So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 271
(252-310)
"Ha, Quyosh bir mevadordir; silkinar toki tushmasin sayyor bo’lgan emishlari.
Agar sukuti ila sukunat aylasa, jazba qochar, yig’lar fazoda muntazam majzublari".
Ham masalan اُولٰۤئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ da bir sukut bor, bir itloq bor. Nimaga zafar topishlarini tayin etmagan. Toki harkas istaganini ichida topa olsin. So’zni oz so’ylar, toki uzun bo’lsin. Chunki bir qism muxotobning maqsadi otashdan qutulmoqdir. Bir qismi yolg’iz Jannatni o’ylar. Bir qism oxirat saodatini orzu etar. Bir qism yolg’iz Allohning roziligini umid qilar. Bir qism ru`yati Ilohiyani istanilgan nishon bilar va hokazo.. bu kabi juda ko’p yerlarda Qur`on so’zni mutlaq qoldirar, toki umumiy bo’lsin. O’rtadan olar, toki ko’p ma`nolarni ifoda etsin. Qisqa qoldirar, toki harkasning hissasi topilsin. Xullas اَلْمُفْلِحُونَ der. Nimaga xursandchilik topishlarini tayin etmaydi. Go’yo u sukut ila der: "Ey musulmonlar!.. Xushxabar sizga. Ey taqvodor!.. Sen Jahannamdan omon qolasan. Ey solih!.. Sen Jannatga salomatlik ila kirasan. Ey orif!.. Sen Allohning roziligiga noil bo’lasan. Ey oshiq!.. Sen ru`yatga mazhar bo’lasan." va hokazo... Xullas, Qur`on lafzning jome`iyati jihati ila kalomdan, kalimadan, harflardan va sukutdan har birisining minglab misollaridan yolg’iz namuna sifatida bittadan misol keltirdik. Oyatlarni va qissalarni bularga qiyos etarsan.
Masalan: فَاعْلَمْ اَنَّهُ لاَۤ اِلٰهَ اِلاَّ اللهُ وَاسْتَغْفِرْ لِذَنْبِكَ oyatining shu qadar jihatlari bor va shu daraja martabalari borki, butun valiylarning tabaqalari butun suluklarida va martabalarda shu oyatga ehtiyojlarini ko’rib undan o’z martabasiga loyiq bir ma`naviy ozuqa, bir yangi ma`no olganlar. Chunki "Alloh" bir imsi jome` bo’lganidan asmoyi husna adadicha tavhidlar ichida mavjud.
اَىْ لاَ رَزَّاقَ اِلاَّ هُوَ - لاَ خَالِقَ اِلاَّ هُوَ - لاَ رَحْمٰنَ اِلاَّ هُوَ
va hokazo.
Ham masalan: Qur`oniy qissalardan Muso Alayhissalom qissasining xuddi Muso Alayhissalom hassasi kabi minglab foydalari bor. U qissada ham Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamni taskin va tasalli, ham kofirlarni tahdid, ham munofiqlarni takbih, ham Yahudiylarni tavbih kabi ko’p maqsadlari, juda ko’p jihatlari bordir. Shuning uchun suralarda takror etilgandir. Har yerda butun maqsadlarni ifoda ila barobar yolg’iz birisi asl maqsad bo’lar, boshqalari unga tobe qolarlar.
Agar desang: "O’tgan misollardagi butun ma`nolarni qanday bilamizki, Qur`on ularni iroda etgan va ishora etmoqda?"
Javob: Modomiki Qur`on azaliy bir xutbadir. Ham farqli, tabaqa-tabaqa bo’lib asrlar ustida va orqasida turib tizilgan butun bani Odamga xitob etmoqda, dars bermoqda. Albatta u farqli zehnlarga ko’ra ko’pgina ma`nolarni ichiga kirgizib iroda etajak va irodasiga alomatlarni tayin etajakdir. Ha, "Ishorat-ul I`joz"da shu yerdagi ma`nolar kabi Qur`on kalimalarining ko’pgina ma`nolarini Sarf va Nahu Ilmining qoidalari ila va Bayon Ilmi va Ma`no Fanining dasturlari ila, Balog’at Fanining qonunlari ila isbot etilgandir. Bu bilan barobar Arabcha ilmlarcha sahih va usuli dincha haq bo’lmoq sharti ila va Ma`no Fanicha maqbul va Bayon Ilmicha munosib va balog’atcha mustahsan bo’lgan butun jihatlar va ma`nolar ijtihod ahli va tafsir ahli va usuli din ahli va usuli fiqh ahlining ijmo`i ila va ixtiloflarining shahodati ila Qur`onning ma`nolaridandir. U ma`nolarga darajalariga ko’ra bittadan ishora qo’ygandir. Yo lafziyadir, yo ma`noga oiddir. U ma`noga oid esa yo siyoq yoki kalom siboqidan yoki boshqa oyatdan bittadan alomat u ma`noga ishora etar. Bir qismi yigirma va o’ttiz va qirq va oltmish, hatto sakson jild bo’lib muhaqqiqlar tarafidan yozilgan yuz minglab tafsirlar Qur`onning jome`iyat va lafzining g’aroyibligiga qat`iy bir ochiq dalildir. Nima bo’lganda ham... Biz shu so’zda har bir ma`noga dalolat etgan ishorani qonuni ila, qoidasi ila ko’rsatadigan so’z juda uzayar. Shuning uchun so’zni qisqartirib, qisman "Ishorat-ul I`joz"ga havola etamiz.
Аудио мавжуд эмас