xullas, bu qadar ozlikdagi bir parcha azob bunday ta`sirli bo’lsa, Allohning shiddatli azobi naqadar dahshatli bo’lar qiyos qila olasiz deya ifoda etar. Xullas, shu jumlada kichik qismlar qanday bir-biriga boqib yordam berar. Kulliy maqsadni har biri o’z lisoni ila quvvatlantirar. Shu misol bir daraja lafz va maqsadga boqar.
Ikkinchi misol: وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ Shu jumlaning qismlari sadaqaning qabul shartlarining beshiga ishora etar.
Birinchi shart: Sadaqani muhtoj bo’lmaslik darajada sadaqa bermoqki وَمِمَّا lafzidagi مِنْ ni bo’lmoq ila u shartni ifoda etar.
Ikkinchi shart: Alidan olib Valiga bermoq emas, balki o’z molidan bermoqdir. Shu shartni رَزَقْنَاهُمْ lafzi ifoda etadi. "Sizga rizq bo’lgandan bering" demoqdir.
Uchinchi shart: Minnat etmaslikdir. Shu shartga رَزَقْنَا dagi نَا lafzi ishora etar. Ya`ni "Men sizga rizqni bermoqdaman. Mening molimdan mening abdimga berishda minnatingiz yo’qdir."
To’rtinchi shart: Shunday odamga bersinki, nafaqasiga sarf etsin. Bo’lmasa safohatga sarf etadiganlarga sadaqa maqbul bo’lmas. Shu shartga يُنْفِقُونَ lafzi ishora etadi.
Beshinchi shart: Alloh nomiga bermoqdirki, رَزَقْنَاهُمْ ifoda etmoqda. Ya`ni "Mol menikidir, mening nomim ila berishingiz kerak". Shu shartlar ila barobar bir kengaytirish ham bor. Ya`ni: Sadaqa qanday mol ila bo’lar. Ilm ila ham bo’lar. So’z ila, fe`l ila, nasihat ila ham bo’ladi. Mana shu qismlarga مِمَّا lafzidagi مَا umumiyati ila ishora etadi. Ham shu jumla ham shaxsan o’zi ishora etadi. Chunki mutlaqdir, umumni ifoda etar. Xullas, sadaqani ifoda etgan shu qisqacha jumlada besh shart ila barobar keng bir doirasini aqlga ehson etadi. Shakli ila his ettiradi. Xullas, shaklda bunday juda ko’p nazmlar bor. Kalimalarning ham bir-biriga qarshi aynan keng bunday bir nazmiy doirasi bor. So’ngra so’zlarning ham, masalan: قُلْ هُوَ اللهُ أَحَدٌ da olti jumla bor. Uchi musbat, uchi manfiy. Olti tavhid martabasini isbot etmoq ila barobar shirkning olti turini rad etadi. Har bir jumlasi boshqa jumlalarga ham dalil bo’ladi, ham natija bo’ladi. Chunki har bir jumlaning ikki ma`nosi bor. Bir ma`no ila natija bo’ladi, bir ma`no ila esa dalil bo’ladi. Demak Ixlos Surasida o’ttiz Ixlos Surasi qadar muntazam, bir-birini isbot etadigan dalillardan tashkil topgan suralar bordir. Masalan:

قُلْ هُوَ اللهُ: ِلاَنَّهُ اَحَدٌ، ِلاَنَّهُ صَمَدٌ، ِلاَنَّهُ لَمْ يَلِدْ، ِلاَنَّهُ لَمْ يُولَدْ،
ِلاَنَّهُ لَمْ يَكُنْ لَهُ كُفُوًا اَحَدٌٌ
Ham: وَلَمْ يَكُنْ لَهُ كُفُوًا اَحَدٌ: ِلاَنَّهُ لَمْ يُولَدْ، ِلاَنَّهُ لَمْ يَلِدْ، ِلاَنَّهُ صَمَدٌ،
ِلاَنَّهُ اَحَدٌ، ِلاَنَّهُ هُوَ اللهُ
Ham: هُوَ اللهُ فَهُوَ اَحَدٌ، فَهُوَ صَمَدٌ، فَاِذاً لَمْ يَلِدْ، فَاِذاً لَمْ يُولَدْ،
فَاِذًا لَمْ يَكُنْ لَهُ كُفُوًا اَحَدٌ
Аудио мавжуд эмас