So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 273
(252-310)
Qur`on ham, "Men Olam Xoliqining bayoniman va kalomiman" der. Ha, shu dunyoni antiqa san`atlar ila bezagan va lazzatli ne`matlar ila to’ldirgan va san`atparvarona va ne`matparvarona shu daraja san`atining g’aroyibotlari ila shu daraja qiymatdor ne`matlarini dunyoning yuziga sochgan, qator holida tartiblagan va zaminning yuzida yoygan, go’zalcha tizgan bir Sone`, bir Mun`imdan boshqa shu taqdir va tahsin shovqini ila va hamd va tashakkur ohanglari ila dunyoni to’ldirgan va zaminni bir zikrxona, bir masjid, Alloh san`atlarining bir tomoshagohiga aylantirgan Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayon kimga yarashar va kimning kalomi bo’la olar? Undan boshqa kim unga sohib chiqa olar? Undan boshqa kimning so’zi bo’la olar? Dunyoni ishiqlantirgan ziyo Quyoshdan boshqa qaysi narsaga yarashar? Koinot tilsimini kashf etib olamni ishiqlantirgan Qur`on bayoni Shamsi Azaliydan boshqa kimning nuri bo’la olar? Kimning haddi borki, unga nozira keltirsin, uning taqlidini qilsin? Ha, bu dunyoni san`atlari ila ziynatlantirgan bir san`atkorning san`atini tahsin etgan inson ila gaplashmasligi maholdir. Modomiki qilar va bilar, albatta gapirar. Modomiki gapirar, albatta gapirishiga yarashgan Qur`ondir. Bir gulning tartiblashidan loqayd qolmagan bir Malik-ul Mulk butun mulkini shovqinga bergan bir kalomga qarshi qanday loqayd qolar? Hech boshqasiga mol etib hechga tushirarmi?
Beshinchi Yog’du: Qur`onning uslub va ijozidagi g’aroyib jome`iyatidir. Bunda "Besh Ishiq" bor.
Birinchi Ishiq: Qur`on uslubining shu qadar ajib bir jome`iyati borki, bitta sura koinotni ichiga olgan Qur`on muhit dengizini ichiga olar. Bitta oyat u suraning xazinasini ichiga olar. Ko’pchilik oyatlarning har birisi bittadan kichik sura, ko’pchilik suralarning har birisi bittadan kichik Qur`ondir. Xullas, shu i`jozkorona ijozdan buyuk bir lutfu irshoddir va go’zal bir yengillashtirishdir. Chunki harkas har vaqt Qur`onga muhtoj bo’lgani holda yo ahmoqligidan yoki boshqa sabablarga binoan har vaqt butun Qur`onni o’qimagan va yoxud o’qishga vaqt va fursat topolmagan odamlar Qur`ondan mahrum qolmasliklari uchun har bir sura bittadan kichik Qur`on hukmiga, hatto har bir uzun oyat bittadan qisqa sura maqomiga o’tar. Hatto Qur`on Fotihada, Fotiha ham Bismillohda joylashgan bo’lganiga kashf ahli ittifoqdadirlar. Shu haqiqatga burhon esa tahqiq ahlining ijmo`idir.
Ikkinchi Ishiq: Qur`on oyatlari amr va ta`qiq, va`d va va`id, targ’ib va tarhib, zajr va irshod, qissalar va hikoyalar, Ilohiy maorif va hukmlar, qonunlar va koinot ilmlari va shaxsiy va ijtimoiy va qalbiy va ma`naviy va uxroviy hayot shartlari kabi umum kalom tabaqalari va haqiqiy ilmlar va inson ehtiyojlariga dalolati ila, ishorasi ila jome` bo’lmoq ila barobar, خُذْ مَا شِئْتَ لِمَا شِئْتَ ya`ni, "Istagan har narsang uchun Qur`ondan har nima istasang ol" ifoda etgan ma`no shu daraja to’g’riligi ila maqbul bo’lganki, haqiqat ahli mobaynida zarbul masal qatoriga o’tgandir. Qur`on oyatlarida shunday bir jome`iyat borki, har dardga davo, har hojatga ozuqa bo’la olar. Ha, shunday bo’lmoq lozim kelar. Chunki doimo taraqqiyotda martabalarni oshib o’tgan butun kamol ahli tabaqalarining mutlaq rahbari albatta shu xususiyatga sohib bo’lishi alzamdir.
Uchinchi Ishiq: Qur`onning i`jozkorona ijozidir. Goh bo’larki, uzun bir silsilaning ikki tarafini shunday bir tarzda zikr etarki, go’zal ravishda silsilani ko’rsatar. Ham goh bo’larki, bir kalimaning ichiga ochiqchasiga, ishora navidan, ramzan, imoan bir da`voning ko’p burhonlarini joylashtirar. Masalan: وَمِنْ اٰيَاتِهِ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضِ وَاخْتِلاَفُ اَلْسِنَتِكُمْ وَاَلْوَانِكُمْ
da oyatlar va vahdoniyat dalillarining silsilasini tashkil etgan koinot yaratilish silsilasining mabda` va muntahosini zikr ila u ikkinchi silsilani ko’rsatar, birinchi silsilani o’qittirar. Ha, bir Sone`i Hakiymga shahodat etgan olam sahifalalarining birinchi darajasi samovot va arz yaratilishlarining ilk holidir. So’ngra ko’klarni yulduzlar ila bezash ila zaminning jonzotlar ila jonlantirishi, so’ngra Quyosh va Oyning itoat ettirishi ila mavsumlarning almashinishi, so’ngra kecha va kunduzning ixtilof va aylanishi ichidagi ishlar silsilasidir. Yana bora-bora to kasratning eng ziyoda yoyilgan yer bo’lgan siymolarning va ovozlarning xususiyatlariga va imtiyozlariga va shaxslanishlariga qadar...
Аудио мавжуд эмас