So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 270
(252-310)
Masalan اَنَّ السَّموَاتِ وَاْلاَرْضَ كَانَتَا رَتْقًا فَفَتَقْنَاهُمَا dagi رَتْقًا kalimasi falsafa tadqiqoti ila kirlanmagan bir olimga u kalima shunday anglatarki: Samo porloq, bulutsiz; zamin quruq va hayotsiz, tavalludga qobiliyatsiz bir holda ekan.. samoni yomg’ir ila, zaminni o’simliklar ila fath etib bir navi uylanish va ko’payish suratida butun jonlilarni u suvdan xalq etmoq shunday bir Qodiyri Zuljalolning ishidirki, ro’yi zamin uning kichik bir bo’stoni va samoning yuz pardasi bo’lgan bulutlar uning bo’stonida bir dastmoldir anglar, qudratining azamatiga sajda etar. Va muhaqqiq bir hakimga u kalima shunday ma`no berarki: Yaratilishning boshida samo va arz shaklsiz bittadan yig’in va manfaatsiz bittadan ho’l xamir, bolasiz maxluqotsiz yig’ilgan bittadan modda ekan, Fotiri Hakiym ularni ochib va yoyib go’zal bir shakl, manfaatdor bittadan surat, ziynatli va kasratli maxluqotga manba etgandir anglar. Hikmatining kengligiga qarshi hayron bo’lar. Yangi zamonning faylasuflariga shu kalima shunday ma`no berarki: Quyosh sistemasini tashkil etgan kurramiz, boshqa sayyoralar boshida Quyosh ila birlashgan bo’lib ochilmagan bir xamir shaklida ekan, Qodiyri Qayyum u xamirni ochib, u sayyoralarni bir-bir joylariga joylashtirib, Quyoshni u yerda qoldirib, zaminimizni bu yerga keltirib, zaminga tuproq yoyib, samo tomonidan yomg’ir yog’dirib, Quyoshdan ziyo sochtirib dunyoni jonlantirib bizlarni ichiga qo’ygandir anglar, boshini tabiat botqoqligidan chiqarar, "Amantu billahil Vahid-il Ahad" der.
Masalan: وَالشَّمْسُ تَجْرِى لِمُسْتَقَرٍّ لَهَا dagi "Lom" ham o’z ma`nosini, ham "fi" ma`nosini, ham "ila" ma`nosini ifoda etar. Xullas لِمُسْتَقَرٍّ ning "Lom"i, avom u "Lom"ni "ila" ma`nosida ko’rib fahm etarki, sizga nisbatan ishiq beruvchi, isintiruvchi harakatlanuvchi bir chiroq bo’lgan Quyosh, albatta bir kun sayri bitar, qaror yeriga yetishar, sizga foydasi tegmaydigan bir surat oladi, anglar. U ham Xoliqi Zuljalolning Quyoshga bog’lagan buyuk ne`matlarni tushunib "Subhanalloh, Alhamdulillah" der. Va olimga ham u "Lom"ni "ila" ma`nosida ko’rsatar. Faqat Rabboniy to’qimalarning bir mokkisi kecha-kunduz sahifalarida yozilgan Samadoniy maktublarning siyohi, nur bir siyohdoni suratida tasavvur etib Quyoshning ko’rinishdagi jarayoni alomat bo’lgani va ishora etgan olamning intizomini o’ylattirib Sone`i Hakiymning san`atiga "Mashaalloh" va hikmatiga "Barakalloh" deb sajdaga borar. Va astronom bir faylasufga "lom"ni "fi" ma`nosida shunday anglatarki: Quyosh o’z markazida va o’qi ustida zambarak kabi bir jarayon ila manzumasini Allohning amri ila tartiblab harakatlantirar. Shunday eng katta bir soatni xalq etib tartiblagan Sone`i Zuljaloliga qarshi kamoli hayrat va tahsin ila "Al-azamatu lillah val qudratu lillah" der, falsafani otar, Qur`on hikmatiga kirar. Va diqqatli bir hakimga shu "lom"ni ham illat ma`nosida, ham zariflik ma`nosida saqlab shunday anglatarki: "Sone`i Hakiym ishlariga zohiriy sabablarni parda etganidan, umumiy tortish qonuni nomli Allohning bir qonuni ila sopqon toshlari kabi sayyoralarni Quyosh ila bog’lagan va u tortish kuchi ila farqli, faqat muntazam harakat ila u sayyoralarni hikmati doirasida aylantirar va u tortish kuchini vujudga keltirmoq uchun Quyoshning o’z markazida harakatini zohiriy bir sabab etgan. Demak لِمُسْتَقَرٍّ ma`nosi: فِى مُسْتَقَرٍّ لَهَا ِلاِسْتِقْرَارِ مَنْظُومَتِهَا ya`ni, o’z qarorgohi ichida manzumasining barqaror turishi va nizomi uchun harakat etar. Chunki harakat haroratni, harorat quvvatni, quvvat tortish kuchini zohiran vujudga keltirar kabi Allohning bir odati, Rabboniy bir qonundir. Xullas, shu hakim shunday bir hikmatni Qur`onning bir harfidan fahm etgani zamon, "Alhamdulillah Qur`ondadir haq hikmat, falsafani besh tiyinga olmayman" der. Va shoirona bir fikr va qalb sohibiga shu "lom"dan va istiqrordan shunday bir ma`no fahmiga kelarki: "Quyosh nuroniy bir daraxtdir. Sayyoralar uning harakatlanuvchi mevalari... Daraxtlarning xilofiga bo’lib Quyosh silkinar, to u mevalar tushmasin. Agar silkinmasa, tushib tarqalarlar". Ham o’ylay oladiki: "Shams majzub bir sar-zokirdir. Zikr halqasining markazida jazbali bir zikr etar va ettirar". Bir risolada shu ma`noga doir shunday degan edim:
Аудио мавжуд эмас