So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 267
(252-310)
O’zlariga shafoatchi deb o’ylaydilarmiki, senga tobe bo’lmaydilar? Inson kabi imkon dohilida bo’lgan, foniy, navining davomiga muhtoj va jismoniy va parchalana olgan, ko’payishga iste`dodli va ojiz, dunyoparast, yordamchi bir vorisga mushtoq maxluqlar uchun ko’payish va yordamlashish vositasi va hayot va baqo robitasi bo’lgan nasl yetishtirmoq, albatta va albatta vujudi vojib va doim, baqosi azaliy va abadiy, zoti jismoniyatdan mujarrad va muallo va mohiyati bo’linish va ko’payishdan munazzah va mubarro va qudrati ojizlikdan muqaddas va tengsiz bo’lgan Zoti Zuljalolga avlod nisbat etmoq, ham u ojiz, imkon dohilida bo’lgan, miskin insonlar ham yoqtirmaganlari va mag’rur izzatiga munosib ko’rmaganlari bir navi avlod ya`ni hadsiz qizlarni nisbat etmoq shunday bir safsatadir va shunday bir devonalik xazayonidirki, u fikrda bo’lgan hariflarning yolg’onlari, inkorlari hechdir. Ularga e`tibor berma. Har bir ahmoqning safsatasiga, har devonaning xazayoniga quloq solinmas.
اَمْ تَسْئَلُهُمْ اَجْرًا فَهُمْ مِنْ مَغْرَمٍ مُثْقَلُونَ Va yoxud: Hirsga, baxillikka o’rgangan osiy, zolim dunyoparastlar kabi sening takliflaringni og’ir ko’rmoqdalarmiki, sendan qochmoqdalar va bilmaydilarmiki, sen mukofotingni, haqqingni yolg’iz Allohdan istamoqdasan va ularga Janobi Haq tarafidan berilgan moldan ham baraka, ham faqirlarning hasad va badduolaridan qutulmoq uchun yo o’ndan yoki qirqdan birini o’z faqirlariga bermoq og’ir bir narsamidirki, zakot amrini og’ir ko’rib Islomiyatdan chekinmoqdalar? Bularning yolg’onlari ahamiyatsiz bo’lmoq ila barobar, haqlari ta`zirdir. Javob bermoq emas...
اَمْ عِنْدَهُمُ الْغَيْبُ فَهُمْ يَكْتُبوُنَ Va yoxud: G’aybni bilishni da`vo etgan Buddistlar kabi va g’aybiy ishlarga doir taxminlarini yaqiyn deb o’ylagan aqlfurushlar kabi sening g’aybiy xabarlaringni yoqtirmayotilarmi? G’aybiy kitoblari bormiki, sening g’aybiy kitobingni qabul etmayotilar. Unday bo’lsa, vahiyga mazhar rasullardan boshqa hech kimga ochilmagan va o’zicha unga kirishga hech kimning haddi bo’lmagan g’ayb olami o’z yonlarida hozir, ochiq deb o’ylab undan ma`lumot olib yozmoqdalar xayolidadirlar. Bunday haddidan hadsiz tajovuz etgan mag’rur xudfurushlarning yolg’onlashlari senga umidsizlik bermasin. Zero oz bir zamonda sening haqiqatlaring ularning xayollarini ostin-ustun etajak.
اَمْ يُرِيدُونَ كَيْداً فَالَّذِينَ كَفَرُوا هُمُ الْمَكِيدُونَ Va yoxud: Fitratlari buzilgan, vijdonlari chirigan yolg’onchi munofiqlar, dassos dinsizlar kabi qo’llariga o’tmagan hidoyatdan xalqlarni aldatib qaytarmoq, hiyla qilib o’girmoq istaydilarmiki, senga qarshi goh kohin, goh majnun, goh sehrgar deb, o’zlari ham ishonmaganlari holda boshqalarini ishontirmoq istaydilarmi? Bunday hiylaboz yolg’onchilarni inson sanab dasisalaridan, inkorlaridan xafa bo’lib umidsiz bo’lma. Balki yanada ziyoda g’ayrat et. Chunki ular o’z nafslariga hiyla qiladilar, o’zlariga zarar qiladilar va ularning yomonlikda muvaffaqiyatlari vaqtinchalikdir va istidrojdir, Allohning bir makridir.
اَمْ لَهُمْ اِلٰهٌ غَيْرُ اللهِ سُبْحَانَ اللهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ Va yoxud: Yaxshilik yaratuvchisi va yomonlik yaratuvchisi nomi ila boshqa-boshqa ikki iloh deb vahima qilgan Majusiylar kabi va boshqa-boshqa sabablarga bir navi ubudiyat bergan va ularni o’zlariga bittadan tayanch nuqtasi xayol etgan sababparstlar, sanamparastlar kabi boshqa ilohlarga tayanib senga qarshi chiqadilarmi? Sendan istig’no etmoqdalarmi? Demak لَوْ كَانَ فِيهِمَاۤ اٰلِهَةٌ اِلاَّ اللهُ لَفَسَدَتَا hukmicha, shu butun koinotda kunduz kabi ko’ringan bu eng mukammal intizomni, bu eng mukammal tartibni ko’r bo’lib ko’rmayotirlar. Holbuki bir qishloqda ikki rais, bir shaharda ikki hokim, bir mamlakatda ikki podshoh bo’lsa, intizom chil parchin bo’lar va tartib ostin-ustun bo’lar. Holbuki chivin qanotidan to samovot qandillariga qadar shu daraja nozik bir intizom ko’rsatilganki, chivin qanoti qadar shirkka yer qoldirilmagan. Modomiki bular bu daraja aql va hikmatga zid va tuyg’ularga va yaqqol haqiqatlarga zid harakat etmoqdalar. Ularning yolg’onlashlari seni da`vatdan voz kechirmasin".
Аудио мавжуд эмас