So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 275
(252-310)
To’rtinchi Ishiq: Qur`on ijozi shu daraja jome` va g’aroyibdir, diqqat etilsa ko’rinadiki: Ba`zan bir dengizni bir idishda ko’rsatayotganday juda keng va juda uzun va kulliy dasturlarni va umumiy qonunlarni sodda va avom fahmlarga marhamatan sodda bir juzi ila, xususiy bir hodisa ila ko’rsatadi. Minglab misollaridan yolg’iz ikki misoliga ishora etamiz.
Birinchi Misol: Yigirmanchi So’zning Birinchi Maqomida tafsilan bayon bo’lgan uch oyatdirki, Hz.Odamning shaxsiga ismlarning ta`limi unvoni ila insonga ilhom qilingan butun ilmlar va fanlarning ta`limini ifoda etar va Odamga maloikalarning sajda etishi va shaytonning etmasligi hodisasi ila inson naviga baliqdan malakka qadar aksar mavjudot musahhar bo’lgani kabi, ilondan shaytonga qadar zararli maxluqotning ham unga itoat etmasdan dushmanlik etganini ifoda etadi. Ham Muso (A.S.) qavmi bir sigirni, bir inakni kesmoq ila Misr sigir-parastligidan olingan va "Sigir" hodisasida ta`sirini ko’rsatgan bir sigir-parastlik mafkurasining Muso Alayhissalomning pichog’i ila kesilganini ifoda etadi. Ham toshdan suv chiqishi, daryo oqishi va atrofga tarqalishi unvoni ila tuproq tabaqasi ostida bo’lgan tosh tabaqasi suv tomirlariga xazinadorlik va tuproqqa onalik etganini ifoda etadi.
Ikkinchi Misol: Qur`onda ko’p takror etilgan Muso Alayhisalom qissasining jumlalari va juzlaridagi har bir jumlasi, hatto har bir juzi bir kulliy dasturning uchi bo’lib ko’rsatilgan va u dasturni ifoda etadi. Masalan, يَا هَامَانُ ابْنِ لِى صَرْحًا Fir`avn vaziriga amr etarki: "Menga yuksak bir minora qur, samovotning holini kuzatib tomosha qilaman. Samoning holatlaridan ajabo Musoning (A.S.) da`vo etgani kabi samoda tasarruf etgan bir Iloh bormidir?" Mana صَرْحًا kalimasi ila va shu juz`iy hodisa ila tog’siz bir cho’lda bo’lganidan tog’larni orzulagan va Xoliqni tanimaganidan tabiat-parast bo’lib rububiyat da`vo etgan va jabarut asarlarini ko’rsatmoq ila nomini davom ettirgan, shuhrat-parast bo’lib tog’-misol mashhur ehromlarni bino etgan va sehr va ruh ko’chishiga ishonib, janozalarini mumiya qilib, tog’ kabi mozorlarda muhofaza etgan Misr fir`avnlarining an`anasida hukm surgan bir ajib dasturni ifoda etar. Masalan:
فَالْيَوْمَ نُنَجِّيكَ بِبَدَنِكَ G’arq bo’lgan Fir`avnga deydi: "Bugun sening g’arq bo’lgan jasadingga najot beraman" unvoni ila umum Fir`avnlarning ruh ko’chish fikriga binoan janozalarini mumiyalamoq ila moziydan olib istiqboldagi kelajak nasllarning tomoshagohiga yubormoq bo’lgan o’lim-olud, ibratnamo bir hayot dasturlarini ifoda etmoq ila barobar, shu oxirgi asrda u g’arq bo’lgan Fir`avnning ayni jasadi bo’lib kashf bo’lgan bir badan u g’arq bo’lgan dengizidan sohilga otilgani kabi, zamonning dengizidan asrlarning mavjlari ustida shu asr sohiliga otilishini, mo’`jizona g’aybiy bir ishorani, bir i`joz shu`lasini va bu bir kalima bir mo’`jiza bo’lganini ifoda etar.
Ham masalan: يُذَبِّحُونَ اَبْنَاۤءَكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَاۤءَكُمْ Bani Isroil o’g’illarining kesilib, xotin va qizlarini hayotda qoldirmoq; bir Fir`avnning zamonida qilingan bir hodisa unvoni ila Yahudiy millatining aksar mamlakatlarda har asrda ma`ruz bo’lgan ko’pgina qatliomlari xotin va qizlari safihona bashariy hayotda o’ynagan rollarini ifoda etar.
وَلَتَجِدَنَّهُمْ اَحْرَصَ النَّاسِ عَلٰى حَيٰوةٍ - وَتَرَى كَثِيرًا مِنْهُمْ يُسَارِعُونَ فِى اْلاِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَاَكْلِهِمُ السُّحْتَ لَبِئْسَ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ - وَيَسْعَوْنَ فِى اْلاَرْضِ فَسَادًا وَاللهُ لاَ يُحِبُّ الْمُفْسِدِينَ- وَقَضَيْنَاۤ اِلٰى بَنِۤى اِسْرَاۤئِيلَ فِى الْكِتَابِ لَتُفْسِدُنَّ فِى اْلاَرْضِ مَرَّتَيْنِ - وَلاَتَعْثَوْا فِى اْلاَرْضِ مُفْسِدِينَ
Yahudiylarga yuzlangan shu ikki Qur`oniy hukm u millatning insonning ijtimoiy hayotida hiylakorlik ila aylantirganlari shu ikki mudhish umumiy dasturni ichiga olarki, bashariyat ijtimoiy hayotini titratgan va sa`yu amali sarmoya ila urushtirib faqirlarni boylar ila to’qnashtirgan, haddan ortiq sudxo’rlik qilib banklarni qurishga sababiyat bergan va hiyla va makr ila mol jamlagan u millat bo’lgani kabi, mahrum qolganlari va doimo zulmini ko’rganlari hukumatlardan va g’oliblardan intiqomlarini olmoq uchun har tur fasod komitetlariga qo’shilgan va har navi isyonga qo’shilgan yana u millat bo’lganini ifoda etadi.
Аудио мавжуд эмас