So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 272
(252-310)
Ikkinchi Yog’du: Ma`nosidagi g’aroyib jome`iyatdir. Ha, Qur`on butun mujtahidlarning manbalarini, butun oriflarning zavqlarini, butun vosillarning mashrablarini, butun komillarning maslaklarini, butun muhaqqiqlarning mazhablarini ma`nosining xazinasidan ehson etmoq ila barobar, doimo ularga rahbar va taraqqiyotlarida har vaqt ularga murshid bo’lib, u tuganmas xazinasidan ularning yo’llariga nurlar yoygani butun ularcha musaddaqdir va muttafiqan alayhdir.
Uchinchi Yog’du: Ilmidagi g’aroyib jome`iyatdir. Ha, Qur`on shariatning har xil va ko’p ilmlarini, haqiqatning turli-tuman va kasratli ilmlarini, tariqatning farqli va hadsiz ilmlarini o’z ilmining dengizidan oqitgani kabi, doira-i mumkinotning haqiqiy hikmatini va doira-i vujubning haqiqiy ilmlarini va doira-i oxiratning nozik masalalarini u dengizidan muntazam ravishda va kasrat ila oqitmoqda. Shu yog’duga misol keltirilsa, bir jild yozmoq lozim kelar. Unday bo’lsa, yolg’iz namuna bo’lib shu yigirma besh adad So’zlarni ko’rsatamiz. Ha, butun yigirma besh adad So’zlarning to’g’ri haqiqatlari Qur`onning ilm dengizidan faqat yigirma besh qatradir. U So’zlarda kamchilik bo’lsa, mening nuqsonli fahmimga oiddir.
To’rtinchi Yog’du: Bahslaridagi g’aroyib jome`iyatdir. Ha, inson va insonning vazifasi koinot va Koinot Xoliqining, arz va samovotning, dunyo va oxiratning, moziy va kelajakning, azal va abadning kulliy bahslarini jam etmoq ila barobar nutfadan xalq etmoqdan to qabrga kirishga qadar, yemoq, yotmoq odobidan tut to qazo va qadar bahslariga qadar, olti kun olam yaratilishidan tut to
وَالْمُرْسَلاَتِ، وَالذَّارِيَاتِ qasamlari ila ishora bo’lgan shamollarning esishidagi vazifalariga qadar;
وَمَا تَشَاۤؤُنَ اِلاَّ اَنْ يَشَاۤءَ اللهُ - يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ
ishorasi ila insonning qalbiga va irodasiga mudohalasidan tut to
وَالسَّمٰوَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَمِينِهِ ya`ni, butun samovotni bir qabzasida tutishiga qadar,
وَجَعَلْناَ فِيهَا جَنَّاتٍ مِنْ نَخِيلٍ وَاَعْنَابٍ zaminning gul va uzum va xurmosidan tut to
اِذَا زُلْزِلَتِ اْلاَرْضُ زِلْزَالَهَا ila ifoda etgan ajib haqiqatga qadar va samoning
ثُمَّ اسْتَوَىۤ اِلَى السَّمَاۤءِ وَهِىَ دُخَانٌ holatidagi vaziyatidan tut to tutun ila yorilishiga va yulduzlarning tushib hadsiz fazoda tarqalishiga qadar va dunyoning imtihon uchun ochilishidan to yopilishiga qadar va oxiratning birinchi manzili bo’lgan qabrdan, so’ngra barzohdan, hashrdan, ko’prikdan tut to Jannatga, to abadiy saodatga qadar; moziy zamonining hodisalaridan, Hazrati Odam jasadining yaratilishidan, ikki o’g’lining urushidan to To’fonga, to Fir`avn qavmining g’arqiga, to aksar payg’ambarlarning muhim hodisalariga qadar va اَلَسْتُ بِرَبِّكُمْ ishora etgan azaliy hodisadan tut to وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ نَاضِرَةٌ - اِلٰى رَبِّهَا نَاظِرَةٌ ifoda etgan abadiy voqealarga qadar butun asosiy va muhim mavzularni shunday bir tarzda bayon etarki, u bayon butun koinotni bir saroy kabi idora etgan va dunyoni va oxiratni ikki uy kabi ochib yopgan va zamin bir bog’cha va samo chiroqlari ila bezatilgan bir tom kabi tasarruf etgan va moziy va istiqbolni bir kecha va kunduz kabi nazariga qarshi hozir ikki sahifa hukmida tomosha etgan va azal va abad kecha va bugun kabi hodisalar silsilasining ikki tarafi birlashgan, bog’liqlik paydo etgan bir suratda bir hozirgi zamon kabi ularga boqqan bir Zoti Zuljalolga yarashadigan bir bayon tarzidir. Qandayki bir usto bino etgan va idora etgan ikki xonadan bahs etar. Dasturi va ishlarining ro’yxat va mundarijasini qilar. Qur`on ham shu koinotni yaratgan va idora etgan va ishlarining ro’yxatini va mundarijasini -ta`bir joiz bo’lsa- dasturini yozgan, ko’rsatgan bir zotning bayoniga yarashadigan bir tarzdadir. Hech bir jihat ila soxtakorlik va sun`iy harakat asari ko’rinmayotir. Hech bir taqlid dog’i yoki boshqasining hisobiga va uning o’rnida o’zini faraz etib gaplashgan kabi bir hiylaning alomati bo’lmagani kabi butun jiddiyati ila, butun pokligi ila, butun samimiyligi ila sof, nurli, porloq bayoni qanday kunduzning ziyosi "Quyoshdan keldim" aytar.
Аудио мавжуд эмас